O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Xo‘jalik-protsessual huquqi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Xo‘jalik-protsessual huquqi iqtisodiyot sohasida korxona
muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan 
huquqlarini xo‘jalik sudlarida ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu huquq tarmog‘ining asosiy manbai 
bo‘lgan Xo‘jalik-protsessual kodeksi 5 bo‘lim, 24 ta bob va 226 
moddadan iborat bo‘lib, 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan va 1998-yil 
1-yanvardan kuchga kirgan.
Jinoyat-protsessual huquqi sohasi respublika hududida jinoyat 
ishlarini yuritish tartibini, jinoyat protsessi ishtirokchilarining maqomi, 
vakolatlari, huquqlari hamda protsessual majburiyatlarini o‘rnatadi. 
Jinoyat-protsessual huquqi tarmog‘i qonuniylik, oshkoralik, odil sudlovni 
fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish, 
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolarning huquq 
va erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezumpsiyasi, protsessual 
harakatlar va qarorlar ustidan shikoyat qilish huquqi kabi prinsiplarga 
asoslanadi. Jinoyat-protsessual huquqining asosiy normativ-huquqiy 
hujjati bo‘lgan Jinoyat-protsessual kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ: ȸɡɛɟɤɢɫ-
ɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ
ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 22. 


 300
qilingan va 1995-yilning 1- aprelidan kuchga kirgan. Jinoyat-protsessual 
kodeksi 2 qism, 13 bo‘lim, 65 bob va 609 moddadan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimiga o‘tilishi 
qonun ijodkorligi va qonunchilikni rivojlantirishda, umuman milliy-
huquqiy tizimni takomillashtirishda sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab 
berdi. Ikki palatali parlament faoliyat boshlagandan buyon 312 ta qonun, 
shundan 110 tasi yangi qonun, 202 tasi harakatdagi qonunlarga o‘zgartish 
va qo‘shimcha kirituvchi qonunlar qabul qilingan. Bular ichida quyidagi 
e’tiborga molik qonunlarni e’tirof etib o‘tish maqsadga muvofiq: 
«Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi; 
«Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi; «Kredit uyushmalari to‘g‘risida»gi; 
«Avtomatlashtirilgan bank tizimi axborotini muhofaza qilish to‘g‘risi-
da»gi; «Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to‘g‘risida»gi; 
«Iste’mol krediti to‘g‘risida»gi; «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar 
to‘g‘risida»gi; «Mikromoliyalashtirish to‘g‘risida»gi; «Firma nomlari 
to‘g‘risida»gi; «Ipoteka to‘g‘risida»gi; «Hakamlik sudlari to‘g‘risida»gi; 
«Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi; «Nodavlat notijorat tashkilotlari 
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Homiylik to‘g‘risida»gi; «Bola 
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi 
va boshqa qonunlar.
Ikki palatali parlament 2010–2012-yillardagi chaqiriq davrida «Sud 
ekspertizasi», «Arxiv ishi», «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik 
va huquqbuzarliklarning profilaktikasi», «Rieltorlik faoliyati», «Axborot-
kutubxona faoliyati», «Raqobat» to‘g‘risida va boshqa qator qonunlarni 
qabul qildi.
Keltirilgan ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, qonunlar jamiyat hayotining 
barcha sohalari hamda masalalariga oiddir. Barcha qonunlarni 
O‘zbekiston Respublikasi oldida turgan muhim vazifalar, huquqiy islohot 
konsepsiyasi mazmuniga ko‘ra hamda mamlakat hayotining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy, mafkuraviy va boshqa jabha-
lariga ko‘ra tasniflash mumkin: 
1) siyosiy sohaga oid, shu jumladan, davlat mustaqilligining huquqiy 
asoslarini yaratish va rivojlantirish borasidagi qonunlar bo‘lib, ularga 
«Mustaqillik deklaratsiyasi» (1990-yil 20-iyun), «O‘zbekiston Respubli-
kasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi (1991-yil 31-avgust) 
qonun va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kiradi. Bulardan 
tashqari siyosiy tizimni, davlat organlari tuzilmasini takomillashtirish, 
respublika va mahalliy hokimiyat organlari maqomini belgilovchi 
qonunlar qabul qilindi. Bular: «Prezidentlik saylovi to‘g‘risida»gi (1991-y.); 


 301
«Oliy Kengash va mahalliy kengashlarga saylovlar haqida»gi (1993 va 
1994-y.); «Oliy Majlis to‘g‘risida»gi (1994-y.); «Vazirlar Mahkamasi» 
to‘g‘risidagi (1993-y.); Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi (1993 va 1995-
y.); «Sudlar to‘g‘risida»gi (1993 va 2000-y.); «Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (1993 va 1999-y.) va boshqa bir qator 
qonunlardir;
2) mamlakatda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini joriy etishga, yangi 
iqtisodiy tuzum insfrastrukturasini shakllantirishga qaratilgan qonunlar. 
Ular jumlasiga mulkchilik munosabatlariga oid, tadbirkorlik, tashqi 
iqtisodiy faoliyat, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyati-
ning kafolatlari to‘g‘risidagi, shuningdek mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish, birjalar va birja faoliyati, xo‘jalik 
shirkatlari, qimmatli qog‘ozlar bozori, monopolistik faoliyatni cheklash, 
sug‘urta faoliyati, sertifikatlashtirish, bankrotlik to‘g‘risidagi va boshqa 
qonunlar kiradi;
3) O‘zbekistonning davlat suverenitetini mustahkamlash, davlat 
hokimiyati organlarining tarkibiy tuzilishi hamda faoliyatini takomillash-
tirishga oid qonunlar. Mazkur qonunlar qatoriga O‘zbekiston Respubli-
kasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Davlat bayrog‘i, 
Davlat gerbi va Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi, mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risidagi, mudofaa va harbiy xizmat, fuqarolik, hokimiyat-
ning konstitutsiyaviy idoralarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi, Konstitutsiyaviy 
sud, Sudlar va Prokuratura to‘g‘risidagi qonunlar va hokazolar kiradi; 
4) moliya, kredit va yangi soliq tizimini shakllantirishga qaratilgan 
qonunlar. Bularga yuridik shaxslar va fuqarolardan olinadigan soliqlar, 
ya’ni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan 
ularni ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘imlar va bunday 
shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi 
va boshqa qonunlar kiradi; 
5) jamiyat hayotining ijtimoiy masalalarini tartibga soluvchi, 
shuningdek, madaniy-tarbiyaviy sohaga oid qonunchilik aktlari toifasiga 
tubandagilarni kiritish mumkin: yoshlarga oid davlat siyosati asoslari
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, aholini 
ish bilan ta’minlash, ta’lim, davlat sanitariya nazorati, sug‘urta, 
fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi, lotin yozuviga 
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish, aloqa to‘g‘risidagi qonunlar va 
boshq.; 
6) O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini vujudga keltirishga, 
demokratik tashkiliy institutlar hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini 


 302
kafolatlovchi qonunlar. Bunday qonunlar guruhi quyidagicha talqin 
etilishi mumkin: jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar, vijdon 
erkinligi va diniy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, jurnalistik 
faoliyatining kafolatlari, Respublikaning referendumi, kasaba uyushma-
lari va ularning huquqlari, jamiyatni axborotlashtirish, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
saylov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risidagi 
qonunlar, Mehnat kodeksi, Oila kodeksi va hokazolar; 
7) tabiatni huquqiy muhofaza etish davlatning muhim funksiyalaridan 
biri bo‘lib, sog‘lom ekologik muhit va musaffo tabiiy sharoit jamiyat 
hayoti, uning manfaatlariga bevosita daxldor sohadir. Shu bois davlatning 
mazkur masalalar bo‘yicha qabul qiladigan qonunlari maxsus toifa 
sifatida turkumlanishi lozim. Ushbu toifa qonunlar quyidagilardan iborat: 
alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, tabiatni muhofaza etish, suv va 
suvdan foydalanish, qimmatli va yo‘qolib borayotgan o‘simlik hamda 
hayvonlar turlarini muhofaza etishni kuchaytirish hamda ulardan 
foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi 
qonunlar, Yer kodeksi va boshqalar; 
8) mamlakatda mo‘tadil huquq-tartibotni va mustahkam qonuniylik 
muhitni ta’minlash borasidagi qonunlarga quyidagilar kiradi: transport 
vositalarini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish 
to‘g‘risidagi, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni 
kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunlar, Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual 
kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Xo‘jalik-protsessual 
kodeksi va boshqalar; 
9) mafkura va ma’naviy hayot sohasiga taalluqli qonunlar: Davlat 
mukofotlarini va faxriy unvonlarni ta’sis etish to‘g‘risidagi, bayram 
kunlari to‘g‘risidagi qonunlar. Albatta, yoshlar, ta’lim, madaniy 
meroslarni saqlash to‘g‘risidagi va shu kabi boshqa qonunlarni ham ushbu 
toifaga kiritish mumkin. Zero, ularning ma’naviyatimizga, g‘oyaviy 
tarbiya hamda mafkuraga, ya’ni dunyoqarashni shakllantirishga bevosita 
aloqasi bor; 
10) tashqi siyosat va chet davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy 
aloqalarni amalga oshirish borasidagi qonunlar: davlat boji, O‘zbekiston-
ning chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash 
hamda chaqirib olish tartibi to‘g‘risidagi qonunlar. Bulardan tashqari, 
parlament O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan tuzgan shartnomalarini 
tasdiqlash, shuningdek davlatimizning turli xalqaro tashkilotlariga a’zo 


 303
bo‘lish, Ahdlashuvlar va Konferensiyalarga qo‘shilishi to‘g‘risidagi 
qarorlarni ratifikatsiya qiluvchi qonun hujjatlarini ham nazarda tutish 
o‘rinli bo‘lar edi. 
Qonunchiligimiz rivojlanishidagi muhim tendensiya shundaki, 
ularning mazmuni va ruhi tobora insonparvarlashib bormoqda, o‘zida 
milliy xususiyatlarni, xalqning qonuniylik, odil sudlov va adolat 
to‘g‘risidagi tasavvurlarini ifoda etmoqda. Qonunlar xalqimizning boy 
tarixi, milliy-madaniy va ma’naviy qadriyatlariga asoslanmoqda. 
O‘zbekiston xalqaro davlatlar hamjamiyatining teng huquqli a’zosi 
sifatida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va prinsiplari-
ning ustunligini tan olgan. Shundan kelib chiqib, respublika qonunchili-
gining mazmuni xalqaro huquq talablari, prinsiplari va me’yorlariga 
muvofiqlashmoqda. 
Qonunchiligimizning mazmuni yangi mafkura – milliy istiqlol 
mafkurasiga va milliy axloqiy qoidalarga qat’iy tayanmoqda. 
Komil ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatda huquqiy davlat-
chilik sari borilayotgan, ko‘ppartiyaviylik asosida parlament demokra-
tiyasi qaror topib borayotgan sharoitda qonun chiqarish faoliyati ham, 
qonunchiligimiz ham ilg‘or demokratik yo‘nalishda boyib, rivojlanib va 
takomillashib boraveradi. 
Qonunchiligimiz qaysi ustuvor yo‘nalishda va qay tarzda 
rivojlantirilishi lozim, degan savolga eng umumiy tarzda quyidagicha 
javob berish mumkin. Fikrimizcha, birinchidan, ijtimoiy hayotning asosiy 
sohalariga, iqtisodiyotning ustuvor jabhalariga taalluqli ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni yaratishga e’tiborni qaratish; 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling