O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
partiyali tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy poydevor yaratilgan
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
partiyali tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy poydevor yaratilgan. Avvalo, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan quyidagi norma: «O‘zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi» (12-modda), mamlakatda siyosiy plyuralizm, ko‘p partiyaviylik tizimi qaror topishiga huquqiy asos yaratdi. Bu davrda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishiga ko‘maklashuvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1991-y.), «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi (1991-y.), «Kasaba uyushmalari va ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-y.) kabi qonunlar ham amal qila boshlagan edi. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, har kimga kasaba uyushmalariga, siyosiy partiya va jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish huquqi kafolatlanadi. Yaratilgan mo‘tadil huquqiy maydon tufayli mamlakatda ko‘p partiyaviylik qaror topa bordi. Jumladan, 1991-yil 1-noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi. U demokratik islohotlarni jadallashtirishga moyil so‘l siyosiy kuch sifatida faoliyat ko‘rsatib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismlari manfaatini ifoda etadi. Istiqlol yillarida siyosiy kuch sifatida «Vatan taraqqiyoti» partiyasi tashkil topdi. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Partiya mamlakatdagi barcha millat va elatlar, ziyolilar, ishbilarmonlar hamda o‘rta tabaqa mulkdorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosiy tashkilot sifatida yuzaga keldi. O‘tgan asrning saksoninchi yillari oxirida sobiq Ittifoqda vujudga kelgan ijtimoiy vaziyat va demokratiya o‘yinlari natijasida O‘zbekistonda «Erk» demokratik partiyasi paydo bo‘lgan edi. Uning rahbari 1991-yil 29- dekabrda muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtirok etib, atigi 10 % ga yaqin ovoz olgan. XDP nomzodi bo‘lgan I.A. Karimov esa 86 % ovoz olib Prezident etib saylangan edi. 333 O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi o‘zining 1995-yil 18-fevralda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida rasmiylashdi. U demokratik jarayonlarni jadallashtirish, adolatli, ma’rifiy fuqarolik jamiyatini qurishda faol ishtirok etish maqsadlarini ko‘zlab maydonga keldi. 1995-yil 3-iyunda o‘tgan qurultoyda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashkil topdi. Mazkur partiya asosan ziyolilarga tayanadi. U millatning ma’naviy birligi, milliy qadriyatlarni qayta tiklash g‘oyasi ostida uyushdi. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 25-dekabri va 1995-yil 8 hamda 25-yanvardagi saylovlarida demokratik yo‘l bilan shakllangan parlamenti – Oliy Majlis ilk bor ko‘p partiyaviylik asosida saylandi. Uning tarkibida XDP dan – 69 deputat, «Adolat» SDP dan – 47 deputat, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan – 14 deputat bo‘lib, har bir siyosiy Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling