O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Prezident. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz 
besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita 
saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs 
surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti mamlakat fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni 
saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Prezidentga uning davlat hokimiyati organlari tizimidagi nufuziga 
mos ko‘plab vakolatlar berilgan. U Oliy Majlisga har yili ichki va xalqaro 
ahvol xususida ma’lumotnoma taqdim etadi. Prezident vakolatlarini 
shartli ravishda 25 tadan ortiq deyish mumkin. Prezident o‘z vakolatlarini 
bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli 
emas.
Prezident hukumatni shakllantirib, bu masalani Oliy Majlisning 
tasdig‘iga kiritadi. Sud tizimida nomzodlarni taqdim etadi va ular Oliy 
Majlis Senati tomonidan saylanadi. Viloyatlar hokimlarini va Toshkent 
shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi, bu masalalarni 
tegishli Xalq deputatlari kengashining tasdig‘iga kiritadi. O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlarini imzolaydi. Faqat Prezidentgina butun 
respublika hududida favqulodda holat joriy etishga haqli. U qabul qilgan 


 282
qarorini uch kun mobaynida Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi. U respublika 
Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli 
Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi. 
Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, oliy harbiy 
unvonlarni beradi. 
Davlat boshlig‘i sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy boshpana berish, davlat 
mukofotlari bilan taqdirlash, afv etish to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish 
kabi masalalarni hal qilish kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga 
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun 
hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va 
farmoyishlar chiqaradi. 
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident 
umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi. 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling