O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
2-§. O‘zbekiston Respublikasi milliy huquqiy
tizimining shakllanishi O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, mohiyati va mazmuni jihatidan tamomila yangi milliy huquqiy tizim shakllantirildi. Huquqiy tizim mamlakatimizda suveren davlatning qaror topishi va bosqichma-bosqich rivojlanib borishi barobarida unga muvoziy tarzda shakllandi. 293 Huquqiy tizim jamiyatda amal qiluvchi normativ tizimlar ichidagi eng murakkab hodisadir. Mamlakat huquqiy tizimi jamiyatdagi barcha huquqiy institutlar, normalar, prinsiplar, jarayonlarning o‘zaro aloqador bir butun yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, milliy huquqiy tizim muayyan davlatning ichki huquqi (barcha normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi), tarixi, iqtisodiy va siyosiy tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan huquq tizimi 1 , huquqiy mafkura, huquqiy madaniyat, huquqiy munosabatlar, huquqiy siyosat, huquqiy amaliyot kabilarni qamrab oluvchi doimiy harakatdagi rivojlanishdagi ijtimoiy-huquqiy voqelikdir. O‘zbekistonda huquq tizimini tashkil etuvchi an’anaviy va bir qator yangi huquq sohalari (tarmoqlari) qaror topdi va rivojlandi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: fuqarolik huquqi, mehnat huquqi, oila huquqi, yer huquqi, suv huquqi, ekologiya huquqi, moliya huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, fuqarolik-protsessual huquqi, xo‘jalik-protsessual huquqi kabi an’anaviy tarmoqlar, shuningdek, tadbirkorlik huquqi, bojxona huquqi, bank huquqi, soliq huquqi, xalqaro huquq kabi yangi huquq tarmoqlari. Milliy huquqiy tizimning normativ asosini Konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Mustaqil taraqqiyotimizning yigirma yili mobaynida 750 dan ziyod qonunlar, shu jumladan 6 ta konstitutsiyaviy qonun, 15 ta kodeks, 4400 dan ortiq Prezident farmonlari, 9600 ta Hukumat qarorlari va 2320 dan ortiq vazirliklar va davlat qo‘mitalarining normativ aktlari qabul qilingan. Yaratilgan qonunchilik hujjatlari jamiyatimizning siyosiy tizimi, shu jumladan davlat idoralari faoliyatini, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayoti sohasidagi muhim munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. Huquqiy tizimning o‘zagini 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil etdi. Konstitutsiya qabul qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov quyidagilarni ta’kidladi: «…oldin tasdiqlangan qonunlari- mizni ham yangi Konstitutsiya ko‘zi-nazari bilan qarab, boshqatdan ko‘rib chiqishimiz zarur, ularni tub islohotlar manfaatlariga moslashtirish lozim» 2 . 1 «Ԟɭԕɭԕ ɬɢɡɢɦɢ» ɜɚ «Ԟɭԕɭԕɢɣ ɬɢɡɢɦ» ɢɛɨɪɚɥɚɪɢɧɢɧɝ ɧɢɫɛɚɬɢ ɯɭɫɭɫɢɞɚ ԕɚɪɚɧɝ: Ⱦɚɜɥɚɬ ɜɚ ԟɭԕɭԕ ɧɚɡɚɪɢɹɫɢ. Ⱦɚɪɫɥɢɤ. – Ɍ., 2009. – Ȼ.329. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ – ɤɟɥɚɠɚɝɢ ɛɭɸɤ ɞɚɜɥɚɬ. – Ɍ., 1992. – Ȼ.44. 294 O‘zbekiston Respublikasining milliy huquqiy tizimi shakllanishining tarixiy xronologiyasi va dinamikasini yaqqol tasavvur qilish uchun qonunchiligimizning bosqichma-bosqich yaratilishi va rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ta’kidlab o‘tish lozim. Avvalo, respublikamizda mavjud barcha normativ-huquqiy aktlar Konstitutsiya asosida qayta ko‘rib chiqilib, isloh qilina boshlandi. Shu bilan birga, huquqiy tizimning barcha sohalari bo‘yicha yangi qonunlarni yaratish avj oldi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi o‘n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashi mustaqillik yillari mobaynida o‘n bitta sessiya o‘tkazdi. Parlament 1991-yilning avgust-dekabr oylarida – 13 ta qonun, 1992-yil davomida – 52 ta qonun, 1993-yilda – 53 ta qonun va 1994-yilda – 22 ta qonun qabul qildi. Shu chaqiriqda yaratilgan jami qonunlar soni 145 tani tashkil etib, ulardan 98 tasi yangi qabul qilingan qonunlar, 47 tasi esa amaldagi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kirituvchi hujjatlar edi. Yangi saylangan birinchi chaqiriq Oliy Majlis 1995–1999-yillar mobaynida o‘n beshta sessiya o‘tkazib, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 138 ta qonun, 468 ta qaror qabul qildi. Bu davrda 216 holatda amaldagi qonunchilikka qo‘shimcha, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritildi 1 . Birinchi chaqiriq Oliy Majlis, jumladan quyidagi muhim qonunlarni qabul qildi: O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘ri- sida, O‘zbekiston Respublikasining harbiy doktrinasi to‘g‘risida, Konsessiyalar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1995–1996-y.), O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995-y.), Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlan- tirish to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida, Davlat mukofotlari to‘g‘risida, Markaziy bank to‘g‘risida, Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida, Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida, Erkin iqtisodiy zonalar, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, Deputatlarni chaqirib olish, Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish, Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, Mualliflik va turdosh huquqlar, Noshirlik faoliyati, Buxgalteriya hisobi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari, Siyosiy partiyalar, Notariat, Advokatura, 1 Qarang: Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɧɢɧɝ 1999 ɣɢɥ 19 ɚɜɝɭɫɬɞɚɝɢ «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ ɜɚ ɭɧɢ ɪɚԟɛɚɪɢɹɬɢɧɢɧɝ 1995–1999 ɣɢɥɥɚɪɞɚɝɢ ɮɚɨɥɢɹɬɢ ɸɡɚɫɢɞɚɧ ԟɢɫɨɛɨɬɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ» 806–1 ɫɨɧɥɢ ԕɚɪɨɪɢ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢɧɢɧɝ ɚɯɛɨɪɨɬɧɨɦɚɫɢ. – 1999. – ʋ 9. – 203-ɦ. 295 Davlat uy-joy siyosatining asoslari, Atmosfera havosini muhofaza qilish, Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Tabiiy monopoliyalar, Axborot olish kafolatlari va erkinligi, Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish, Shahar yo‘lovchilar transporti, Ta’lim, Davlat bojxona xizmati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash, Ommaviy axborot vositalari, Fermer va dehqon xo‘jaligi, Chet el investitsiyalari, Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari, Davlat yer kadastri, Avtomobil transporti, Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozita- riylar faoliyati, Reklama, Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari, Lizing, Nodavlat notijorat tashkilotlar, O‘rmon to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Jinoyat- ijroiya kodeksi, Xo‘jalik-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodeksi, Yer kodeksi, Oila kodeksi, Uy-joy kodeksi va boshqa qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi 1999-yil 5- dekabrda saylandi hamda 2000-yil yanvaridan e’tiboran o‘z faoliyatini boshladi va mamlakatimiz qonunchiligini rivojlanishida o‘ziga xos muhim bosqichni tashkil etdi. U ikki yil mobaynida o‘nta sessiya o‘tkazib, 60 dan ziyod qonunlar qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis 2000–2004-yillarda qabul qilgan muhim qonunlardan ayrimlarini sanab o‘tamiz: «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘rida»gi; «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi; «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi; «Pochta aloqasi to‘g‘risida»gi; «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida»gi; «Psixiatriya yordami to‘g‘risi- da»gi; «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Sudlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda)»; «Qonun loyihalarining umum- xalq muhokamasi to‘g‘risida»gi; «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi; «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi; «Yuridik shaxslarning qurilish sohasidagi huquqbuzarliklari uchun javobgarligi to‘g‘risida»gi; «Prokuratura to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Mudofaa to‘g‘risida»gi; «Alohida yuklar va harbiy kontingentlarning tranziti to‘g‘risida»gi; «Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat- protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi; «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovarlarning kelib chiqish joylari to‘g‘risida»gi; «Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va muhofaza qilish to‘g‘risida»gi; «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi; «Mas’uliyati cheklan- gan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi; «Kredit 296 ittifoqlari to‘g‘risida»gi; «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi; «Fuqarolar- ning bankdagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun; «Davlat statistikasi to‘g‘risida»gi; «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi (yangi tahrirda); «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi; «Xalqaro shartnoma va bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi va boshq. Qonunchilikning muayyan tarmog‘ida kodeksning qabul qilinishi tegishli sohada alohida huquq tarmog‘i shakllanganligini anglatadi. Mamlakatimizda 1994–2008-yillar oralig‘ida 15 ta kodeks qabul qilinganligi tegishli huquq tarmoqlari qaror topib, ular o‘zining asosiy o‘zak qonuniga ega bo‘lganligini ifoda etadi. Masalan, fuqarolik huquqi tarmog‘ining bosh qonuni – Fuqarolik kodeksidir. U fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holati, intellektual faoliyati natijalari, ularning mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga soladi. Eng muhimi, ahamiyatlisi mazkur kodeks bozor iqtisodiyoti munosabatlariga poydevor vazifasini o‘tadi. Avvalo, Fuqarolik kodeksida xususiy mulk huquqi va uni muhofazalash mexanizmlari mustahkam- landi. Shuningdek, unda quyidagi fuqarolik-huquqiy institutlar qonuniy jihatdan rasmiylashtirildi: shaxs (jismoniy va yuridik shaxs)lar; bitimlar; vakillik va ishonchnoma; da’volar va ularning muddati; majburiyatlar; shartnomalar; meros va vorislik; ma’naviy zararni qoplash institutlari. E’tiborlisi shundaki, fuqarolik huquqi sohasida qator yangi mavzular, ya’ni ko‘chmas mulkni sotish instituti, renta va mulk ijarasi instituti, lizing (moliya ijarasi), qarz va kredit, bank omonati, tadbirkorlikni litsenziyalash, sug‘urta, xo‘jalik shirkatlari va firmalar tuzish, intellektual mulk va uni muhofazalash kabi yangi institutlar qaror topdi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling