O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Mehnat huquqi sohasi ham davr ruhiga mos tarzda shakllanib, unda 
liberallashish yo‘lidan borilayotgani namoyon bo‘ladi. Uning o‘zak 
qonuni – Mehnat kodeksi bu sohadagi qator an’anaviy va yangi 
institutlarni mustahkamladi. Jumladan, mehnat shartnomasi, ishsizlikni 
e’tirof etish va ishsizlik nafaqasi, ish beruvchi va xodimning huquqiy 
maqomi, mehnatga haq to‘lash, mehnat intizomi, mehnatni rag‘batlan-
tirish, xodimga yetkazilgan zarur uchun moddiy javobgarlik, mehnatni 
muhofaza qilish, ayollar mehnatining kafolatlari, ayollarga oilaviy 
vazifalarni bajarish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar, yoshlar mehnatining 
kafolatlari, mehnat nizolarini ko‘rish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, pensiya 
ta’minoti, xodimning mehnat huquqlarini sud tartibida muhofazalash kabi 


 297
institutlarni e’tirof qilish mumkin. Eng muhimi, mehnat munosabat-
larining zamonaviy huquqiy bazasi sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘zida aks ettirdi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilda qabul qilingan Oila 
kodeksi mamlakatimizda yangi, mustaqil oila huquqi tarmog‘i shakllan-
ganligini yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Ushbu huquq sohasi oilaning 
mohiyatini, uning ijtimoiy vazifasini ifodalab jamiyatning boshlang‘ich 
bo‘g‘ini sifatidagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarda fuqarolarning tengli
erkin va ixtiyoriy faoliyat yuritishi masalalarini tartibga solishga 
qaratilgan. Unda nikoh tuzish, er-xotinning huquq va majburiyatlari, 
oilada bola tarbiyasi, oilada mulkiy munosabatlar va ularning kafolatlari, 
farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari, fuqarolik (oilaviy 
holat) holati dalolatnomalarini qayd etish institutlari, shuningdek 
xalqimizning milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi yangi institutlar: nikoh 
shartnomasi, nikoh tuzuvchi taraflarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, yaqin 
qarindoshlar o‘rtasida nikohni taqiqlash hamda qon-qarindoshlik va 
bolalarning nasl-nasabini belgilash kabilar mustahkamlab qo‘yildi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling