O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Qoraqalpo-
g‘iston suveren demokratik respublikasi parlamentar boshqaruv shakliga 
ega bo‘lib, davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslangan
1
.
Respublikada umumiy rahbarlikni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi parlamenti Raisi 
amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 
Raisi Respublikaning eng yuqori lavozimli shaxsi hisoblanadi. Jo‘qorg‘i 
Kenges Raisi Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan uning deputatlari orasidan 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni oliy 
vakillik organi bo‘lgan Jo‘qorg‘i Kenges amalga oshiradi. Jo‘qorg‘i 
Kenges hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh 
yil muddatga saylanadigan deputatlardan iborat. Uning faoliyatini tashkil 
qilish va boshqa vakolatlarini amalga oshirish uchun Prezidiumi tuziladi.
1
Ԕɨɪɚԕɚɥɩɨԑɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɧɢɧɝ Ʉɨɧɫɬɢɬɭɰɢɹɫɢ. – ɇɭɤɭɫ, 2006.
– 11-ɦ.


 286
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organi – 
hukumati, Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Vazirlar Kengashi Jo‘qorg‘i 
Kenges tomonidan tuziladi va uning oldida hisobot beradi. Vazirlar 
Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, 
davlat qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. 
Vazirlar Kengashining Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. 
Mahalliy hokimiyat organlari. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy 
hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi (1992-yil 4-yanvar) 
qonuni mamlakatimizda mahalliy hokimiyatining ikki mustaqil organi, 
ya’ni vakillik va ijro organlari tizimini hamda joylarda yakka boshchilik 
asosida ish olib boruvchi hokim lavozimining joriy qilinishini belgilab 
berdi. Vakolat muddati 5 yil bo‘lgan hokimlik instituti joriy qilindi. 
Hokim bir vaqtning o‘zida ham ijro etuvchi, ham vakillik organining 
boshlig‘i hisoblanadi. 
Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda 
tegishli viloyat, Xalq deputatlari kengashlari, Toshkent shahar kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari tegishli 
tuman va shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari 
viloyat Kengashlari oldida hisobdordir. Viloyat, tuman va shahar 
hokimlari tegishli Xalq deputatlari kengashlari deputatlari ichidan 
tayinlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarining 
faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat 
hokimiyati to‘g‘risida»gi qonun hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan tartibga solinadi. Xususan, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasida mahalliy boshqaruv tuman va shaharlarda Xalq 
deputatlari kengashlari va ular tomonidan saylanuvchi hokimlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasida ma-
halliy hokimiyat organlari vazifalari mustahkamlangan. Mahalliy 
hokimiyat organlari quyidagilarni amalga oshiradi: 1) qonuniylikni, 
huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; 2) hududlarni 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirish; 3) mahalliy budjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlarni belgilash, 
budjetdan tashqari jamg‘armalarni hosil qilish; 4) mahalliy kommunal 
xo‘jalikka rahbarlik qilish; 5) atrof-muhitni muhofaza qilish; 6) fuqarolik 
holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; 7) normativ hujjatlarni qabul 


 287
qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid 
kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar. 
Hokimlar o‘z hududini iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlan-
tirishning asosiy yo‘nalish dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun 
tegishli Xalq deputatlari kengashiga kiritadi. Mahalliy hududni 
rivojlantirish borasidagi ishlarga rahbarlik qiladi. 
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida sanoat
qurilish, aloqa vositalari, qishloq xo‘jaligi sohalari, ijtimoiy va madaniy 
sohalarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi. Shu idoralarning 
rahbarlarini lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod qilish, ularning 
faoliyatini nazorat qilish, tegishli rahbarlarning hisobotlarini eshitish kabi 
vakolatlarga ega. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy sohani rivojlantirishga rahbarlik qilish bo‘yicha aniq vazifalari 
va vakolatlari joriy qonunlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda 
belgilangan. Ular mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, 
mahalliy soliqlar, yig‘inlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg‘armalarni 
hosil qilish vazifasi hududning iqtisodiy rivojlanishida, fuqarolarning 
turmush sharoitini yaxshilashda, davlat organlarini saqlab turishda zarur 
moddiy bazani vujudga keltiradilar. 
Mahalliy hokimiyat organlari o‘z hududida ijtimoiy hayotning barcha 
sohalariga tegishli masalalarni davlat va aholi manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda hal qiladi. O‘z vakolati doirasida Konstitutsiyaga zid 
bo‘lmagan qaror va farmoyishlar qabul qiladi. Mahalliy kengashlar o‘z 
qarorlarini kollegial asosda qabul qilsa, hokimlar yakkaboshchilik asosida 
qabul qiladi hamda ushbu qarorlar ularning hududida bajarilishi 
majburiydir. 
Mamlakatimiz hayotida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sining 105-moddasiga muvofiq, «Shaharcha, qishloq va ɨɜɭɥɥɚɪɞɚ,
shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi 
mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
ɛʆɥɢɛ, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning 
maslahatchilarini saylaydi». 
1999-yil 14-aprelda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida tub burilish 
yasadi, ya’ni qonunning 7-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tarkibiga kirmaydi deb 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab qo‘yildi. 


 288
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z faoliyatini hududiy 
prinsip bo‘yicha amalga oshiradi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarishi mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi. Fuqarolar-
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi fuqarolarning 
mahalliy ahamiyatga bog‘liq masalalarni mustaqil ravishda hal qilishini 
ta’minlashdir. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi 
qonunning 7-moddasi bilan ushbu organlar tizimi ko‘rsatib o‘tilgan: 1) 
fuqarolar yig‘ini; 2) fuqarolar yig‘inining kengashi; 3) fuqarolar yig‘ini 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar; 4) fuqarolar 
yig‘inining taftish komissiyasi hamda ma’muriy komissiyalardan iborat 
bo‘lib, ularning huquqiy holati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlangan. 
Fuqarolar yig‘inida mahalliy hududda yashovchi o‘n sakkiz yoshga 
to‘lgan fuqarolar qatnashish huquqiga ega. Fuqarolar yig‘inida qatnashish 
huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda 
yig‘in vakolatli hisoblanadi. 
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘ini raisi, yig‘in kengashi tomonidan 
zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. 
Shu bilan birga, fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar 
kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan 
va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir 
qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini muvofiqlashtirish 
respublika Oqsoqollar kengashi tomonidan amalga oshiriladi, shuningdek, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha viloyat, tuman, 
shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini 
kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining raisi tomonidan zaruratga 
qarab, lekin bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi hamda kengash 
a’zolarning uchdan ikki qismi mavjud bo‘lganida qabul qilingan qarori 
vakolatli hisoblanadi. 
Fuqarolar yig‘ini kengashi o‘z devoniga ega bo‘lishi mumkin, uning 
xodimlari soni fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi. 
Shaharga, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini va shahardagi mahalla 
fuqarolar yig‘ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun 
hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o‘zi ko‘rib chiqish uchun olish 
va hal qilish huquqiga egaligi belgilangan hamda ular vakolat doirasida 
boshqaruvga oid qator ishlarni amalga oshiradi (Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari to‘g‘risidagi qonunning 10-moddasi). 


 289

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling