O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet23/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Rejalarning xususiyatlari 
Korxona fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarori ob’ektning tinchlik davriga
mo‘ljallangan harakat rejasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro
muhofazasi boshlig‘i kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar oqib ketganda yuzaga
kelishi ehtimoli bo‘lgan kimyoviy sharoitdan chiqariladigan xulosalarni beradi va
quyidagilarni belgilaydi:
-Ob’ekt xodimlarini va korxona yaqinidagi aholini muhofaza qilishga oid asosiy
vazifalar;
-muhofaza tadbirlarini o‘tkazish qaroridan maqsad;
-jalb qilinadigan FVDT kuchlari, ularning tarkibi, vazifalari va shay bo‘lish
muddatlari;
-hamkorlikni tashkil etish hamda kuchlar va boshqaruv organlari hatti-
harakatlarini ta’minlash asoslari.



Rejani fuqaro muhofazasi boshlig‘ining o‘rinbosari ishlab chiqadi. Ayrim


masalalarni hal etish uchun xabar berish va aloqa xizmatining, tibbiy, radiatsiyaga
va kimyoviy moddalarga qarshi muhofaza, jamoat tartibini saqlash, yong‘indan
saqlash xizmatlarining, moddiy-texnik ta’minoti, avariya, texnik va boshqa
xizmatlarning boshliqlari rejani ishlab chiqishga jalb qilinadi.
Favqulotdagi vaziyatlarda iqtisodiyot ob’ektlarida qutkarish va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish va olib borish
Qutqarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning maqsadi, mazmuni va bu 
ishlarga jalb etiladigan kuch va vositalar.
Insoniyat XXIasrga kelib ona sayyorada tabiiy jarayonlar nihoyatda
keskinlashishiga guvoh bo‘lmoqda. Bu holni nafaqat ahyon-ahyonda sodir
bo‘layotgan zilzilar, balki sel, ko‘chki va boshqa turdagi tabiiy ofatlarning
ko‘payib borayotgani bilan izohlash mumkin. Tabiiy jarayonlarning keskinlashiuvi
natijasida ba’zi odamlar kutilmagan xavf-xatarlarga duch kelmoqdalar.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat
tizimining yaratilish mohiyati respublikamiz hududlarida sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lish
ehtimoli yuqori ekanligidadir. Har qancha oldini olinishiga qaramasdan favqulodda
vaziyatlar sodir bo‘lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma’lum kuch va
vositalar zarur bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, sodir bo‘lgan favqulodda
vaziyatning turi, xususiyatiga muvofiq maxsus kuchlar jalb qilinadi. Bunday
vaziyatlarda favqulodda vaziyatning vaqti, qamrab olgan hududi, aholi punkti va
boshqa xususiyatlariga alohida e’tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldiga tabiiy ofatlar
va boshqa falokatlardan respublika aholisini va hududlarini muhofaza qilish
borasida talay vazifalar qo‘yilgan. Vazirlik tizimidagi barcha kuch va vositalar ana
shu vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda qutqarish va kechiktirib
bo‘lmaydigan tadbirlarni olib borish ishlariga yo‘naltirilgan.
Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli (THQRKTM) O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi
tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
THQRKTM 1989 yilda tashkil qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Favqulodda vaziyatlar komissiyasiga qarashli
bo‘lgan. 1996 yil mart oyidan Favqulodda vaziyatlar vazirligining ajralmas
bo‘g‘ini hisoblanib kelmoqda.
1996 yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgandan so‘ng,
THQRKTM tarixida yangi bosqich, yangi sahifalar ochildi. O‘sha kezlarda o‘z
tarkibigi atigi 40 nafar qutqaruvchini olgan markaz, hozirgi kunga kelib 100 dan



ortiq malakali, ko‘p toifali qutqaruvchilarni, o‘nlab zamonaviy, yuqori texnika


saviyasiga ega bo‘lgan maxsus avtotexnikalarni va zamonaviy o‘quv moddiy
bazasini jipslashtirgan.
THQRKTMning asosiy vazifalari respublikamizning hududlarida yuzaga
kelgan avariyalar, talofat, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar
oqibatlarnini bartaraf etishda kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga
oshirish, ularda avriya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini samarali va tezkorlik
bilan olib borish, kuch va vositalarni doimiy jangovor holatini ta’minlash,
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yoki bunday xavf mavjud bo‘lganda
vazirlik, idora, maxsus xizmatlar, yong‘in xavfsizligi, tez tibbiy yordam xizmatlari
bilan hamkorlikda xizmat qilishdan iborat. Bundan tashqari, markazning faoliyati
respublika hududidagi terroristik-quporuvchilik xurujlari natijasida o‘ta muhim va
toifalangan, kimyoviy, yong‘in va portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlarda
hamda jamoat maskanlarida, tog‘li sharoit hududlarida favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat.
THQRKTMning yana bir asosiy bo‘g‘inlaridan biri-suvda qutqaruv guruhi
bo‘lib, guruh 18 nafar toifali g‘avvoslarni o‘z ichiga olgan.
Vazirlikning kinologiya xizmati ham mavjud bo‘lib, unda tabiiy turdagi
favqulodda vaziyatlar (asosan zilzila) oqibatida uyumlar ostida qolib ketganlarni
qidirib topish ishlarini yanada jonlantirish maqsadida maxsus xizmat itlari
tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, ilg‘or xalqaro tajribani hayotga joriy qila borib,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjeti
hisobidan “Qutqaruv xizmati” tashkil etildi. Bunday xizmatlar Toshkent
viloyatining CHirchiq va Angren shaharlarida ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar chet mamlakatlarda
sodir bo‘layotgan olamshumul tabiiy ofatlarda ham jabrlanganlarga o‘zlarining
malakali yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, 1999 yilning 17 avgustida
Turkiyada Izmir va Adapazari viloyatlarida hamda 2001 yil Hindistonning Gujarat
shtatida ro‘y bergan kuchli er silkinishlarida, 2001 yilda Ukrainaning Kapatorti
tumanlarida kuchli jala va yomg‘ir, keskin qor erishi natijasida yuz bergan
toshqinda, shuningdek Tojikiston Respublikasining Qayroqqum bekatida temir
yo‘l falokati tufayli sodir bo‘lgan kuchli avariyada jabrlanganlarni qutqarishda
ishtirok etishib, o‘zlarining mahoratlarini namoyish qildilar.
2004 yil 22 mart kunidan boshlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi
Toshkent shahri boshqarmasida qutqaruv xizmati tashkil topib, tabiiy ofatlarda,
avariyalarda va turli xil ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga
malakali yordam ko‘rsatib kelmoqda.



Dastlabki yillarda aholi uchun Qutqaruv xizmati yangilik bo‘lganligi sababli


yil mobaynida kam murojaat tushgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan aholining Qutqaruv
xizmatining beminnat xizmatiga murojaatlari soni o‘sishi va natijada sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan halokatli hodisalarning oldi olinayotganligi quvonarli holdir.
O‘tgan 2006 yil mobaynida Qutqaruv xizmati (050) telefoni orqali murojaatlari
tahliliga o‘tsak, maslahat so‘rab shahar aholisi, mehmonlari hamda tashkilotlar va
muassasalardan 201900 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Qayd etilgan
murojaatlardan 2334 tasida insonlar hayoti uchun xavfli bo‘lgan va yirik
miqyosdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan chaqiruvlarga
binoan Qutqaruv xizmati qutqaruvchilari, mutaxassislari va boshqarma ofitserlari
zudlik bilan voqea joylariga chiqib, ekstremal vaziyatga tushib qolgan insonlarga
kerakli texnik va tibbiy yordam ko‘rsatishgan.
Tinchlik va urush davrida favqulotda vaziyatlar o‘choqlarida qutqarish va
boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish fuqaro muhofazasi
tuzilmalarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Qutqarish va boshka
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi.
1. Odamlarni qutqarish va shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish.
2. YOng‘inlar, falokatlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va kommunal
energetika hamda texnologiya tarmoqlaridagi buzilgan joylarni bartaraf etish.
3. Iqtisodiyot ob’ektlarda bundan keyingi bo‘ladigan tiklash ishlarini
o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish.
Qutkarish ishlarining mazmuni:
-tuzilmalarning harakat yo‘nalishlari va ish uchastkalarini qidirish;
-tadbirlarni amalga oshirish uchastkalarida va ularga o‘tish yo‘llarida
yong‘inning kengayishini oldini olish va uni o‘chirish;
-buyumlar, qulagan va yonayotgan binolarda, gaz va tutun bosgan xonalardan
shikastlanganlarni qidirish va olib chiqish;
-buzilgan, shikastlangan, ustini uyumlar bosib qolgan inshootlarni ochish va
ulardagi odamlarni qutkarish;
-shakastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni davolash
muassasalariga olib borish;
- odamlarni kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) bilan zararlangan
xavfli joylardan, suv bosadigan zonalardan xavfsiz joylarga olib chiqish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bekamiko‘st bartarf etish maqsadida
hamda qutqarish tadbirlarini mexanizatsiyalash uchun maxsus texnika, ob’ektlarda
mavjud bo‘lgan texnika, shuningdek yong‘inga qarshi maxsus texnikalardan keng
ko‘lamda foydalaniladi.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling