O’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar
XULOSASI
O`zbekiston keyingi yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida ma`naviy va madaniy yuksalish yo`liga chiqib oldi. Jamiyatning barcha sohalarida bo`lgani kabi ilm-fan olamida ham tub burilishlar, sifat o`zgarishlari sodir bo`ldi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Ma`naviyat va ma`rifat, madaniyat va axloq haqidagi asarlarni ko`plab chop etish, ayniqsa, madaniy meros bilan birga yangilanayotgan bugungi turmush tarzini va yangicha tus olayotgan jamiyatimiz mazmun-mohiyatini teranroq yoritish, kengroq o`rganish muhimdir” (Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat. Toshkent. “O`zbekiston”, 1994, 59-bet).
Shunday ekan, odob-axloq, komil insonning ma’naviy qiyofasi haqida betakror pandu nasihatlar jamlangan asarlarni chuqur o`rganish, xalq tilidagi ifoda
vositalarining boyligini ko`rsatish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Shu jumladan, mumtoz asarlar badiiyatini o`rganish o`zbek tilshunosligida ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mumtoz asarlar matni lingvostatistik, grammatik, leksik tahlili borasida hali bajarilishi lozim bo`lgan ishlar ko`lami keng, ularning o`zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo`shgan hissasi va ijodiy uslubining o`ziga xos belgilarini aniqlash masalalari o`z dolzarbligini yo`qotgani yo`q. Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaralganda O’zbek tili va adabiyoti ta’limi yo’nalishi magistranti Abdullayeva Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik xususiyatlari“ mavzusidagi magistrlikdissertasiyasi dolzarb mavzuga bag`ishlanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o`rganilish darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi asoslangan.
MDning birinchi bobi “Qutadg’u bilig“da qo’llangan ayrim so’zlarning etimologiyasi“deb nomlangan. Unda magistrant “Qutadg’u bilig”dagi ayrim so’zlarning tarixiy asoslari hamda asardagi o’z va o’zlashgan qatlamga oid so’zlar xususida batafsil ma’lumot beradi. Nazariyaga uygun holda asar matnidan olingan parchalar bobda qo’yilgan masalani oydinlashtirishga xizmat qiladi.
MDning ikkinchi bobi “Qutadg’ubilig“asaridagiso’zlarningshaklvama’nomunosabatigako’raturlarit ahliliga bag’ishlangan. Bu bobda magistrant asarda qo’llangan sinonim so’zlarning o’ziga xos xususiyatlari hamda omonim va antonim so’zlarning uslubiy vosita sifatida“Qutadg’u bilig”da tutgan o’rnini yoritishga harakat qiladi. Fikrlar bayonida izchillik, tahlillarda uzviylik, keng qamrovlilik, asosiy tushunchani ilmiy-nazariy jihatdan izohlash ustunlik qiladi.
MDning uchinchi bobi“Qutadg’u bilig” da adibning so’z qo’llash mahorati” deb nomlangan.Unda muallif asosiy e’tiborni Yusuf Xos Hojibning
so’z qo’llash mahoratiga qaratadi. Asar badiiyatini ochish ko’zlangan ushbu bobda magistrant o’z oldiga qo’ygan maqsadga to’la erisha olgan. Unda metafora asosida badiiy –tasvir vositalarining yaratilishi hamdametonimiyaning semantik- uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish, sinekdoxa asosida ma’nosi ko’chgan so’zlar semantikasiga asosiy e’tibor qaratilgan. Ma’no ko’chish usullarining badiiy asar tilini boyitishdagi o`rni “Qutadg’u bilig”ning asliyati va tabdili asosida amalga oshirilgan.Yusuf Xos Hojibning so’z qo’llash mahorati asliyatdan keltirilgan yorqin misollar yordamida tahlilga tortilgan.
MDning xulosa qismida mavzu yuzasidan barcha nazariy xulosalar umumlashtirilib, yakunlangan. Ishda berilgan umumiy xulosalar bitiruv magistrlik dissertatsiyasining mazmuniga to`la mos tushadi. Shu bilan birga ishda ba`zi juz`iy kamchiliklar ham uchraydi, ammo ular ishning ilmiy va amaliy qimmatini pasaytirmaydi.
Men, O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi magistranti Abdullayeva Sarvinozning“Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini tugallangan magistrlik tadqiqoti sifatida ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |