O‘zbek SO‘Mini joriy qilish zarurati. Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng MDH mamlakatlari o‘rtasida yagona pul birligini saqlab qolishga aslo hojat qolmadi. Ayni paytda davlatlar mustaqil moliyaviysiyosat yurita boshladi. Bunday sharoitda:birinchidan, respublikalarda moliya sohasida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni oldindan bilish mushkul bo‘lib qoldi;ikkinchidan, naqd pulsiz mablag‘ harakati bilan bog‘liq to‘lovlarancha cheklandi;uchinchidan, mintaqalararo foiz me’yorlari o‘rtasidagi farq kuchaydi;turtinchidan, pul qadrsizlana boshladi; beshinchidan, Rossiya Markaziy banki tomonidan MDH mamlakatlarininaqd pul va kreditlar berishning muntazamligiga rioya qilinmagani, mablag‘ yetishmasligi va iqtisodiy faoliyatda beqarorlikka olibkeldi; oltinchidan, turli respublikalarda pulning har xil darajada qadrsizlanishi,mintaqada iste’mol mollarini kamaytirib yubordi;yettinchidan, Hukumatlar o‘rtasida ishonch va hamjihatlik yo‘qligi, shuningdek, unchalik muhim bo‘lmagan masalalar bo‘yicha xattiharakatlarahvolni battar og‘irlashtirdi.Yuzaga kelgan sharoit mustaqil davlatlarning, shu jumladan O‘zbekistonning o‘z milliy pulini, ya’ni SO‘Mini joriy etishni taqozo qildi. Shutariqa o‘zbek SO‘Mi dunyoga keldi. SO‘Mni joriy etishda O‘zbekiston o‘zi tanlagan yo‘ldan bordi.Har qanday davlatning pul tizimi huquqiy tartibga solishning obyekti hisoblanadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul kredit tizimiga ega. O‘zbekiston Respublikasi hududida pul siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roli juda ham kattadir. Pul tizimi hamda pul muomilasini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib boriladi. Pul mamlakat iqtisodining holatini, birinchi navbatda, bozorlarning tovarlar bilan to‘ldirilganligini, iqtisodiy va noiqtisodiy munosabatlar subyektlarining moliyaviy ta’minlanganlik darajasini ifoda etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |