O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
partiya o‘z fraksiyasini tashkil etdi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
partiya o‘z fraksiyasini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisning 1996-yil 29-avgustdagi sessiyasida so‘zlagan «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» nomli ma’ruzasi mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga qo‘shimcha demokratik ruh bag‘ishladi. Islohotlarning shunday to‘lqinida Oliy Majlis 1996-yil 26-dekabrda «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunni umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qildi. Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2004-yil 30-aprelda «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida (1997-yil) fuqarolik jamiyati haqidagi ta’limotni quyidagi muhim qoidalar bilan boyitdi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini o‘zi kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi». Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir- birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart» 1 . 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. –Ɍ., 1997. – Ȼ.173 334 Shuningdek, mazkur asarda davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqaro oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. «Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda, – deb yozadi I.A. Karimov, – O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyali tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir» 1 . Davlatimiz rahbari 1999-yil 14-aprelida Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, demokratik islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Shu asosda 1999-yil aprelida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida» yangi tahrirdagi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risi- da»gi va boshqa qator qonunlar qabul qilindi. 1998-yil 28-dekabrida I ta’sis qurultoyida Fidokorlar milliy- demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1999-yil dekabrida saylangan Oliy Majlis tarkibida 34 nafar «Fidokorlar» Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling