419
Internet-magazinlar ishini tashkil qilish xususiyatlariga bog’liq
ravishda ular
infratuzilmaviy modellarining quyidagi turlari mavjud:
Elektron vitrina yoki front-ofis – bu faqat web-sayt ko’rinishida bo’ladi va
unda tovarlar haqidagi ma’lumot
web-saytda johlashtiriladi, zakaz esa
telefon yoki e-mail orqali qabul qilinadi;
Avtomatlashtirilgan magazin yoki front-ofis plyus bek-ofis –ma’lumotlar
bazalariga ega bo’lgan web-sayt ko’rinishidagi yagona tizim ko’rinishida
bo’ladi. Web-saytga ma’lumot bazalari ulangan bo’ladi va saytga kiruvchi
unda ombordagi tovarlarning joriy xolatini ko’ra oladi;
Savdo internet-tizimi–bunda yagona tizim internet-magazinni va oflayn
savdoni sinxronizatsiya qilib turadi.
Amaliyotda shaxsiy internet-magazin tashkil qilishning bir qancha usullari mavjud:
1.
Eng oddiy funktsiyalarni bajara oladigan internet-magazinni o’z
imkoniyatlari doirasida amalga ishirish;
2.
Tayyor internet-magazinni ijaraga olish–hozirgi davrda ijara shartlarida
hizmat ko’rsatishning to’la tsiklini ta’minlab bera
oladigan hamda tegishli
servislarni tanlashga imkon beradigan turli xildagi ommabop platformalar –
internet-magazinlar konstruktorlari bu ishni uddalashga imkon beradi. Misol
sifatida
InSales.ru
konstruktorini
keltrishimiz
mumkin
(http://www.insales.ru/all_features). Ushbu platforma
tizimga bir qancha
servislarni va ilovalarni qo’shishga imkon beradi, shu jumladan:
Yetkazib berish xizmati –
Pick Point, Shop-Logistics, InPost, B2CPL
Do'stlaringiz bilan baham: