O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
2-§. «Huquqiy davlat» tushunchasi va mohiyati
Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllan- tirish istiqlolga erishgan xalqimizning asosiy strategik maqsadlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida ta’kidlaganidek, bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdir» 1 . Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat va davlat boshqaruvining xalqimiz tabiati va tarixiy an’analariga mos mukammal institutlarini yaratishga imkoniyat tug‘ildi. Ushbu davrda yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar tufayli jamiyat turli qatlamlarining manfaatlarini ifodalovchi hamda unga xizmat qiluvchi siyosiy tizim, davlat organlari tizimi, zamonaviy boshqaruv apparati shakllantirildi. Huquqiy davlat, eng umumiy tarzda ta’riflanganda, bu huquq hukmronligi o‘rnatilgan davlatdir. Aniqroq va batafsilroq tasniflaydigan bo‘lsak, huquqiy davlat – bu ijtimoiy-siyosiy hokimiyat tashkil etilishi hamda faoliyatining va uni huquqiy sohibi bo‘lgan individlar bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy shaklidir. Huquqiy davlatning mohiyati va mazmuni haqida chuqur bilimga ega bo‘lish uchun uning asosiy xususiyatlari, belgilari va qirralarini tashkil etuvchi tarkiblarini jamlab o‘rganish lozim. Bunday o‘ziga xos va muhim belgilar (xususiyatlar)ni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: – huquqiy qonunning oliyligi; – shaxs huquq va erkinliklarining realligi; – suveren davlat hokimiyatining hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida tashkil etilganligi va faoliyat yuritishi. Mazkur masalalarning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. 1. Huquqiy davlatning mohiyatini qonunning ustunligi (oliyligi) tashkil etadi. Bu o‘rinda shu narsa muhimki, har qanday qonunning ustunligini ta’minlash bu hali huquqiy davlatchilik vujudga keldi degani emas. Chunki, qonunlar o‘z mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, mustabid, totalitar, avtoritar, fashistik davlatlarda nohaqlik, zo‘ravonlik va johillikni ifodalovchi qonunlar amal qilishi mumkin. Bunday qonunlarning ustunligini ta’minlash huquqiy davlatchilik bilan 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ʆɡ ɢɫɬɢԕɥɨɥ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢ. – Ɍ., – Ȼ. 168. 313 hech qanday aloqasi yo‘q. Huquqiy davlatda tom ma’noda xalq irodasini ifodalovchi adolatli, demokratik, insonparvar qonunlarning ustuvorligi ta’minlanishi nazarda tutiladi. Xuddi shu ma’noda haqqoniy, huquqiy qonun haqida gapiriladi. Qonun – davlat faoliyati o‘zboshimchaligining mahsuli emas, balki u umuminsoniy qadriyatlarga, tenglik va adolatning demokratik huquqiy prinsiplariga mos bo‘lishi kerak. Shaxs erkinligiga putur yetkazuvchi, uni davlat bilan munosabatlarda noteng subyektga aylantiruvchi qonunchilik qoidalari huquqiy davlat g‘oyasiga qarama-qarshi keladi. Qonunda jamiyatda mavjud va shakllanayotgan ijtimoiy munosabatlar o‘zining bevosita va obyektiv ifodasini topishi lozim. Davlat, uning barcha idoralari, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘z faoliyatida qonun bilan qat’iy bog‘liq bo‘lishi, qonunga zid, uning talablariga qarshi biron-bir xatti-harakatni qila olmasligi talab etiladi. Ayni vaqtda, qonunning hukmronligi prinsipi qonunning «mutlaq hukmronligi» degan ishonchni, har qanday masalani faqat qonun vositasi bilan hal qilish mumkin, degan «yuridik eyforiya»ni tug‘dirib chiqarmasligi kerak. Qonunning jamiyat hayotidagi roli katta, ammo u barcha muammo va «dard»larga yagona da’vo emas. 2. Huquqiy davlatda hokimiyatning diqqat markazida turadigan asosiy narsa – bu fuqarolarning, shaxsning huquq va erkinliklarining kafolatlanganligidir. Huquq, qonun erkinlik va adolat me’yori sifatida maydonga chiqadi. Qonun yordamida shaxs erkinliklarining ta’minlanishi – huquqiy davlatning muhim funksiyasidir. Fuqaro hamisha o‘zini erkin his etishi uchun sharoit yaratilgan bo‘lishi, u davlatning homiyligiga tayana olishi, uning panohida va muhofazasida yashashi lozim. Unga tegishli siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy huquqlar va erkinliklar kafolatlab berib qo‘yilishi kerak. Masalan, fuqaro o‘z fikrini erkin bildirish huquqiga, davlat idoralariga saylash va saylanish huquqiga, davlat idoralariga murojaat etish huquqiga, o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya etish uchun siyosiy va ijtimoiy uyushmalarga birlashish huquqiga, shaxsiy daxlsizlik huquqiga, mol- mulk daxlsizligiga, aybsizlik prezumpsiyasi va shu kabi huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi lozim. Shaxs huquqi va erkinliklarining kafolatlarini mustahkamlashning muhim sharti – fuqarolar huquqlarini sud yo‘li bilan muhofaza etishni kengaytirishdir. Fuqarolar o‘zlarining har qanday huquqlari poymol etilgan taqdirda bu xususda shikoyat qila olishlari mumkin bo‘lishi kerak. O‘z navbatida, sud buzilgan huquqni adolat yuzasidan tiklashni o‘zining muqaddas burchi deb bilishi lozim. 314 3. Hokimiyatlar taqsimlanishi – demokratik huquqiy davlat tabiatiga xos prinsipdir. Hokimiyatlar taqsimlanishi, har bir davlat hokimiyati organlarining vakolat doirasini qat’iy chegaralab qo‘yish orqali huquqiy davlat huquqiy tarzda tashkillashadi va faoliyat yuritadi. Adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning biron-bir organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi jamiyatning umumiy manfaatlariga putur yetkazadi, suiiste’molchiliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo sig‘ishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat- larning bir qo‘lda birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin 1 . Hokimiyatlar taqsimlanishi ta’limotida diqqatga sazovor asosiy narsa shuki, bunda uchta hokimiyatning vakolatlari qonun (Konstitutsiya)da belgilangan bo‘lib, ular o‘zaro teng bo‘lishi, bir-birlarining huquq va vakolatlariga daxl qilmasliklari lozim. Hokimiyatning uchchala bo‘g‘ini qonunga itoat etadi va qonun oldida teng mavqega ega bo‘ladilar. Mazkur ta’limotdagi yana bir muhim jihat – bu hokimiyatlarning muvozanati, tengligini ta’minlash uchun ularning «o‘zaro bir-birini tiyib turish va o‘zaro qarama-qarshi ta’sir etish muruvvatlari tizimi» mavjud bo‘lishidir. Hokimiyat idoralarining har biri o‘zlari uchun qonunda belgilangan davlat funksiyalarini mustaqil o‘tish bilan birgalikda, o‘z huquqiy vositalari (vakolatlari) yordamida bir-birini muvozanatga chorlab turadilar, hokimiyat vakolatlarini bitta muassasa (shaxs) tomonidan qonunsiz ravishda tortib olinishi (uzurpatsiya qilinishi)ni bartaraf etadilar. Hokimiyatlar taqsimlanishi – bu nafaqat yuridik va tashkiliy prinsip, balki inson qadri nuqtai nazaridan ijtimoiy hayotning hokimiyat va erkinlik, qonun va adolatli huquq, davlat va jamiyat kabi qarama-qarshi jihatlarini uyg‘unlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy prinsip hamdir. Hokimiyatlar taqsimlanishi siyosiy hayotning, davlat tuzumining demokratikligi o‘lchovi, me’yoridir. Huquqiy davlat huquq va qonunning ustunligi, qonun va sud oldida barchaning tengligi ta’minlanadigan, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan, davlat hokimiyati vakolatlari demokratik taqsimlash 1 Qarang: ɈɞɢɥΙɨɪɢɟɜ ɏ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ɹɧɝɢ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ ɜɚ ԟɨɤɢ- ɦɢɹɬɥɚɪ ɬɚԕɫɢɦɥɚɧɢɲɢ ɩɪɢɧɰɢɩɢ. – Ɍ., 1993. – Ȼ.6. 315 asosida tashkil etiladigan adolatli davlat sifatida ta’riflanadi. Zamonaviy huquqiy davlat – avvalo, inson huquq va erkinliklari, hokimiyatni amalga oshirishda (bevosita yoki vakillar orqali) xalqning ishtiroki ta’minla- nuvchi demokratik davlat. U yuksak huquqiy va siyosiy madaniyat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini nazarda tutadi. Huquqiy davlatda fuqarolarga o‘z qarashlari va e’tiqodlarini qonun doirasida himoya qilish imkoniyati ta’minlanadi. Bu, xususan, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining shakllanishi va faoliyat olib borishi, siyosiy plyuralizm, so‘z va matbuot erkinligi hamda shu kabilarda o‘z ifodasini topadi. Huquqiy davlatning mohiyati – ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustunligi, suveren huquqiy hokimiyatning mavjudligida ifodalanadi. Hokimiyatning bo‘linishi prinsipi yordamida davlat huquqiy usulda tashkil topadi va faoliyat ko‘rsatadi, bu siyosiy hayotning demokratlashuvi mezonidir. Huquqiy davlat huquq bilan bog‘langan bo‘ladi, qonunning ustunli- gidan kelib chiqadi, jamiyat tomonidan belgilangan mezonlar doirasida ish ko‘radi, jamiyatga bo‘ysunadi, fuqarolar oldida mas’ul bo‘ladi, fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlaydi. Huquqiy davlat – fuqarolik jamiyatining siyosiy shakli bo‘lib, jamiyat hayotida demokratik institutlarning rivoj topishi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimi mavjudligi bilan tavsiflanadigan, inson huquq va manfaatlarining ustuvorligini ta’minlaydigan davlatdir. Insoniyat davlat paydo bo‘lgan qadimgi davrdan buyon adolatli hokimiyat (adolatli hukmdor) haqida orzu qilib keladi. Mana shu istak huquqiy davlat haqidagi ta’limotning rivojlanishiga turtki bergan. Huquqiy davlatning nazariy manbalari o‘z ildizlari bilan o‘tmishga borib taqalganligini ta’kidlash joiz. Qadim zamonlarda yashab o‘tgan buyuk allomalar (Aflotun, Arastu) davlat huquqning ulkan ijobiy ahamiyatini hisobga olmagan holda mustahkam, barqaror va ishonchli bo‘la olmasligi haqida fikr bildirganlar. Huquq davlat hukmdorlarining zo‘ravonligiga qarshi posangi sifatida baholangan: ya’ni, qonun hech kimning hukmronligi ostida bo‘lmasligi kerak, zero barcha organlar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning harakatlarini yo‘naltirishga xizmat qiladi. Dastlab tarqoq bo‘lgan, ba’zida esa alohida farazlar sifatida namoyon bo‘lgan g‘oyalar zamirida keyinchalik huquqiy davlatning izchil va yaxlit konsepsiyasi vujudga keldi. Uning asoschilari Dj. Lokk, I. Kant, V. Gumbold, G. Yellinek, K. Shmidt hisoblanadi. Mazkur allomalarning qarashlarida ayrim tafovutlar bo‘lsa-da, umuman olganda ular bir narsada 316 haqlar, u ham bo‘lsa, davlatning o‘zi huquqiy qonun-qoidalarga amal qilishi va buni ijtimoiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilaridan talab qilishi kerakligidan iborat. Huquqiy davlat nazariy konsepsiyasi qoidalarining bir qator davlatlarning amaliy faoliyatiga tatbiq etilishi konservativ kuchlarning qarshiligiga uchragan va uni yenggan holda davlat va jamiyat faoliyatining barcha jabhalarida chuqur o‘zgarishlar bilan iz qoldirgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling