O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Dell Computer va M.Video larni keltirishimiz mumkin.
6. Hamkorlik Modeli (Affiliate Model) – internetda pul ishlashni istaydigan
ammo o’z biznesini tashkil etish uchun yetarli investitsiyaga yoki mablag’ga 
ega bo’lmagan kompaniyalar uchun juda foydali bo’lgan model turi. Bu model 
turiga reklama bannerlari bilan savdo almashinuvini (Banner Exchange), 
saytga kiruvchilarning o’tishlarini sotish (Pay-Per-Click) larni kiritish mumkin. 
Misol sifatida Amazon.com, OZON.ru va Barnes&Noble larni keltirish 
mumkin.
7. Jamoaviy Model (Community Model) –bunday model vositasida ijtimoiy 
tarmoqlar (Social Networking Services), kraudsorsing platformalari, Ochiq 
boshlag’ich kodli tizimlar (Open source), Ochiq content tizimlari (Open 
Content), Jamoaviy ko’ratuvlar (Public Broadcasting) va boshqalar faoliyat 
ko’ratadilar. Misol sifatida Facebook, Wikipedia, Friendster, Flickr, Red Hat, 
VKontakte larni keltirishimiz mumkin. 
8. A’zolik modellar (Subscription Model) – matnli, audio, video content, 
trafiklarni sotadigan kompaniyalar uchun juda ham qulay model hisoblanadi. 
Uni information agentliklar, videoxosting kompaniyalari, internet provayderlar 
ishlatishadi. Misol sifatida Truste, Netflix, Classmates va Listen.com larni 
keltirishimiz mumkin.
9. Amaliyot modeli (Utility Model) – bunday modelning ishlashi asosida narx 
yaratishning “Qancha istasang shuncha to’la” ma’nosidagi modeli yotadi. 
Hizmatlar uchun haq miqdorini foydalanuvchi o’z ixtiyoriga qarab belgilaydi. 
Bular masalan, foydalanish o’lchovi (Metered Usage) yoki a’zo bo’lish 
o’lchami (Metered Subscriptions) bo’lishi mumkin. Misol sifatida Slashdot va 
Priceline larni keltirishimiz mumkin.
Quyida monetizatsiyaning amaliyotda elektron biznes tomonidan ishlatilishi 
mumkin bo’lgan turli xildagi sxemalarini ko’rib chiqamiz: 
 Reklamadan keladigan daromadlar modeli–bu internet kompaniyalarining 
eng ommabop monetizatsiya sxemasidir


415 
 Kelishuvlarga asoslangan daromadlar modeli – kelishuv summasining 
qandaydir bir aniq foizi kattaligida bo’lib, u sotuvchi yoki xaridor tomonidan 
yoki ikkala tomondan to’lanadi; 
 Kim-oshdi savdosi (auktsion)dan keladigan daromad modeli – xaridor 
tomonidan to’lanadigan va lotning sotuvga qo’yilishi uchun to’lov hamda 
sotuv summasidan qandaydir foiz hisobida. 
 A’zo bo’linishdan olinadigan daromad modeli– bu xolda daromad a’zo 
bo’lganlar soni bilan aniqlanadi. 
 Dasturiy mahsulotlarning litsenziyasidan olinadigan daromad modeli – 
foydalanuvchi tomonidan dasturoy mahsulot litsenziyasini sotib olishdan, 
yangilashdan, xizmat ko’rsatishdan va litsenziyani uzaytirishdan tushadigan 
daromadlar. 
 Internet tizimida marketing xizmatlarini ko’ratish modeli – ma’lumotlar 
bazasi, ma’lumotlar banki, bilimlar bazasi, analitik obzorlar sotishdan 
tushadigan daromad.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling