O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tarixi tuzilishi “Farmasevtik texnologiyada qo’llaniladigon terminlar
Download 47.69 Kb.
|
Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеяси
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Zarur farmakopeya amaliyoti” (GPhP – “Good pharmacopoeial practices”)
Davlat farmakopeyasini nashrga tayyorlash ishlarini amalga oshirish borasida quyidagi tamoyillar ishlab chiqildi va ularga rioya qilinishi belgilab olindi:
Davlat farmakopeyasi loyihasini xalqaro e’tirof etilgan farmakopeyalar bilan uyg‘unlashgan holda tayyorlash uchun asosiy manba sifatida Yevropa farmakopeyasidan va yordamchi manbalar sifatida, ularning ustuvorligiga qarab, Xalqaro, AQSh, Britaniya, Yaponiya farmakopeyalari, shuningdek Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va boshqa davlat farmakopeyalaridan foydalanish; Bir qator boshqa davlatlarning milliy farmakopeyalarni shakllantirishda Yevropa farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirish tajribalarini o‘rganish va tahliliy baholash asosida Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish uchun mos bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash; Zamonaviy farmasevtika amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan farmakopeyalarning umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari va boshqa matnlari bilan uyg‘unlashtirishning barcha yo‘nalishlari va mexanizmlarini hisobga olish va tegishli o‘rinlarda qo‘llash; Davlat farmakopeyasini yaratishda dori vositalari ishlab chiqarish (tayyorlash), standartlash, sertifikatlash va saqlash jarayonlarining barcha bosqichlarida to‘laqonli, ob’ektiv sifat nazoratini amalga oshirishni ta’minlovchi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Zarur farmakopeya amaliyoti” (GPhP – “Good pharmacopoeial practices”) tavsiyalari talablariga mos keladigan milliy standartlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash; Muntazam ravishda Davlat farmakopeyasi matnlarini xalqaro ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish va uyg‘unlashtirish jarayonlarining uzluksizligi va shaffofligini ta’minlash; Mualliflik huquqlarini himoya qilinishiga rioya qilish; Davlat farmakopeyasi talablarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilishini ta’minlash; Boshqa hududiy va milliy farmakopeyalarni ishlab chiqish bo‘yicha orttirilgan tajriba va amaliyotning zamonaviy ilg‘or yutuqlarni muntazam ravishda Davlat farmakopeyasini tayyorlash jarayonlariga joriy etish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirib borish va boshqalar. Davlat farmakopeyasining matnlarini tayyorlashda asosiy manba sifatida Yevropa farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilganligi sababli Yevropa dori vositalari va sog‘liqni saqlash sifati direktorati (EDQM – “European Directorate for the Quality of Medicines”) ning alohida saytida keltirilgan tartiblar, texnik qo‘llanmalarga va tamoyillarga asoslanilganligiga e’tibor qaratilishi ham lozimdir. Yevropa farmakopeya komissiyasi tomonidan maxsus ma’lumotlar bazasi yaratilgan bo‘lib, unda alohida monografiyalar, yaroqlilik sertifikatlari, standart namunalar va xavfsizlik sertifikatlari haqidagi ma’lumotlarni topish mumkin. Ushbu ma’lumotlar bazasidan aniq modda to‘g‘risidagi axborotlar, shu jumladan umumiy tahlil usullari, shuningdek moddaning monografiya raqami, uning ingliz va lotin tillaridagi nomlanishi, pdf formatdagi xromatogrammasi, etalon standartning katalog bo‘yicha raqami va ayrim reagentlarning, shu jumladan xromatografik kolonkalar va biologik to‘plamlarning savdo nomlari bo‘yicha ma’lumotlar olish mumkin. Ma’lumotlar bazasiga www.edqm.eu/knowladge sayti bo‘yicha kirish mumkin. Download 47.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling