O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
2-§. Chingizxon «Yasog‘i» – asosiy huquq manbai
O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida huquqning asosiy manbalari qatorida Chingizxon yusunlari bilan birga o‘troq aholi yashaydigan hududlarda shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi hududida odat huquqi normalari amal qilgan. Ulkan davlat tuzgan Chingizxon bu davlatning ichki mustahkamligini ta’minlab turishda qonunlarning ahamiyati katta ekanligini tushungan, bu holat uning bitiklarida o‘z aksini topgan. 1206-yilda Yoso qonuni qabul qilindi. Bu huquqiy qoidalar to‘plami shaxsan Chingizxon tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Chingizxonning aytishicha, uning davriga qadar o‘g‘rilik, vahshiylik, talonchiliklar, tartibsizliklar, xiyonat va jirkanch illatlar oddiy bir hol bo‘lgan. Farzandlar ota-onalariga itoat etmas, yoshlar kattalarga quloq solmas, erlar xotinlariga ishonmas, xotinlar erlariga bo‘ysunmas, qaynona kelinni va kelin qaynonani hurmat 140 qilmasdi, boylar kamabag‘allarga yordam bermas edi. Chingizxon bu ishlardan nafratlanadi, o‘zi bosh bo‘lgan mamlakatda qattiq tartib intizom o‘rnatishni maqsad qiladi. Shu boisdan ham «Yaso» qonunida bunday tartib intizomning huquqiy qoidalari ishlab chiqilgan. Unda mulkiy tengsizlik ko‘zga tashlanib, hukmron tabaqa tarhon- larga katta imtiyozlar berilgan. Ko‘chmanchi yoki yarim ko‘chmanchi aholi o‘rtasida tuman va uluslarda ayniqsa, aholi o‘z urf-odatlari, qabila urug‘chilik an’analariga qat’iy amal qilib kelganlar. Shu boisdan ham Chingizxon Yaso qonunlari xususiyatlarini o‘zida singdirgan. Odat huquqi mazkur yerlarda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, xususan harbiy hizmatni o‘tash, sha’nu- sharaf, izzat-nafs, chorvani o‘g‘irlash, kelin o‘g‘irlash, qalin to‘lash, qarindoshlarni o‘ldirganlik uchun qasd olish kabi nizolarni muhokama qilish va hal etishda taomilga asoslangan holda qo‘llanilgan. Yasoni tuzishdan maqsad markazlashgan mo‘g‘ul davlatini tuzishdan iborat edi. Unda davlat huquqi, harbiy qurilish, davlat boshqaruvi, beklar, noyonlar va amaldorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga oid qoidalar, jinoyat, fuqarolik, sud yuritish, jazo va uning turlariga, oila-nikoh va mulkka tegishli me’yorlar to‘planib metall taxtalarga o‘yilib yozilgan va har safar yangi xonni saylash vaqtida e’lon qilingan. Yasoning 33 parchasi hamda Chingizxonning davlat boshqaruvi, harbiy ishlar, jinoyat va jazoga oid 27 nutqi – biliklari, parchalar tarzida bizgacha yetib kelgan. Har bir yangi saylangan xon birinchi navbatda o‘zi «Yaso»ga qat’iy rioya qilish to‘g‘risida qasam ichishi lozim bo‘lgan. Xalqqa «Yaso»ga xiyonat qilgan xonni taxtdan ag‘darish va uni umrbod qamoq jazosiga solish huquqi beriladi. Yusunlarda osmon va yerni yaratuvchi, hayot va o‘lim, boylik yoki kambag‘allik beruvchi, ibodatlarimizni qabul qiladigan yoki qilmaydigan yagona xudoni tan olish haqida qoida mavjud. Unga ko‘ra islom dini boshliqlari qalandarlar, qorilar, darveshlar, so‘filar, yuvg‘uvchilar, zohidlar, gadolar, qozilar, tabiblar soliq to‘lash, og‘ir ishlardan va jamoat ishlaridan ozod qilinadilar. Urushlar davrida ayollarning gunohi afv etish lozimligi belgilandi. O‘g‘rilarga nisbatan qattiq jazo tartiblari joriy qilingan. Agar o‘g‘ri chorvani o‘g‘irlasa, u chorva haqqini to‘qqiz barobar to‘lashi lozim. To‘lash imkoniyati bo‘lmasa, o‘g‘rining farzandlari asoratga solinishi, farzandlari va mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda esa u o‘lim jazosiga mahkum etilardi. 141 «Yaso»da mo‘g‘ullar ongiga urush olib borishning yalpi qirg‘in uslubini singdirish faxrli ish ekanligi alohida ta’kidlanadi. Umuman olganda, o‘lim jazosi mo‘g‘ul harbiy-feodal davlati tuzumini mustahkamlashning birdan-bir samarali vositasi hisoblangan. Jumladan, fohishalar, poraxo‘rlar, yolg‘onchilar, suv va olovni haqoratlaganlar uchun hamda sutni yerga to‘kkanlik uchun o‘lim jazosi belgilangan. Ayniqsa, qo‘shinni mustahkamlash va unda tartib intizomni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘lim jazosi keng qo‘llanilgan. Xonning buyrug‘ini bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xon buyruqlari uning ixtiyoridagi amaldorlar tomonidan bevosita tumanbegilarga va qabila boshliqlariga yetkazilgan. Boshliqlarga o‘zga boshliqqa tobe jangchilarni qabul qilish qat’iyan taqiqlangan. Belgilangan joyga qo‘yilgan har bir boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham ruxsatsiz o‘z joyidan keta olmas, o‘z navbatida boshqalar ham undan yordam kutishga haqlari yo‘q edi. Bu qonunni buzish o‘lim bilan jazolangan. Maxsus buyruqsiz dushmanni talon-toroj qilish ham o‘lim bilan jazolangan. U yoki bu mamlakatga urush ochish va qo‘shin tortib borish masalasini faqat qurultoy hal qilar edi. Yaso ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun harbiylar tomonidan, ayniqsa, harbiy amaliyotlar davrida taqiqlangan 36 xil harakatdan 13 tasiga o‘lim jazosi berish belgilangan. Jumladan, boshliqqa itoatsizlik, belgilangan joyga qo‘yilgan boshliqning o‘z o‘rnini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi, o‘z boshlig‘ining buyrug‘ini bajarmaslik, jang vaqtida qochish, kelishmay turib chekinish, sotqinlik va xoinlik, qochoq qulni egasiga qaytarmaganlik hamda asirga olingan kishiga asirga oluvchining ijozatsiz yordam berish kabi jinoyatlarga bir jazo – o‘lim jazosi berilgan. Bulardan tashqari, ayg‘oqchilar, soxta guvohlik beruvchilar, jodugarlar, axloqsizlar, tabiatni ifloslantiruvchilar, vazifasidan foydalanib pora oluvchilar, fohishalar va unga dalolatchilarga nisbatan ham o‘lim jazosi tayinlangan 1 . Mol-mulkka qarshi qaratilgan jinoyatlardan mayda o‘g‘rilik uchun o‘g‘irlangan narsaning uch baravari (ba’zi hollarda 9 baravari) miqdorida jarima undirish, agar uni to‘lay olmasa, 7–700 martagacha qamchi bilan urish, ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik uchun esa o‘lim jazosi belgilangan. 1 Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003. – Ȼ. 139. 142 Mo‘g‘ullarning jinoiy jazo siyosatida amal qilgan din – buddaviylik huquqiy mafkurasining ta’siri sezilib turadi. Masalan, yolg‘on ko‘rsatma berganlik, suv va o‘t (yaylov)ni ifloslantirganlik hamda muqaddas ichimlik hisoblangan sutni yerga to‘kkanlik uchun qatl etish jazosi tayinlangan. Yaso qoidalariga ulug‘ xonlari, ayniqsa, Chig‘atoyxon qattiq amal qilgan. Ba’zi hollarda ularning o‘zlari ham bu qoidalarning benuqson bajarilishi uchun buyruqlar chiqarganlar. Yaso qonunlar Mo‘g‘ullar hukmronligi tarkibida bo‘lgan barcha hududlarda, jumladan Oltin Urda doirasida ham qo‘llanilgan. Ammo o‘zbekxon davrida mo‘g‘ullar yoppasiga islom dinini qabul qilib, o‘zlari turklashib ketganlar. O‘sha davrdagi o‘zbek tili – turk-chig‘atoy tili Oltin O‘rda adabiy muhitda, shuningdek, davlat ishlarini yuritishda ham shakllana borgan. Binobarin, mazkur xonlikda Yaso qonunlaridan ko‘ra shariat huquqi asosiy huquq manbaiga aylangan 1 . Sud tizimi borasida shuni aytish mumkinki, Oltin O‘rda yoki bu davrda Chig‘atoy ulusining tarkibiga kirgan hozirgi O‘zbekiston hududida sud ishlarining tashkil qilinishi masalalariga doir manbalar yoki maxsus bir asar hozirgi kunga qadar ma’lum emas. Dastlabki vaqtlarda, ya’ni jamiyatning yuqori tabaqasi musulmon dinini qabul qilmagan va mo‘g‘ullar hokimiyati musulmonlashmagan davrlarda mo‘g‘ullarga taalluqli ishlarda sud yuritish Yasoga asoslangan. XIV asrning 30-yillarida Oltin O‘rdaning eng madaniy o‘lkasi – Xorazmning poytaxti Urganchga borgan arab sayyohi Ibn Batutta o‘z esdaliklarida Oltin O‘rdaning Xorazmdagi noibi Qutlug‘ Temurxonning qabul marosimida bo‘lib sud masalalari xususida quyidagilarni yozib qoldirgan: «Bu amirning adolatlaridan biri shuki, har kuni qozi uning qabulxonasiga keladi va o‘ziga ajratilgan kursiga o‘tiradi, uning bilan birga faqihlar va kotiblar keladilar. Qozining ro‘parasiga amaldorlardan biri o‘tiradi, uning qabulida org‘uchi (yorg‘uchi) deb ataladigan sakkizta amir va turk shayxlari ham ishtirok etadilar. Odamlar ularning huzuriga sudlashish uchun keladilar. Diniy ishlarga taalluqli janjallarni qozi hal qiladi, boshqa ishlarga shu amirlar yechim topadilar. Ularning qarorlari aniq va adolatlidir» 2 . Professor Z. Muqimovning fikri mazkur shahodatlarni dalolatlaydi, ya’ni quyidagi xulosalarni ilgari suradi: sud ishlari markazda bevosita xon 1 Qarang: ɆɭΙɢɦɨɜ Ɂ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɞɚɜɥɚɬɢ ɜɚ ԟɭԕɭԕɢ ɬɚɪɢɯɢ. – Ɍ., 2003. – Ȼ. 140. 2 Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling