O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ɏɚɥԕɢɦɢɡ ɛɨɪ ɷɤɚɧ, Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ɧɨɦɢ ɛɚɪԟɚɺɬɞɢɪ// əɧɝɢɱɚ
ɮɢɤɪɥɚɲ ɜɚ ɢɲɥɚɲ – ɞɚɜɪ ɬɚɥɚɛɢ. Ɍ.5. –Ɍ., 1997. – Ȼ.166–167. 146 ushlanglar, shundagina men kabi podshohlik tizginini mustahkam tutgaysizlar. Shu yo‘l bilan men Turon va Eronni muxoliflar va mufsidlardan tozaladim, adolat va ehson orqali obod etdim. Agar mening vasiyatlarimga amal qilgudek bo‘lsangiz, adolat va himmatni o‘zingizga maqsad qilib olsangiz, davlat va mulk uzoq yillar davomida siz bilan qolgay. Agar oralaringda bir qadar qarama-qarshilik yuz bergudek bo‘lsa, bilingki, uning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki (bunday sharoitda) dushmanlar fikrini fisqu fasod qamrab oladi va (bu sizlar uchun ko‘plab kutilmagan) qiyinchiliklarni tug‘diradi. Rivoyat qilishlaricha, Tarag‘ay Bahodir kunlarning birida g‘alati tush ko‘radi. Tushida bir nuroniy odam uning qo‘liga qilich tutqazadi. Islomga e’tiqodi kuchli bo‘lgan Tarag‘ay ertasiga bomdod namozidan keyin piri- shayx Shamsuddindan ko‘rgan tushining ta’birini so‘raydi. Shayx unga «sen o‘g‘il ko‘rasan, bu o‘g‘lon dunyoni zabt etadi», deydi. Chindan ham oilada o‘g‘il tug‘iladi. Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to‘g‘risida Ibn Arabshoh- ning quyidagi iboralari g‘oyatda asoslidir: «Amir Temur jismu jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo‘yli, go‘yoki qadimgi pahlavonlar avlodlari misoli bo‘lib, boshi katta, g‘oyatda kuchli va salobatli, ajoyib bo‘lalik, oqish yuzini och qizil rang jonlantirgani bilan hech bir dog‘siz, bug‘doyrang emas. Qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, pochalari go‘shtli, bo‘yi basti kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli ikki shamdek bo‘lsa-da shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi, u o‘limdan qo‘rqmas, yoshi saksonga yetgan bo‘lsa-da iztirobsiz, vazmin, badani to‘la va pishiq bo‘lib, go‘yo zich tosh misoli qattiq edi. U hazil-mazax va yolg‘onni yoqtirmas, o‘yin-kulgi-yu ko‘ngil xushlikka maylsiz, garchi unda o‘ziga ozor yetadigan biron so‘z bo‘lsa ham haqiqat (to‘g‘ri so‘zlik) unga yoqar edi. U bo‘lib o‘tgan ishga aziyat chekmas va qo‘lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi» 1 . Manbalarda Amir Temurning quyidagi shaxsiy fazilatlari keltiriladi: ma’rifatparvarlik, insonparvarlik, donishmandlik, raiyatparvarlik, adolatparvarlik, kechirimlilik, rahmdillik, olijanoblik, mardlik, bahodirlik, qattiqqo‘llik, irodalilik, jasoratlilik, sobitlik, vazminlik, chidamlilik, sabr- bardoshlik, insoflilik, mehribonlik, muruvvatpeshalik. Amir Temur tarixan o‘ta murakkab vaziyatda XIV asrning 60- yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Bu davrda mo‘g‘ul hukmdorlari o‘rtasida toju taxt, davlat va mol-dunyo uchun bo‘lgan kurashlar 1 ɂɛɧ ȺɪɚɛɲɨΣ. Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ɬɚɪɢɯɢ. 2-ɤɢɬɨɛ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 62. 147 kuchayib, Chig‘atoy ulusida feodal tarqoqlik avj oladi. Movarounnahr hududida o‘ntacha mustaqil bekliklar vujudga keladi. Shahrisabzda Hoji Barlos, Xo‘jandda Boyazid Jaloyir, Balxda Amir Husayn, Shibirg‘onda Muhammad Aperdi Nayman, Ko‘histonda Amir Sotilmish, Arhang Saroyda O‘ljoy Aperdi va boshqalar o‘zlarini hokimi mutlaq deb hisoblashardi. Shu boisdan ham feodal tarqoqlikka barham berish, markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish, mo‘g‘ullarning istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi kuchayib borar edi. Xalqning ana shu istak va orzusini birinchilar qatorida tushungan mahalliy amirlardan biri Amir Temur edi. Amir Temur dastlab Shahrisabz bekligida hokimiyatni egallagan tog‘asi Hoji Barlos yonida yelkadosh sifatida yuradi. So‘ngra 1361-yilda Mo‘g‘uliston (Jete) xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrdaligi paytida uning xizmatiga kirib, o‘z maslahatlarini beradi. 1365-yilda Tug‘luq Temurning o‘g‘li Ilyosxo‘ja Movarounnahrga yurish qilishi va bunda mahalliy aholi mudofaasi – sarbadorlar harakati ustun kelishi tufayli Amir Husayn bilan birga Amir Temur Samarqandga keladi. Hukmron Amir Husayn o‘zi Balxga, ya’ni Xurosonga ketib, o‘rniga Amir Temurni qoldiradi. 1370-yilda Balx (Amir Husayn hokimligi)ni egallab, poytaxti Samarqandda bo‘lgan Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. 1370–1371-yillarda Farg‘ona, O‘tror, Yassi, Toshkent, Hisor, Badaxshon, Qunduz bo‘ysundiriladi. 1381-yilda Hirot, Seiston, Mozondaron, Saraxs, Sabzavor egallanadi. 1371–1389-yillarda jami 7 marta yurish qilib Mo‘g‘uliston hukmdori Amir Qamariddin qo‘li ostidagi Movarounnahrning Sharqiy va Shimoliy hududlari (Farg‘ona, Shibirg‘on viloyati, Qashg‘ar, Issiqko‘l va Yettisuv) bosib olinadi. 1371, 1373, 1375, 1379, 1388-yillarda Xorazmdagi so‘fiylar sulolasini yengib, Xorazm qo‘shib olinadi. 1386–1388, 1392–1396, 1398–1404-yillarda Eron, Kavkaz orti hududlari, Shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq yerlari, Kichik Osiyoning ko‘pgina qismi bosib olinadi. Shu tariqa 1361–1404-yillarda Amir Temur davlati hududiy jihatdan kengayib boradi. Sohibqironning ta’biri bilan aytganda, saltanat 27 o‘lka (jumladan, Turon, Oltin O‘rda va h.k.)dan tashkil topadi. Amir Temur davlati o‘z davrida dunyoning ko‘p qismiga ega saltanat sifatida dunyoning qudratli davlatlari tomonidan tan olinadi. Yevropaning Fransiya, Angliya, Ispaniya davlatlari bilan iqtisodiy, diplomatik aloqalar olib boriladi. Temur juda ko‘p jangu jadal, tadbirkorlik bilan kuchli davlat barpo eta oldi. Temur davlatining siyosiy tizimi o‘sha davr ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy holatiga mos kelardi. 148 Temur davrida markazda va joylarda xon boshchiligida ɦɭɣɹɧ davlat boshqaruv apparati tuzildi. Boshqaruv tizimi ikkiga: dargoh va devonlarga (vazirliklar) bo‘lingan. Dargoh – eng oliy davlat idorasi. Uning boshlig‘i o‘zida vaqtning o‘zida davlatning oliy hukmdori hisoblanadi. Amir Temur davlat tepasiga kelgandan so‘ng chingiziylardan bo‘lmish Suyurg‘atmishni xon, ya’ni oliy hukmdor deb e’lon qilgan. Suyurg‘atmish «soxta xon» mavqeida bo‘lib, amaldagi hokimiyat Amir unvonidagi Sohibqiron ixtiyorida bo‘lgan. Mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar uning hukmi va ko‘rsatmasi asosida hal etilgan. Shu bilan birga, muhim davlat masalalari kengashda hal etilib, dargohda vaqti-vaqti bilan kengaytirilgan va qisqartirilgan tartibda majlislar o‘tkazilib turilgan. Katta kengashda mamlakat hayotiga molik umumiy masalalar haqida kelishib olingan. Kichik kengashda davlat va idorasi faoliyati, yurtda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar muhokamasi, muhim mansab va vazifalarga tayinlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. U g‘oyatda tor doirada o‘tkazilib, davlat ahamiyatiga molik masalalarning chetga ayon bo‘lishidan nihoyatda saqlanilgan. Kengashlarda amirning qarindoshlari, oliy din vakillari, bosh amir, beklar-begi, amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, oliy mansabdor shaxslar, vazirlar, devonbegi va boshqalar ishtirok etgan. Majlis bayoni maxsus kotib tomonidan daftarga tushirib borilgan. Aftidan, keyingi majlislarda ana shu bayon asosida ilgari qabul qilingan qarorlar, turli choralar natijalari tekshirilgan. Dargoh, vazirliklar, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini Oliy Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling