O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


-§. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

6-§. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi 
O‘zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab 
bo‘lgan eski mustabid sovet tuzumidan voz kechib, mamlakatda bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirishga azmu 
qaror qildi. Yurtimizda adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish 
istiqbollari strategik maqsadga aylanganligi hamda siyosiy darajada ko‘p 
bora bunga e’tibor qilib kelinayotganligi bejiz emas. Binobarin, fuqarolik 
jamiyati bo‘lmasa, davlat huquqiy mazmun sifatlariga ega bo‘lolmasligi 
ayon. Zero, bunday jamiyat huquqiy davlatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy 
poydevori hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, fuqarolik 
jamiyatining nazariy, konseptual asoslari davlat mustaqilligimizning 
dastlabki davrlaridanoq yaratila boshlangan edi. Mazkur sohadagi 
siyosiy-huquqiy ta’limot o‘z mohiyat-e’tibori bilan tamomila milliy 
istiqlol g‘oyasi bilan yaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbarining dastlabki 
asarlari, nutq va ma’ruzalarida asoslab berildi. Xususan, Prezident 
I. A. Karimov o‘zining «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» 
nomli asarida «bizning pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan 
barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli 
demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan 
iboratdir»
1
, – deb ta’kidlaydi. 
Mazkur dasturiy asarda O‘zbekiston jamiyati siyosiy, iqtisodiy 
taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yo‘llari va ustuvor 
yo‘nalishlari yangicha mushohada asosida belgilab berildi. Unda 
«O‘zbekiston – demokratiya va ijtimoiy adolat jamiyati» shiori ostida 
amalga oshiriladigan ichki va tashqi siyosat chinakam mustaqil 
O‘zbekistonni barpo etish bilan belgilanadi. Respublikada sobitqadamlik 
bilan xalqchil adolatli jamiyat bunyod etish – bosh vazifadir, deydi 
Prezident. 
Fuqarolik jamiyatining siyosiy va davlat tuzilishi insonga barcha 
sohalarda turmush tarzini erkin tanlab olish imkoniyatini kafolatlashi 
kerak. Jumladan, bu siyosiy sohada quyidagilarni bildiradi: xalq ham 
bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ.Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɧɢɧɝ ʆɡ ɢɫɬɢԕɥɨɥ ɜɚ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢ. – Ɍ., 1993. 
– Ȼ.38.


 331
ishtirok etishi lozimligini; hokimiyatlar taqsimlanishi tamoyilini joriy 
etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish va milliy davlatchilikni 
barpo qilishni; jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralari tuzilmasini 
tubdan yangilashni; bir mafkura yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy 
tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; demok-
ratiyaning qonuniy tarkibi sifatida ko‘p partiyaviylikni shakllantirishni; 
fuqarolarning qonun oldida tenglik va qonun ustuvorligini bildiradi.
Iqtisodiy sohada esa – milliy boylikning o‘sishi asosida farovonlikni 
ta’minlovchi ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etishni; ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni; 
mulk huquqi va mulkchilikning barcha shakllarini davlat himoyasida 
bo‘lishini; davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash va iqtisodiy 
erkinlikni ta’minlashni anglatadi.
Ijtimoiy va ma’naviy sohada – insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, 
inson, uning hayoti va shaxsi daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash 
joyini tanlash huquqi tan olinishini; milliy ma’naviyatni qayta tiklashni; 
hurfikrlilik, vijdon va e’tiqod erkinligini qaror toptirishni; ijtimoiy adolat, 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; intellektual mulkni himoyalash va 
insonlar iste’dodini ro‘yobga chiqarish kabi ustuvor vazifalar belgilanadi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish, demokratik davlat qurilishi va 
iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy 
tamoyil e’lon qilindi: 1) iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; 2) o‘tish 
davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi; 3) qonunlarga rioya etish 
ustuvorligi; 4) kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish; 5) bozor iqtisodiyotiga 
«inqilobiy larzalarsiz, evolyutsion tarzda bosqichma – bosqich o‘tish. 
Ushbu muhim qoidalar O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyotiga asos 
qilib olindi, fuqarolik jamiyati shakllanishi davrining negizi sifatida 
belgilandi. O‘tgan davr mobaynida bu tamoyillar mamlakatda ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni ta’minladi. 
Mustaqillik yillari hokimiyatni tarmoqlarga ajratish asosida milliy 
davlatchilik poydevorini barpo etish amalga oshirildi. Davlat hokimiyati 
va boshqaruvining huquqiy asoslari yaratildi. 1992-yil 8-dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyati qurilishining asosiy tamoyillari, 
fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy 
asoslari mustahkamlandi.
Asosiy qonunda fuqarolik jamiyati tuzilmalari, institutlari qaror 
topishi uchun zamin vujudga keltirildi. Mamlakatimizda demokratiya 
umuminsoniy prinsiplariga tayanishi, inson huquqlari ustuvorligi, 


 332
demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan 
himoyalanishi mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 
ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi 
asosida rivojlanishi, ya’ni ko‘p partiyaviylik qaror topishi e’tirof etildi. 
Mamlakatda ko‘p partiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi nafaqat 
fuqarolik jamiyatini barpo etish, balki demokratiyaning zaruriy shartidir. 
Siyosiy demokratiya jamiyat hayotida siyosiy partiyalar mavqei hamda 
faolligi qay darajadaligiga bog‘liq. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘p 
Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling