O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Ibn Xaldun (1332-1406) - Uning shoh asari “Muqaddima-ye Ibn Xaldun” chuqur falsafiy mazmunga ega bo‘lib, avvalo jamiyatshunoslik nazariyasiga, jamiyat rivojlanishi konsepsiyasini yaratishga bag‘ishlangan. Ibn Xaldunning ijtimoiy-falsafiy qarashlari Abu Nasr Forobiy, Ibn Rushd ilmiy an’analarini davom ettirgan bo‘lib, shu bilan birga o‘zining shu sohaga oid muhim yangi g‘oyalarni mujassamlaydi. Avvalo u kishilik jamiyati, jahon sivilizatsiyasini bir butun yaxlit jarayon sifatida anglab olishga, ularni aylanma harakatga egaligini tasdiqlashga urinadi.
Kishilik jamiyati paydo bo‘lishi odamlarning ijtimoiy mohiyati, bir biriga muhtojligi, ularning aqlga egaligi bilan belgilanadi. Uning fikricha, jamiyatning tarixiy rivojlanishi, uning taraqqiyoti ma’lum qonunlarga bog‘liq bo‘lib, uni tushunish, talqin qilishni ham shu asosda amalga oshirish kerak. Xususan, Ibn Xaldun Forobiy, Beruniy va boshqalar oldin o‘tgan mutafakkirlarning g‘oyalarini davom ettirib, jamiyat hayotida jo‘g‘rofiy muhit, iqlim, tabiiy sharoitlar katta rol o‘ynaydi, degan xulosaga keladi. Jamiyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, uning madaniy saviyasi va samaradorligi inson mehnati, uning taqsimlanish darajasi, ishlab chiqarish, ilm-fanlar rivoji bilan ham belgilanadi. Kishilik jamiyatlari umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga har biri o‘ziga xos hislatlar bilan ajralib turadi. Tarix falsafasi, tarixning asl vazifasi ana shu umumiy va xususiy xislatlarni birgalikda va yaxlit holda, bir biri bilan uzviy bog‘langan holda yoritishdir. Shundagina har bir ma’lum sivilizatsiyaning, uni tashkil qiladigan mamlakatlarning mohiyati aniq va xolisona yoritilishi mumkin. “Shularning hammasi – deb yozadi Ibn Xaldun – tarixnavis uchun chiqaradigan xulosalari va tarixiy hodisalarni talqin qilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi”. Uning nazarida, tarix falsafaning muhim qismini tashkil etib, aslida esa tarix falsafasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga tarix falsafaning asoslaridan biridir. Ibn Xaldunqarashlari bo‘yicha, davlat va xususiy mulk jamiyat rivojlanishining zaruriy shartlarini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan u ko‘chmanchi, qishloq xo‘jalik va shahar aholisi hayot tarzi, tarixiy o‘zlariga xos belgilarini tahlil qiladi. Uning madaniy jamiyat oldiga qo‘yiladigan birdan bir talabi zarur bo‘lmaganda zo‘ravonlik, kuch ishlatmaslikdir, chunki bu nafaqat jamiyat inqiroziga, balki odamlarning ma’naviy qashshoqlashishiga olib keladi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling