O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
ikkinchidan, mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni, davlatimizning
hududiy yaxlitligini, sarhadlar daxlsizligini ta’minlash; uchinchidan, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish. Xususiy biznes va tadbirkorlikni muntazam rivojlantirish; to‘rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek oshkoralikni, jamiyatimizda amalga oshirilayot- gan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni amaliy hayot mazmuniga singdirish; beshinchidan, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti sifatida jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining mavqei va ahamiyatini keskin kuchaytirish. Nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish fuqarolarning xususiy hayoti sohasiga davlat aralashuvini kamaytirish, qonun vositasida cheklash bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishda jamoatchilik nazorati alohida o‘rin tutadi. Qonunlar ijrosini ta’minlash, me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi; oltinchidan, sud- huquqiy tizimni isloh qilish. Bu sohadagi eng muhim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini amalda ta’minlashdir. Sudlar tom ma’noda mustaqil bo‘lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so‘zsiz ta’minlanadi. Qayerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar. «Qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, fuqarolik jamiyati haqida so‘z 1 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ȼɢɡ ɬɚɧɥɚɝɚɧ ɣʆɥ – ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɜɚ ɦɚɴɪɢɮɢɣ ɞɭɧɺ ɛɢɥɚɧ ԟɚɦɤɨɪɥɢɤ ɣʆɥɢ. Ɍ.11. – Ɍ., 2003. –Ȼ.23. 338 yuritishga hech qanday asos qolmaydi» 1 ; yettinchidan, islohotlarni inson manfaatlariga bo‘ysundirish. Ularga baho berishda asosiy omil va mezon inson ekanligini yodda tutish. Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasini yanada takomilashtirishda I.A. Karimovning 2005-yil 28-yanvarda parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasi alohida ahamiyat kasb etdi. Unda respublika Prezidenti shunday deydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan izchil va qat’iyat bilan borishdir» 2 . Mazkur ma’ruzada mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirar ekan, birinchi muhim vazifa – o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Ikkinchidan – siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish, zarurligini ko‘rsatdi. Ushbu vazifalarni hal etishda 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘p partiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi siyosiy Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling