a) pulning naqd pul shaklida, ya’ni pul birliklari (banknotlar va a) pulning naqd pul shaklida, ya’ni pul birliklari (banknotlar va tangalar) shaklidagi muomilasidir. Bunda to‘lov vositasi bo‘lib – bir subyektning ikkinchi subyektga ma’lum bir tovar, ish yoki xizmat uchun va qonunda belgilangan boshqa hollarda (masalan, jarima) beriladigan real pul birliklari hisoblanadi; b) pulning naqd pulsiz shakldagi muomilasi. Pulning naqd pulsiz shakldagi harakati – bu bir subyektning bankdagi hisob raqamidan ikkinchi subyektning usha bankdagi yoki boshqa bankdagi hisob raqamiga ma’lum bir pul summasining o‘tkazilishidir. Odatda, fuqarolar o‘rtasidagi yoki fuqarolarning tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida naqd pul shaklidagi to‘lov vositasi qo‘llaniladi,yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarda esa, asosan naqd pulsiz shakldagi to‘lov vositasi qo‘llaniladi. Yuridik shaxslar ba’zi hollarda (masalan, ish haqini to‘lash) naqd pul shaklidagi to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Pul massasi – bu muomilada bo‘lgan pul birliklari; yuridik shaxslar va fuqarolarning bankdagi hisob raqamidan va omonatlarida saqlanadigan pul mablag‘lari; banklarning pul majburiyatlaridir. Pul tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pulsiz shakldagi to‘lov mablag‘lari har qanday vaqtda naqd pulga va aksincha, naqd pul naqd pulsiz shaklga almashtiriladi.Naqd pul muomilasi – ularning emissiyasidan, ya’ni pul birliklarini muomilaga chiqarishdan boshlanadi.«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga binoan naqd pul emissiyasi (muomilasi) va ularni tashkil etish, pul mablag‘larini muomiladan qaytarib olish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.Muomilada bo‘lgan banknotlar va tangalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning barcha aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank yuk qilib yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi. Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek ularning dizaynini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomilaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Banknotlar va tangalarni qalbakilashtirishdan saqlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan ularning modifikatsiyasi amalga oshiriladi. Naqd pul muomilasini ta’minlash maqsadida yangi qiymatdagi pul birliklari chiqarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |