O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

ikkinchidan, siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy sohaning o‘ta 
muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha qonunlarni qabul qilish, ularni 
muntazam yangilab, takomillashtirib borish; 
uchinchidan, davlat idoralari huquqiy maqomini, siyosiy tizimning 
boshqa tarkibiy qismlari maqomini demokratiya va huquqiy davlatchilik 
prinsiplari asosida takomillashtirishga qaratilgan qonunlar chiqarish; 
to‘rtinchidan, inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
kafolatlash, ularga qat’iy rioya etish, ularni muhofaza etishga qaratilgan 
qonunlar yaratish va shu orqali jamiyatda mustahkam qonuniylik 
muhitini, chinakam demokratik huquqiy davlatni vujudga keltirishga 
ko‘maklashish. 
O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqarish amaliyoti puxta ilmiy 
zaminga asoslanishi shart. Qonunchilik faoliyatining barcha jihatlari 
huquqshunoslik nazariyasi tomonidan qayta mushohada etilishi, mustaqil 


 304
davlat qonunchiligining ilmiy konsepsiyasi vujudga keltirilishi lozim. 
Huquqshunoslik fani oldida turgan dolzarb vazifalardan biri qonunchilik 
mexanizmining hamma tarkibiy bo‘g‘inlarini chuqur tahlil etish va 
shunga doir ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Qonunlarning 
ilmiy «saviyasini» oshirish, sifatini yaxshilash jamiyatga huquq vositasida 
rahbarlik qilishning, uni boshqarishning ilmiy darajasini yuksaltirish 
imkonini beradi. Qonunchilikni takomillashtirish manfaatlari qonun 
yaratish faoliyatini huquqiy, ijtimoiy, ruhiy va tashkiliy tomonlarini 
hamda protsessual tartiblarini nazariy o‘rganishni talab etmoqda. Shu bois 
O‘zbekistonning yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish va 
qonunchilik jarayonini nazariy tadqiq etish o‘ta muhim siyosiy, ilmiy va 
amaliy ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini konstitutsiyaviy zamin 
asosida takomillashtirib borish, tub huquqiy islohotlarning yagona milliy 
konsepsiyasini yaratish lozim. Unda huquqiy islohotlarning maqsadi, 
vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari o‘z aksini topishi maqsadga muvofiq. 
Ushbu islohotning asosiy mazmuni, birinchidan, O‘zbekiston davlat 
mustaqilligining huquqiy (qonunchilik) bazasini vujudga keltirish hamda 
takomillashtirish lozimligidan, ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini qaror toptirishning huquqiy 
asoslarini yaratish zaruriyatidan, uchinchidan, demokratik huquqiy davlat 
va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish hamda fuqarolar huquq va 
erkinliklarini real ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqadi. 
Yuqoridagi maqsad va vazifalar asosida qonunchilikni rivojlanti-
rishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatish mumkin: 
siyosiy islohotlarni huquqiy ta’minlash – qonunchilik bazasini 
yaratish va takomillashtirish; 
iqtisodiy islohotlar, ya’ni bozor munosabatlari infrastrukturasini 
shakllantirishning qonunchilik asoslarini mustahkamlash
sud-huquq islohotlarining qonunchilik negizini vujudga keltirish va 
yanada rivojlantirish. 
Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish bo‘yicha talaygina qonunchilik 
hujjatlari qabul qilindi. Biroq qonunchilikni takomillashtirish uzluksiz 
jarayondir. Hayot qonunchilik oldiga o‘zining yangi-yangi talablarini 
qo‘yaveradi va qonunlar jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlariga mos ravishda 
yaratilib, muttasil rivojlanib boraveradi. 
Huquqiy tizimning shakllanishi va takomillashuvi uning tarkibiga 
kiruvchi boshqa elementlarning rivojlanishini nazarda tutadi. Mustaqillik 
yillarida jamiyatning ijtimoiy-huquqiy ongi, fuqarolarning huquqiy 


 305
madaniyati ham o‘sib, islohotlar davri bilan hamohang tarzda yuksalib 
kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidla-
ganidek, jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada 
amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, 
odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bog‘liqdir. 
Yuksak huquqiy madaniyat – demokratik jamiyat poydevori va huquqiy 
tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir
1
.
Shuningdek, milliy huquqiy tizimning boshqa bo‘g‘inlari, ya’ni 
huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar tizimi, yuridik fan, yuridik 
muassasalar, yuridik amaliyot, huquqiy munosabatlar tizimi va boshqalar 
ham izchil rivojlanib bormoqda. 
Shunday qilib, mamlakatimiz huquqiy tizimi demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyati qurishdek strategik maqsadlarga erishishga 
yo‘naltirilgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlab, istiqlol davri 
talablariga mos tarzda bosqichma-bosqich shakllanib, jamiyat yuksalishi 
barobarida takomillashib, mazmunan boyib va muntazam mukammal-
lashib borayotgan serqirra ijtimoiy organizmdir.
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢ-
ɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ (2010 ɣɢɥ 12 ɧɨɹɛɪɶ). – Ɍ., 2010. – Ȼ. 27. 


 306
XVII BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HUQUQIY DAVLAT 

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling