O'zbekiston Respublikasi budjet ijrosini tashkil etishda g'aznachilik faoliyatining zarurligi mundarija
Download 310.92 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2011y 2012 y (9 oy davri) 1
Jadval ma’lumotlarida ko’rinib turibdiki, Davlat byudjetining g’azna ijrosi joriy yetish jarayonida G’aznachilik organlarining 2009-2012 yillardagi Faoliyati samaradorligi yil sayin oshib borganligini ko’rish mumkin, ya’ni 2009yilda jami 135,084/5 so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 163,487.2 so’mni, 2011 yilda 294,963.8 so’mni, 2012yil 9oy natijalariga ko’ra 323,678.1 so’mni tashkil etgan. 2.2. Mahalliy byudjetlar gazna ijrosida mablag’laridan foydalanish va uni nazorat etishning hozirgi holati.Hozirgi davrda quyi darajadagi byudjetlarning yuqori darajadagi byudjetlar va idoralarga qat'iy ma'muriy bo’ysinishi amaliyoti o’rniga turli darajadagi byudjetlarning o’zaro munosabatlari qaror topdi, byudjetlarning o’zlari esa o’zgacha moliyaviy mazmun kasb etdi. Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 11 maydagi V-sessiyasida davlat byudjeti ijrosini muhokama qilish jarayonida ta'kidlaganidek, byudjet jarayonida aynan mahalliy boshqaruv organlari vakolatiga kiruvchi byudjet mablag’lari ulushini ko’paytirish lozim. Mahalliy byudjetlar xarajati oshib borayotgan hozirgi kunda xukumat tomonidan ularni daromadlarini mustahkamlash bilan bog’liq biriktirilgan daromadlar soni ko’paytirib borildi, tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar miqdori oshirib borildi. Bu o’z navbatida, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshishiga, demak, ularning hududlarida yaratilayotgan milliy daromadlarini taqsimlashdagi o’rnini oshishiga olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, "G’arb davlatlari soliq tizimining muhim tashkiliy tamoyillari mamlakatning xududiy-siyosiy tuzilishiga mos ravishda markaziy byudjet va turli darajadagi byudjetlar daromad turlarining aniq belgilanishi hisoblanadi" . Shu sababli byudjetlararo munosabatlarda soliq bazasini bo’lish va uni byudjetlarga tegishlicha barqaror birikitirish, turli byudjetlar majburiyatlari va xarajatlarini aniq belgilab qo’yish, byudjetlararo munosabatlarning yangi mexanizmlarini yaratish masalalalrini hal etish kun tartibiga qo’yilgan. Albatta, byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar byudjet resurslarining paydo bo’lishi, shakllanishi va ulardan foydalanishi jarayonida yuzaga chiqadi va o’zaro munosabatlarning yagona tizimida borishi kerak. Moliyaviy resurslar taqsimlanishi va ular tegishlicha kanallar bo’yicha respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirish uchun yuborilishi, so’ngra moliyaviy resurslarning jismoniy va yuridik shaxslarga yo’naltirilishi tartibga solinishi kerak. Hozirgi davrda O’zbekistonning byudjeti tizimi uch guruxdan iborat omillar ta'sirida faoliyat ko’rsatmoqda. “Bular quyidagilardan iborat: · Soliq Kodeksi va yangi byudjet qonunlari bilan bog’liq bo’lgan byudjet islohotlari omillari; · O’zbekiston Respublikasida byudjet tuzilishi, hokimiyat tuzilmasi va mexanizmlarni davlat tomonidan isloh qilish, respublika va mintaqalar byudjetlari vakolatlarini belgilab qo’yish omillari; · to’lov balansi va byudjet ko’rsatkichlarining o’zaro iqtisodiy ta'siri omillaridir” . Ayni paytda shuni ta'kidlash kerakki, byudjetlarning o’zaro ta'sirini tadqiq etish uslubiyoti yangi turdagi byudjetlararo munosabatlarning mohiyatini ochib berishi uchun bir qator masalalarni ilmiy tahlil qilish lozim. Bular jumlasiga byudjetlararo munosabatlarning yuzaga kelish sharoitlari, uning mohiyati va ob'yektiv asosi, bu munosabatlarning doirasi, ularning o’zaro ta'siri tamoyillari va mexanizmlari kiradi. Hududlarning moliyaviy resurslarining aksariyat qismi mahalliy byudjetlarda shakllanadi va ular orqali taqsimlanadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjet tizimida asosiy o’rinni egallaydi. Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan rivojlanishi moliyaviy mablag’lar bilan ta'minlab boriladi. Mahalliy byudjetlarning davlat byudjetidagi tutgan o’rni ularning byudjet daromadlarini shakllantirish va taqsimlash borasidagi hissalarini tahlil etishda yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Taxlil natijalaridan ko’rinib turibdiki, mahalliy byudjetlar orqali davlat byudjetining asosiy moliyaviy resurslari shakllanishi bilan birga ularning taqsimotini ham katta qismi mahalliy byudjetlar orqali amalga oshirilmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi yillardagi islohotlarning dastlabki bosqichlarida, umumdavlat byudjeti mahalliy byudjetlardan ustun mavqeda turdi. Biroq, islohotlarni erkinlashtirish sharoitida bizning oldimizda turgan masala byudjet kompanentlarning o’zaro munosabatlari haqida emas, balki respublika byudjetning funksional rolini qisqartirish va mahalliy byudjetlarning asl funksiyalarini shakllantirish masalasidir. Mahalliy byudjetlarda nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi byudjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika byudjetiga o’tkazishi mumkin. Lekin bunday munosabatlarda, bizning nazarimizda, moliya tizimining vertikal boshqaruvda biri-biriga bo’ysinishi kuzatiladi, bu esa byudjetlararo munosabatlar erkinligini jiddiy cheklab qo’yadi. Ayni paytda quyi byudjetlardan fan, ta'lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta'minot, aholini ijtimoiy himoyalash, boshqaruv hamda davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta'minlash, byudjet tashkilotlarini joriy xarajatlari, maqsadli dasturlari va tadbirlar amalga oshirish moliyalashtiriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, bu xarajatlarda davlatning mintaqalardagi iqtisodiy siyosatining asosiy qismi mujassam etilgan. Aslida byudjetlarning o’zaro munosabatlari va aloqalarida respublika byudjetining bu qadar salmoqli ustivorligi bo’lmasligi kerak. Bir qator mamlakatlarda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish xarajatlar majburiyatlarining byudjetlar o’rtasida taqsimlashi byudjet xarajatlarini moliyalashtirish tartibini qat'iy belgilab qo’yish, daromadlar manbalarini uzoq muddatli chegaralash, byudjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlarning miqdori, tarkibi va amalga oshirish tartibini aniqlashni quyi hokimiyat organlariga berish kabi yo’nalishda boradi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida byudjetlararo munosabatlarning mavjud tizimi teran islohotlarga muhtoj. Hozirga qadar asosiy e'tibor moliya resurslarini byudjet tizimining turli darajalari o’rtasida va mintaqalar o’rtasida qayta taqsimlashga qaratib kelindi. Hozir esa byudjet majburiyatlari va ularning ijrosi uchun javobgarlikni turli darajadagi hokimiyat organlari o’rtasida aniq belgilab qo’yish vazifasi turibdi. Iqtisodiyot sohasida erkinlashtirish davlatning xo’jalik sub'ektlari ishiga aralashuvini cheklashni, ularning iqtisodiy erkinligi va iqtisodiyotning barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirishni nazarda tutadi. Bu vazifalarni faqat byudjet siyosati tamoyillarini mahalliy byudjetlar foydasiga tubdan o’zgartirmasdan turib hal qilib bo’lmaydi. Mamlakatda ijtimoiy farovonlikni ta'minlashda davlat aholiga bepul beradigan ijtimoiy ne'matlarning roli oshib boradi va ularni moliyalashtirish byudjetdan bo’ladi. Biz bilamizki, hozirgi iqtisodiyot g’oyat sifatli ish kuchini talab etadi va shu munosabat bilan inson kapitalining iqtisodiyot uchun ahamiyati beqiyos oshadi va unga katta investitsiyalar talab qiladi va bularni katta qismi byudjetdan moliyalashtiriladi. Byudjetning asosiy vazifasi ijtimoiy ne'matlarni takroran yaratib, ularni el xizmatiga taqdim etishdir. Bu xizmatlarni talab ehtiyojlarga mos ravishda yaratish ularni mahalliylashtirish zarur bo’ladi. Bu esa o’z navbatida mahalliy byudjetlar ahamiyatini oshiradi. Biroq ijtimoiy ne'matlar umummilliy va mahalliy ahamiyatga molik bo’ladi. Mana shuning o’zi ularni turli manbalar hisobidan moliyalashtirishni talab etadi. Bular markazlashgan va mahalliy mablag’lar bo’lishi mumkin. Turli manbalar nisbati byudjetlararo munosabatlarni yuzaga keltiradiki, u ob'ektiv sharoitdan kelib chiqadi, chunki ijtimoiy ne'matlarning tabiati ular is'temolini va shunga binoan ularni hosil etish jarayonini moliyalashtirishni ko’p manbali qiladi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda, byudjetning zarurligini fuqarolik jamiyatida individual va korporativ ehtiyojlardan tashqari, ijtimoiy ehtiyojlarni bo’lishidan va ularni markazlashtirilgan resurslar hisobidan qondirilishi bilan asoslash mumkin. Byudjet funksiyalariga kelsak, ular tarkibida ijtimoiy ne'matlarni doimo yaratilib turish va aholiga yetkazilib berishini moliya resurslari bilan ta'minlash va iqtisodiyotni tartiblash vositasi bo’lishini kiritish zarur. Davlatning yuridik va jismoniy shaxslar bilan moliya munosabatlari davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari asosida shakllandi. Byudjetning daromadlari va xarajatlari -maxsus iqtisodiy shakllar bo’lib, ularning asosida jamiyatda yaratilgan moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishi yuz beradi. Demak, markaziy va mahalliy darajadagi byudjet mohiyati jihatidan byudjet daromadlari va xarajatlari ko’rinishida amal qiladi.Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarning muammolari, xususan, sobiq sotsialistik mamlakatlarda davlat imkoniyatlarining nomukamalligi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning ko’pgina sohalarida rivojlanish isti?bollari uchun jiddiy to’siq sifatida baholanadi. Ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishda bir necha muhim maqsadlar ko’zlanadi. Birinchi navbatda, bozor iqtisodiyotining normal faoliyat ko’rsatishini ta'minlash va ijtimoiy-iqtisodiy tizimning o’zini ijtimoiy larzalardan himoya qilish kiradi. Davlat o’zining asosiy e'tiborini ustivor yo’nalishlarga qaratadi. Bunday ustivor yo’nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: · iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish; · ta'lim va sog’liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish; · transport tarmog’ini qurish va uning ishlashini ta'minlash. Davlat iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda va aholini ijtimoiy himoya qilishda chora-tadbirlar ko’rishda faol rol o’ynamog’i lozim. Bu o’rinda gap davlat jamiyatning iqtisodiy hayotiga aralashishi kerakmi yoki aralashmasligi lozimmi degan masala xususida borayotgani yo’q, gap davlat bu ishni qay tarzda va qanday mablag’lar bilan amalga oshirishi haqida bormoqda. Bozor munosabatlariga o’tishda mahalliy byudjetlar rolini oshirish va moliyaviy resurslarni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Bunday yondashuvga asos shuki, davlat byudjeti daromadlarini ko’paytirish va shakllantirishda asosiy hissani mahalliy byudjetlar qo’shadi. Ikkinchi tomondan, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash bo’yicha tadbirlar majmuida joylarda umumiy iqtisodiy ahvolni yaxshilashga yordam beradigan, bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlar mavjud. "Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash, mahalliy byudjet daromadlarining to’ldirilishini ta'minlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantiradigan izchil soliq siyosatini o’tkazish, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish, ularning tadbirkorlik va sarmoyadorlik faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan shakllantirish mo’ljallanmoqda". Ma?alliy byudjetlar xarajatlari tarkibi daromadlariga qarab juda tez o’zgaruvchan bo’lishi mumkinligi ko’rinib turibdi. Shundan ma'lum bo’ladiki, mamlakatimizda byudjet jarayoni samaradorligi, turli darajadagi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar nuqtai nazaridan, birinchi navbatda mahalliy byudjetlar real daromadlariga bog’liq. Shu sababli masalaning shu jihatlariga alohida e'tibor berish lozim. Xulosa
Amalda yuzaga kelgan byudjetlararo tartibga solish mexanizmini juda keskin o’zgartirish maqsadga muvofiq emas. Respublika byudjeti g’azna ijrosi bilan mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashtirish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni berishni lozim deb hisoblaymiz: 1.Byudjetlararo tartibga solish mexanizmi qonuniy asosga ega lekin tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan normativlar, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrini hisobga olib 3 yil davomida o’zgartirilmasligi kerak. Chunonchi, bu usul g’azna ijrosida mahalliy byudjetlar daromadlarining barqaror shakllanishiga, mahalliy hukumat organlarining soliq tushumlarini kupaytirish uchun rag’batlantiruvchi rolini oshirishga, soliq solish bazasini kengaytirishga, byudjet boqimandachiliklarini qisqartirishga xizmat qiladi; Mahalliy xokimiyat organlarining rejadan ortiqcha soliqlar tushumini yig’uvchanligini rag’batlantirish maqsadida tartibga soluvchi soliqlar bo’yicha belgilangan rejadan ortiqcha tushumlarning 50 foizi mahalliy byudjetlar ihtiyorida qoldirilishi maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlar tarkibida mahalliy soliqlar ulushini oshirish choralari ko’rilishi maqsadga muvofiqdir, bu yo’nalishda mulk solig’idan tushumlarning real oshirish yo’llaridan biri aholining uy joylarini hozirgi daromadidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich BTI idoralari tomonidan bozor narxida baholashni o’tkazishdan olinishi mahalliy byudjet daromadini oshiradi Byudjet tizimi to’g’risidagi qonunning 25-moddasida kelgusi moliya yili uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan o’rnatilgan muddatda Moliya vazirligi, Qorakalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar hokimlariga tegishli byudjetlar loyihasini tayyorlash uchun byudjet so’rovi yuborib, ushbu qonunning 26-moddasiga binoan mahalliy byudjetlarning tegishli byudjetlar loyihasini belgilangan shakllarga muvofiq qabul qilib olsada, lekin kelgusi yil byudjetini tasdiqlashda ushbu summa loyihadagiga nisbatan kamayishiga yo’l qo’yiladi. Ushbu salbiy holatni bartaraf qilish maqsadida mahalliy byudjetlar xarajatlarini sohalar bo’yicha me'yorlar asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi bosqichda mahalliy byudjetlar xarajatlarini sohalar bo’yicha kishi boshiga to’g’ri keladigan me'yorlar asosida hisoblash hamda tuman koeffitsentlarini hisobga olish eng oddiy va ob'ektiv usul hisoblanadi. Respublika byudjetidan dotatsiya oluvchi g’azna byudjetlarga markazlashtirilgan xarajatlarni (birinchi sinf o’quvchilari uchun o’quv qurollari, kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun qishki kiyimlar, kitoblar, kompyuterlar va jihozlar) maqsadli subvensiyalar ko’rinishida berish lozim. Turli hududlarga moliyaviy yordam ko’rsatishning miqdorlarini aniqlashda va taqsimlashda yagona uslubiyat va me'zonlar ishlab chiqilishi lozim. Buxgalteriya hisobi G’aznachilikning bosh kitobida olib borilishi kerak. Hisobotlarni halqaro andozalar bo’yicha tayyorlash. Bu hol davlat sektori haqidagi ma’lumotlarni haqiqiy va o’z vaqtida olish imkonini beradi. Byudjet tizimini rivojlantirish dasturinig boshlanishi bilan mahalliy g’aznachilik boshqaruviga alohida e’tibor berishimiz kerak. Chunki ularga barcha turdagi byudjetlarga to’lov va tushumlar ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan. Mahalliy g’aznachilik organlarini boshqarish quyidagilardan iborat: FOYDALANILGAN ADABIYОTLAR RO’YHATI Download 310.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling