O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Onlayn katalog
- Virtual moll
- Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (
- Elektron birjalar (
Group, Facebook, Google kabilarni kiritishimiz mumkin. Masalan, Alibaba
Group o’z qidiruv tizimiga, ijtimoiy saytiga, to’lov tizimiga, auktsioniga va boshqa servislariga ega. Bozor ma’lumotlarini yig’ish va tahlil qilishga mo’ljallangan wordstat.yandex.ru, Google AdWords adwords.google.com kabi yangi elektron servislarning paydo bo’lishi biznesga bozorlardagi talabni tezkor 417 o’rganish imkoniyatlarini taqdim qildi. Bunday usullarning nomi kalit so’zlr statitikasi degan nom oldi. Masalan, ommabop komp’yuter o’yini Angry Birds ni har kuni bir millionga yaqin odan yuklab olgan ekan. Soha ekspertlarining fikrlaricha, agarda 3000 ta atrofida qidiruv talabi bo’lgan taqdirda bu mahsulot yoki hizmatga talab bor degan fikrga kelish mumkin. Elektron biznes talabni aniqlashning qidiruv talabi usulidan tashqari, bozorning emotsionalliligini baholash usulidan ham foydalanadi. Bu baholov usuli vositasida ijtimoiy mediya, chatlar va forumlarda ushbu mahsulot yoki xizmatning muxokamasida potentsial mijozlarning faolligini aniqlanadi. Bozor ma’lum qismining emotsionalligi undagi insonlarning ushbu mahsulot yoki xizmatga qanday fikr bildirishlari, ularning bu jarayondagi faolligi va bu narsa ularga qanchalik kerakligidir. Elektron savdo maydonlarini tashkil qilish modellarining esa quyidagi bir qancha asosiy turlari mavjuddir: Onlayn katalog (on-line catalog) –savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, bunda iste’molchilar turli xildagi ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarning tovarlari va hizmatlari haqida bir qancha ko’rsatgichlar bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar; Virtual moll (cybermall, e-mall) – bu onlayn katalogning bir turi bo’lib, unda bir internet adresda va bitta portalda bir qancha alohida kompaniyalar haqida ma‘lumotlar to’plangan bo’ladi. Bitta elektron savdo maydonida bir qancha magazinlardan haridlar qilish mumkin bo’ladi. Bu xolda yagona savdo qoidalari, yagona korzina va yagona to’lov tizimi o’rnatilgan bo’ladi; Elektron kim-oshdi savdosi – auktsion (e-auction) – bunda savdo maydoni shunday tashkil qilinadiki, xaridor turli ishlab chiqaruvchilarning turli tovarlarini savdo paytida aniqlanadigan narxlarda sotib olishlari mumkin bo’ladi; Elektron birjalar (e-exchange) – narxlar talab va taklif asosida aniqlaniladigan savdo maydonlari bo’lib, keyingi paytlarda tarmoq elektron birjalari tobora ommabop bo’lib barayapti. Masalan, aviatsiya tarmog’i uchun Aerospan va MyAircraft.com birjalari, avtomobillar uchun Covisint 418 birjasi, ommaviy iste’mol tovarlari uchun esa Transora kabi birjalar mavjud. Bulardan tashqari, vertikal elektron savdo maydonlari ham mavjud. Ular tarmoqlar chegarasida korxonalarni birlashtiradilar yoki bitta tashkilotning yetkasib beruvchilari va dilerlarini birlashtiradilar. Gorizontal elektron savdo maydonlarida esa turli tarmoqlarning kompaniyalari birlashishlari mumkin. Mijozlar bilan o’zaro aloqa o’rnatish turi bo’yicha ikki turdagi biznes-modelni ajratib ko’rsatishimiz mumkin: O’z-o’ziga hizmat ko’rsatish – kompaniya elektron platforma va mahsulotni yaratadi, iste’molchi esa mahsulot yoki xizmatni o’zi tanlagan usulda sotib oladi. Misol sifatida onlayn-bankingni, elektron ta’limni yoki internet- savdoni keltirishimiz mumkin; Kraudsorsing – bunda kompaniya internet-pletformani tashkil qiladi, mahsulot yoki xizmatni esa iste’molchilarning o’zlari yaratadilar (ya’ni kraudsorsing mahsulotini). Xozirgi paytda kompaniyalar iloji boricha shu usulni tanlamoqdalar. Misol sifatida ijtimoiy tarmoqlarni, blokcheynlarni, YouTube bideoservisini, fotoservislarni keltirishimiz mumkin. Elektron biznes tashkil qilayotganda iste’molchining portretini hisobga olish va uning iste’molchi sifatidagi xususiyatlarini o’rganish yaxshi natijalarga olib keladi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling