O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
partiyasi a’zolari bor edi. 2000-yil 14-aprelda «Vatan taraqqiyoti»
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
partiyasi a’zolari bor edi. 2000-yil 14-aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» MDP qo‘shma qurultoy o‘tkazib, ular birlash- dilar. 2008-yil 20-iyunda «Fidokorlar» partiyasi va «Milliy tiklanish» partiyasi birlashuvi asosida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasi qaror topdi. Ammo bu bilan O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik shakllanishi nihoyasiga yetgani yo‘q. 2003-yil 15-noyabrda O‘zbekiston liberal- demokratik partiyasi (O‘z.Li.Dep) tashkil topdi. U tadbirkorlar, kichik biznes, o‘rta mulkdorlar, fermerlar partiyasi sifatida siyosiy maydonga chiqdi. Hozirgi kunda mamlakat parlamentida (2011-yil sentabr holatiga ko‘ra) to‘rtta siyosiy partiya – O‘z XDP, «Adolat» SDP, «Milliy tiklanish» va O‘z.Li.Dep. partiyalari fraksiyalari faoliyat olib bormoqda. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ XXI ɚɫɪ ɛʆɫɚԑɚɫɢɞɚ: ɯɚɜɮɫɢɡɥɢɤɤɚ ɬɚԟɞɢɞ, ɛɚɪԕɚɪɨɪɥɢɤ ɲɚɪɬɥɚɪɢ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɤɚɮɨɥɚɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1997. – Ȼ. 174. 335 Ma’lumki, fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va idoralar mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat yuritadi. Shu maqsadda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmalar – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (1996-y.) va Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti (1997-y.) tashkil topdi. 1997- yil 24-aprelda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, 1995-yilda ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha parlament vakilining faoliyati qat’iy huquqiy asosga ega bo‘ldi. Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalari salmoqli o‘rin tutadi. Islohotlarning dastlabki davrida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi (1991-y.). Respublikada ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va ularni qo‘llab- quvvatlash bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma ta’sis etildi (1996-y.) va sermazmun hamda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bir tomondan davlat vakolatli organlari va, ikkinchi tomondan, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan qisqa muddat ichida «Jurnalistik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1997-y.), «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi (1997-y.) va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga samarali joriy etib kelinmoqda. Keyingi o‘n yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi 1 . Fuqarolik jamiyati tuzilmalari qatorida aholining barcha qatlamlari o‘z vakilligiga ega bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra mamlakatda jamoat 1 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ: ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ɇɚɠɥɢɫɢ Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ ɩɚɥɚɬɚɫɢ ɜɚ ɋɟɧɚɬɢ- ɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ . – Ɍ., 2010. – Ȼ.30. 336 birlashmalarining, nodavlat-notijorat tashkilotlarining keng ko‘lamli tarmog‘i vujudga keldi va rivoj topib bormoqda. Masalan, mustaqil- likning dastlabki kunlarida O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkiloti, federatsiya tarkibida 21 ta tarmoq uyushmalari, jami 7, 5 milliondan ziyod a’zosi bor. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi qarori bilan O‘zbe- kiston Xotin qizlar qo‘mitasi tuzildi. Uning maqsadi ayollarni ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza etishni yanada kuchaytirish, ularning mehnat va ijod sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 1996-yil dekabrda Prezident farmoni bilan faxriylar Kengashi «Nuroniy» jamg‘armasiga aylantirildi. 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkor- larga, olimlar va ijodkorlarga ko‘maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi «Kamolot» jamg‘armasi ta’sis etildi. 2001-yil 25-aprelda Ta’sis qurultoyida O‘zbekiston yoshlarining «Kamo- lot» ijtimoiy harakati demokratik tashkilot sifatida tashkil topdi. U yoshlar manfaatini ifodalovchi institut tarzida fuqarolik jamiyati tizimida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘ldi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo‘llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida farmon qabul qilindi 1 . Bu hujjat mazkur tashkilot keng ko‘lamda faoliyat olib borishi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekiston Prezidenti «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi 1992-yil 12-sentabrdagi hamda «Mahalla» xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi 1992-yil 8-oktabrdagi farmonlari katta ijtimoiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. 1994-yil oxirida Respublikada 10 mingdan ziyod mahalla faoliyat olib bordi. Bugunga kelib mamlakat qishloq va ovullarida fuqarolarning 1436, shaharlarda 17 ta, mahallalarda 5402, shuningdek qishloq mahallalarida o‘zini-o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik tamoyillari asosida ish olib bormoqda. Mamlakatda 6 ming 955 ta yig‘in raisi va 60 mingdan ortiq maslahatchi saylandi. Mamlakatdagi fuqarolik jamiyatining ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutadigan voqea – 1994-yil 23-apreldagi «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident farmoni bo‘ldi. Hozirda mazkur markaz xalqimizning boy ma’naviy, madaniy merosi milliy va umuminsoniy qadriyat asosida ilg‘or g‘oyalarni yuzaga chiqarish, aqliy-ijodiy salohiyatni vatan istiqboli sari yo‘naltirish, 1 Qarang: ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2006. – 11 ɨɤɬ. 337 aholining ma’rifiy, ma’naviy yuksalishini ta’minlash ishiga xizmat qilmoqda. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning 2002-yil 29-avgustda bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi sessiyasidagi mamlakat Prezidentining «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» deb nomlangan ma’ruzasi 1 siyosiy-ijtimoiy hayotda katta voqea bo‘ldi. Mazkur dasturiy ma’ruzada, yurtimizda fuqarolik jamiyatini qaror toptirishning yetti ustuvor yo‘nalishini belgilab berildi. Bular, birinchidan, davlatimiz mustaqilligini asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Musta- qillikni, mamlakatimizni siyosiy jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, jamiyatni ma’naviy yangilash» mezoni deb bilish; Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling