Valutani tartibga solish – bu valuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilab berishga qaratilgan davlat organlarining faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasi davlatning iqtisodiyot sohasidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda, valuta munosabatlarini tartibga soladi. Valutani tartibga solish jarayonida ushbu faoliyatni olib boruvchi organlarning tizimi ham o‘zgardi.O‘zbekiston Respublikasi ma’lum bir doirada valuta va valutaboyliklarining muomilasiga yo‘l qo‘yib, u o‘zining milliy valutasiustunligini ta’minlaydi.O‘zbekiston Respublikasida valutani tartibga solish ikki bosqichdaamalga oshiriladi: – valutani me’yoriy-huquqiy tartibga solish, ya’ni valuta bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish va tasdiqlash; – valutani individual (yakka)-huquqiy tartibga solish, ya’ni aniq bir valuta munosabatlarini yuzaga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi huquqiy me’yorlarni qo‘llash. O‘zbekiston Respublikasida valutani tartibga solishning huquqiy asoslarini: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Markaziy bank to‘g‘risida»gi, «Bank va bank faoliyati to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlari, valutani tartibga solishga karatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining va maxsus vakolatli organlarning me’yoriy hujjatlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78 modda 6-bandiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi valuta ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi valuta sohasidagi qonun hujjatlarini qabul qiladi va ushbu qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2.’’Valutani tartibga solish to‘g‘risida’’gi qonun 3.’’Markaziy bank to‘g‘risida’’gi qonun 4. Moliya huquqi(darslik).E.Xojiyev, O.Kamolov, B.Artikov
Do'stlaringiz bilan baham: |