O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tarixi tuzilishi “Farmasevtik texnologiyada qo’llaniladigon terminlar


Miqdoriy tahlil usulining o‘ziga xosligi


Download 47.69 Kb.
bet5/8
Sana28.12.2022
Hajmi47.69 Kb.
#1008961
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеяси

Miqdoriy tahlil usulining o‘ziga xosligi. Faol modda sifatini kafolatlangan yaroqlilik muddatlarda o‘zgarmasdan qolishi o‘ta muhim bo‘lib, farmakopeya maqolalarida keltirilgan o‘ziga xos miqdoriy tahlil usullarning o‘zigina buni to‘laqonli ifodalay olmaydi. Jumladan, ishlab chiqarish va keyinchalik saqlash jarayonlarida parchalanishidan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan yot moddalar faol moddaning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qilishi mumkin.
Shunga asosan faol moddani saqlash jarayonida sifat ko‘rsatkichlarini to‘laqonli nazorat qilinishini ta’minlash uchun xususiy farmakopeya maqolalarini sinov bo‘limida bunga aloqador bo‘lgan qator sifat ko‘rsatkichlari majmuasini baholash tamoyiliga asoslanildi.
Yot moddalar. Farmasevtika amaliyotida qo‘llaniladigan faol va yordamchi moddalar tarkibidagi yot moddalarni nazorat qilish 5.10Farmasevtikada qo‘llaniladigan substansiyalardagi aralashmalarning nazorati umumiy bo‘limida keltirilgan bo‘lib, bu bo‘limda xususiy farmakopeya maqolalarida yot moddalarni nazorat qilishning umumiy tamoyillari bayon etilgan.
Xususiy farmakopeya maqolalarida esa aniq yot moddalarga miqdoriy baho berish usullarini atroflicha yoritish ko‘zda tutilgandir.
Yot moddalarni tekshirish jarayonida ularni taqqoslash uchun standart namunalar talab etiladigan holatlarda farmasevtik standart namunaning “FSN” (CRS – “Chemical Reference Substance”) belgisiga ega bo‘lgan namunalarni qo‘llash ko‘zda tutiladi.
Xromatografik kolonkalar. Umumiy va xususiy farmakopeya maqolalarida keltirilgan tadqiqotlar bo‘yicha qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan xromatografik kolonkalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus veb-saytlarda keltirilgandir. Alohida farmakopeya maqolalarida asbob uskunalar va reaktivlarning manbalari haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Shu bilan birga farmakopeya maqolalarida ko‘rsatilgan tadqiqotlarni amalga oshirishda belgilangan shartlarni ta’minlab beruvchi boshqa turdagi xromatografik kolonkalardan, asbob-uskuna va reaktivlardan ham foydalanish taqiqlanmaydi.

Download 47.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling