O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublika-
sining ijro hokimiyati oliy organi – Hukumati hisoblanadi. 1993-yil 6- mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi barcha sohalarda markaziy boshqaruvni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining vakolati mamlakatning butun hududi doirasida ta’sir etadi. Uning faoliyati va vakolatlari respublika hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organidir. Ya’ni, u shunday organki, davlat funksiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishini, mamlakatda ma’muriy-siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasining bu xususiyati uning davlat boshqaruvi organlari tizimi yuqorisida turishini belgilab beradi. Ijro etuvchi hokimiyat organi o‘z faoliyatida kollegiallik, demok- ratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat 283 qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Hukumat boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining tuzilish tartibi Konstitutsiya va qonunda belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu holat qonunning 4-moddasida quyidagicha ifodalangan: «Bosh vazir va uning o‘rinbosalari, Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladilar va keyinchalik bu masala Oliy Majlis tasdig‘iga kiritiladi». Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus apparat tashkil etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining apparati va uning bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini ta’minlash maqsadida, uning doimiy tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda pul to‘lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, avvalo, Konstitutsiya bilan belgilangan. Shuningdek, «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 4-bobi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Preziden- tining farmonlari ham Vazirlar Mahkamasining vakolatlari doirasini belgilab beradi. Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini shartli ravishda quyidagi uchta katta guruhga ajratish mumkin: 1) xo‘jalik qurilishi sohasidagi vakolatlari; 2) ma’muriy-siyosiy sohadagi vakolatlari; 284 3) ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-siyosiy boshqaruv sohada juda keng vakolatlarga ega. Aynan Vazirlar Mahka- masi: – respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtirib boradi; – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi; – vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, – vazirlar, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari va bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; – O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinligini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi; – davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiq- lashtiradi; – O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi va ularni bajarish choralarini ko‘radi. Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy vakolatlari doira- sida: – iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilik- ning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi; – xo‘jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi, xalq xo‘jaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi; – O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx 285 siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; – respublika budjetini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy-madaniy sohalarda ham keng vakolatlar doirasiga ega. Xalq ta’limiga rahbarlik, ilmiy, madaniyat-ma’rifat ishlari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, mehnatni tashkil etish va kadrlar tayyorlashni tashkil etish ijtimoiy- madaniy sohadagi vakolatlari sirasiga kiradi. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta’minlash chora- tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi; sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini amalga oshirish, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari va Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan umummajburiy qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling