O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tarixi tuzilishi “Farmasevtik texnologiyada qo’llaniladigon terminlar


Umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari


Download 47.69 Kb.
bet4/8
Sana28.12.2022
Hajmi47.69 Kb.
#1008961
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеяси

Umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari. Foydalanuvchi mutaxassislarning talablarini to‘laqonli qondirish maqsadida Davlat farmakopeyasini standartlari umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari ko‘rinishida taqdim etilgan. Bu borada Jahon soliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etib borilayotgan “Zarur farmakopeya amaliyoti” — Good pharmacopoeial practices (GPhP)-ning talablarini ham bir vaqtda joriy etib borish ko‘zda tutilgandir. Shu bilan birga, Davlat farmakopeyasining 2-jildida taqdim etilayotgan dori substansiyalariga tegishli xususiy farmakopeya maqolalarida keltirilayotgan ko‘rsatkichlar “Zarur farmakopeya amaliyoti” ‒ (GPhP) tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlardan bir muncha farqlanishi mumkin. Bunda, xususiy farmakopeya maqolalarida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan umumiy farmakopeya maqolalariga doimiy ravishda havolalar berib borish noqulay bo‘lganligi sababli aksariyat ko‘pchilik holatlarda bu chegaralandi.
Biroq, ishlab chiqilgan umumiy farmakopeya maqolalari talablaridan keng miqyosda foydalanilishi sababli, alohida mahsulotlarni standartlashtirish jarayonida, bir vaqtning o‘zida ularni xususiy farmakopeya maqolalarida bir yoki undan ortiq umumiy farmakopeya maqolalari talablaridan foydalanish bo‘yicha, shuningdek biror bir holatni turlicha talqin qilinishi ehtimoli yuzaga kelishini oldini olish maqsadida, zaruriyatga ko‘ra, ayrim xususiy farmakopeya maqolalarida umumiy farmakopeya maqolalariga havolalar keltirilishi o‘rinli deb topildi.
Xiral moddalar. Farmakopeya maqolalariga ma’lum enantiomerdan iborat bo‘lgan xiral moddalarning optik tozaligini, ularni optik burilishni o‘lchash usuli bilan baholash sinovlari kiritilgandir. Optik burishni aniqlash usuliga ko‘ra moddaning rasemizatsiyasini tekshirish, uning optik tozaligini baholash bilan enantiomerni solishtirma burish kattaligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lgan holatlardagina amalga oshiriladi.
Agar moddaning optik tozaligini baholash uchun boshqa usullar masalan aylanma dixroizm ko‘proq to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, bunda farmakopeya maqolasiga aynan shu sinov usuli kiritilishi ma’qul topilgandir.
Polimorfizm. Polimorf xususiyatga ega bo‘lgan moddalar haqida axborot 5.9. Polimorfizm umumiy bo‘limida keltirilgan. Umuman olganda Davlat farmakopeyasining xususiy maqolalarida moddalarning kristallik shakliga nisbatan alohida talablar belgilanmagan. Polimorfizm xususiyati xos bo‘lgan moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar xususiy farmakopeya maqolalarining “Xarakteristika” bo‘limida ko‘rsatilgan.
Kristallik shakliga bog‘liq ravishda moddaning turli sifat ko‘rsatkichlari o‘zgaradigan moddalar uchun esa infraqizil sohada absorbsion spektrometriya usuli bilan ularning chinligini tekshirish sinovlari kiritilgan. Bunda modda qayta kristallizatsiya qilinmasdan turib, uning qattiq holatida yozib olingan spektrini kimyoviy standart namuna spektri bilan solishtirish ko‘zda tutiladi.

Download 47.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling