O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
-§. «Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAYBONIYLAR DAVLATI VA HUQUQI. O‘ZBEK
2-§. «Temur tuzuklari» – muhim tarixiy-huquqiy manba
Mashhur «Temur tuzuklari» Amir Temur tomonidan yaratilgan bo‘lib, XVII asrda Hindistonda Bobur avlodlari uni turkiy tildan fors tiliga tarjima qilganlar. 1783-yilda fors tilidan ingliz tiliga, so‘ngra fransuz tiliga va 1894-yilda I. Ostroumov tomonidan «Temur tuzuklari» nomi bilan rus tiliga o‘girilgan. Tuzuklarning asl nusxasi hanuzgacha topilmagan. Temur tuzuklari XIV asrning ikkinchi yarmi, ya’ni 1342–1405- yillarga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni bayon etadi. Amir Temur saltanati, davlat tuzumi, boshqaruvi, sud tizimi va uning boshqaruviga oid muhim qoidalar va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi tarixiy hujjatdir. Qisqacha aytganda, o‘zining mazmun-mohiyati va xususiyatiga ko‘ra o‘z davrining harbiy-ma’muriy huquq kodeksi hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Temur va temuriylar davrining huquq manbalari qatoriga Temur tuzuklari bilan birga o‘troq aholi hududlarida shariat qonunlari va odat huquqini ham kiritish, ularning ham amal qilganligini eslash o‘rinlidir. Temur tuzuklarini mazmuni va tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. «Temur tuzuklari»ning birinchi qismi – harbiy yurishlar haqidagi tarixiy, geografik-avtobiografik qaydlardan iborat. Shuningdek, unda Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish, mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish bobidagi rejalari va tatbiq etgan tuzuklari hamda maxsus jadvallar asosida qo‘shinning jangovar saflanish tartibi ham ko‘rsatib berilgan. Jumladan, qo‘shin qo‘mondonlari, qabila va uluslar boshliqlari, vazirlar, oliy ruhoniy namoyandalar bilan markazlashgan davlat tuzish borasidagi o‘tkazilgan kengash va tadbirlar bayon etiladi. Binobarin, Amir Temur qo‘shinni – davlatning yaxlitligi va qudratini belgilovchi tayanchi va kafolati, deb bilganligi bois, uni tashkil etish va mustahkamlashga asosiy e’tiborni qaratgan. «Temur tuzuklari»ning ikkinchi qismi – o‘ziga xos harbiy nizomdan iborat. U kuchli davlatni qurish, qo‘shinni tashkil etish, dushman qo‘shinini yengish hamda tinchlik davrida va harbiy yurish paytidagi boshqaruv masalalari yuzasidan amalga oshirilgan va keyingi avlodga o‘git tariqasida aytilgan tuzuklardan tashkil topadi. Chunonchi, mazkur davrda feodal tarqoqlik va o‘zaro janjallarga barham berish, mustahkam hokimiyat o‘rnatish hamda mahalliy hokimlarning o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yish, aholidan olinadigan 155 soliqlar va majburiyatlarning aniq miqdorini belgilab qo‘yish talab etilgan. Natijada, davlat boshqaruvini tashkil etish va odil sudlovni amalga oshirishga jiddiy ahamiyat berilgan. Unda quyidagi masalalar, jumladan: davlat daxlsizligini muhofaza qilish; hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi va mustaqilligi; vazirlarning majburiyati va vazifalari; ulus amirlari va tuman hokimlarining vazifalari; davlat kengashi; davlat xavfsizligi, jamoat tartibi va mamlakat osoyishtaligini saqlash; aholidan olinadigan soliq (xiroj va zakot)larning miqdorini belgilash; qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimini oshirish, rag‘batlantirish va ularga maosh belgilash; vazirlar, amirlar va sipohiy (harbiy askar)larning shahar- lar, viloyatlar va mamlakatlarni zabt etishda ko‘rsatgan jonbozliklarini rag‘batlantirish; qo‘shinning harbiy yurish va janglarda joylashuvi va uning ajratib turuvchi alohida belgilar kabi masalalar bayon etilgan. Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning tarix oldidagi xizmatlari nihoyatda buyuk va qimmatlidir. Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni birlashtira oldi hamda markazlashgan yirik va kuchli davlatga asos soldi. Ikkinchidan, Amir Temur qay maqsadda bo‘lmasin, qator mamlakatlar va xalqlarni mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘lishga yordam berdi. O‘sha davrning qudratli podsholaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni (1389–1402-y.) tor-mor etib (1402-yil) Usmonli Turklar istibdodiga tushib qolgan Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarga ozodlik bag‘ishladi. Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxonni (1376–1395-y.) ikki marta (1391 va 1395-yil) tor- mor keltirib, Rossiyaning mo‘g‘ullar hukmronligidan qutilishini qariyb 300 yilga tezlashtirib yubordi 1 . 1 Qarang: Ⱥɦɢɪ Ɍɟɦɭɪ ʆɝɢɬɥɚɪɢ. – Ɍ., 1992. – Ȼ. 5–6. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling