O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

4-§. Fuqarolik jamiyati tushunchasi va mohiyati
Insonparvar fuqarolik jamiyatini qaror toptirish 
– 
O‘zbekiston 
xalqining ulug‘vor maqsadlaridan biridir. Konstitutsiyaning mazmun va 
mohiyatidan shu narsa ko‘rinadiki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan 
jamiyat – demokratiya va adolat tamoyillariga tayanuvchi erkin insonlar 
jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. 
Karimov 
shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. 
Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari 
boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni 


 322
o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir»
1
.
Prezident yana quyidagilarga e’tibor qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik 
jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning 
o‘z-o‘zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. 
Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini to‘la darajada ro‘yobga 
chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va 
erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ya’ni qonunga bo‘ysunish bir 
vaqtni o‘zida amal qiladi»
2
.
Xo‘sh fuqarolik jamiyatining mohiyatini nima tashkil qiladi, bu 
qanday jamiyat? 
Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda 
o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol 
topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi. Mazkur kategoriya 
vositasida tarixiy rivojlanish tajribasi asosida orttirilgan mezonlarga javob 
beruvchi jamiyatning yetukligi, oqilona uyushganligi, adolatliligi va 
fozilligi izohlanadi. 
Insoniyatning keyingi asrlardagi taraqqiyoti zamirida to‘plangan 
ilmiy nazariy talqinlar asosida fuqarolik jamiyati deganda, birinchi 
navbatda, davlatdan holi bo‘lgan mulkiy, bozor tartiblari, oilaviy, ahloqiy 
– ma’naviy munosabatlar sohasi tushuniladigan bo‘ldi. Shu ma’noda, 
ma’rifiy, xususiy, g‘ayrirasmiy, nosiyosiy hayot sohasi majmui tarzida 
talqin etiladigan fuqarolik jamiyati tovar ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilarning davlat nazorat qilmaydigan manfaatlarini amalga 
oshirish olami sifatida ta’riflanadi. Masalan, Gegelning ta’biriga ko‘ra, 
fuqarolik jamiyati – bu eng avvalo, xususiy mulkka asoslangan manfaat 
(ehtiyoj)lar tizimi. Shuningdek, din, oila, tabaqalar, davlat tuzumi, huquq, 
axloq, burch, madaniyat, ta’lim, qonunlar va subyekt (inson)larning 
ulardan kelib chiquvchi o‘zaro uzviy yuridik aloqalari majmuidir. 
Insonlar tabiiy, «nomadaniy» holatdan «fuqarolik jamiyatiga o‘tishlari 
lozim, zero aynan shu jamiyatda huquqiy munosabatlar asl voqelikka 
aylanadi»
3
. Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari 
majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning quyidagi ikki asosiy 
prinsipini alohida ajratib ko‘rsatgan:
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ɫɢɺɫɢɣ-ɢɠɬɢɦɨɢɣ ɜɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɫɬɢԕɛɨɥ-
ɥɚɪɢɧɢɧɝ ɚɫɨɫɢɣ ɬɚɦɨɣɢɥɥɚɪɢ. – Ɍ., 1995. – Ȼ.14.
2
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪɝɚ ɢɧɬɢɥɦɨԕɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ,
ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. – Ȼ.173.
3
Ƚɟɝɟɥɶ. Ɋɚɛɨɬɢ ɪɚɡɧɵɯ ɥɟɬ. Ɍ.2. – Ɇ., 1973. – ɋ. 50.


 323
birinchidan, shaxslar o‘z xususiy manfaatlaridan kelib chiqib harakat 
qiladilar; 
ikkinchidan, insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga 
keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga bog‘liq bo‘ladi, ular 
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mavjud bo‘ladi. 
Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan holi munosabatlar 
hamda vositalar tizimi bo‘lib, u shaxs va jamoalarning ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy, ma’rifiy hayot sohalaridagi xususiy manfaat va ehtiyojlarini 
amalga oshirishga sharoit yaratadi. Fuqarolik jamiyati insonlarning 
xususiy manfaat va ehtiyojlari sohasi (shu sohadagi munosabatlar 
yig‘indisi)dan iboratdir. Ma’lumki, fuqarolar huquq va erkinliklarining 
aksariyat qismi mana shu xususiy hayot sohasida ro‘yobga chiqariladi. 
Biroq buning zamirida turgan individualizm haddan (muayyan 
me’yordan) oshmaydi, shaxsning ijtimoiy hayotdan ajralib qolishiga, 
begonalashuviga olib kelmaydi. Chunki individlar o‘z xususiy 
manfaatlarini ta’minlash uchun birlashib, turli uyushma va tashkilotlarni 
vujudga keltiradilar. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling