O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 431.45 Kb.
|
davlat-va-huquq-tarixi Odilqoriyev
Chjou podsholigi davriga kelib oliy hokimiyat meros tariqasida nasl- naslga o‘tgan. Rivoyatlarga qaraganda, miloddan avvalgi 115–1079 yillarda podsho Chen davlat idoralari tizimida islohotlar o‘tkazadi. Saroy boshqaruv tizimi mavjud bo‘lgan. Saroyda mirza, podsholik arxivi boshlig‘i, mamlakatda marosimlar o‘tkazilishini kuzatib boruvchi va boshqa amaldor (dufu)lar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparatiga oliy amaldor (syan) boshchilik qila boshlagan. Podshoning asosiy maslahatchi (gun)lari 3 ta bo‘lib, ular «buyuk murabbiy», «buyuk ustoz», «buyuk homiy» bo‘lgan. Syan aynan shular orasidan saylangan. Oliy kohin va buyuk folbin mansablari mavjud bo‘lgan.
Sin podsholigi davrida podsho Sao-gun (mil. avv. 361–338-y.) vaqtida davlatning nufuzli amaldori Shan Yan tomonidan bir qancha siyosiy-ma’muriy, yer, agrar, moliya va harbiy islohotlar o‘tkazilgan. Davlat boshlig‘i imperator (xuandi) bo‘lgan. Qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati uning qo‘lida to‘plangan. Davlat apparatida o‘n minglab amaldorlar xizmat qilgan. Boshqaruv tepasida o‘ng va so‘l vazir (chensyan)lar turgan. Ularning o‘rinbosarlari kotiblar hisoblangan. Oliy mansabdor shaxslardan saroy qo‘riqlash xizmatining boshlig‘i, imperator avlodlarining marosimlarini o‘tkazishni yurituvchi va tashqi munosa- batlarni yurituvchi chinovniklar faoliyat ko‘rsatgan. Davlat apparati faoliyatida imperator maslahatchilari katta rol o‘ynagan. Xan podsholigi davrida mamlakatni boshqarish 5 ta mahkama o‘rtasida taqsimlangan. Imperator huzurida oliy maslahatchi organ – imperatorlik kengashi tuzilgan. Butun yerlar davlat mulki sifatida ko‘rilgan va podshoning ixtiyorida bo‘lgan. Markazlashgan davlat tashkil etilmagan. Van faqat poytaxt viloyatini bevosita boshqargan. Mamlakatning boshqa hududlarini vorislik huquqiga ega knazlar – chjuxoular idora etgan. Chjou davlati davrida asosiy ma’muriy birliklar nisbatan mustaqil knazliklar hisoblanadi. Knazlik hududida quyidagicha bo‘lingan. Syan tepasida Sin turgan. Syan 5 ta chjouga, chjou 5 ta danga, dan 5 ta szu (urug‘ jamoasi)ga, szu 4 ta li (qishloq)ga, li 5 ta lin (jamoa)ga, lin 5 ta oilaga bo‘lingan. Sin podsholigi vaqtiga kelib imperiya hududi 36 ta viloyatga bo‘lingan. Viloyatlar o‘z navbatida uyezdlarga, uyezdlar – volostlarga, volostlar esa – tin (eng quyi ma’muriy birlik)larga bo‘lingan. Har viloyat tepasida 2 tadan boshqaruvchi: harbiy va fuqarolik hokimiyati vakillari turgan. Xan podsholigi davrida mamlakat hududi 13 ta yirik okrugga bo‘lingan. Okruglarga mahalliy ma’muriyat ustidan nazoratni amalga oshiruvchi okrug taftishchisi – podshoning noiblari boshchilik qilgan. Viloyatlar va uyezdlar markazdan tayinlangan 3 ta amaldor – hukmdor va uning fuqarolik va harbiy ishlar bo‘yicha yordamchilari tomonidan boshqarilgan. Umuman mahalliy ma’muriyat faoliyati markazdagi nazoratchilar tomonidan nazorat qilingan. Keyingi davrlarda mahalliy boshqaruv tizimida jiddiy o‘zgarish kuzatilmagan. Qo‘shin asosan urush vaqtlarida yig‘iladigan xalq lashkarlaridan va uncha katta bo‘lmagan doimiy xizmatdagi otradlardan iborat bo‘lgan. Qo‘shinning asosini jangovar arava, otliq qo‘shin va piyodalar tashkil etgan. Jangovar aravada kamonboz va nayzabardorlarni haydovchi olib yurgan. Keyingi davrlarda qullar ham armiyaga jalb etilgan.
Qadimgi Xitoy huquqiy tizimi konfutsiylik va legizm falsafiy ta’limotlari ta’sirida shakllanadi. Unda konfutsiylikning axloqiy-siyosiy, diniy aqidalari va legizmning siyosiy-huquqiy konsepsiyasi hal qiluvchi omil bo‘lgan. Qadimgi Xitoy huquqi dastlabki davrda odob-axloq me’yorlar (li) va diniy qoidalardan ajratilmagan. Miloddan avvalgi IV asrda Konfutsiylik ta’limoti yuksak odob-axloqni yoqlab, qonunchilik shakliga adolat tartibi kabi mezonlarni ilgari surgan. Miloddan avvalgi V asr III asr boshlarida legistlar ta’limoti asosida muntazam jazo kompleksiga ega bo‘lgan davlatning yozma qonunchiligi shakllanadi. Miloddan avvalgi III asr va milodning III asrida ortodoksal konfutsiylik ta’limoti maydonga chiqadi. U konfutsiylik va legizmning qo‘shilishi natijasida tug‘iladi. Bu davrda axloq va huquq uyg‘unlashtiriladi. Boshqacha aytganda, axloqni huquq qattiq qonun (fa) yo‘li bilan mustahkamlaydi. Natijada odob-axloq me’yorlari majburiy va rasmiy xarakterga ega bo‘ladi. Yozma huquq konfutsiylikning muqaddas asarlaridan ko‘chirilgan. Qadimgi Xitoyning huquq manbalari sifatida ilk yozma qonunlar miloddan avvalgi. II ming yillikdayoq paydo bo‘lgan. Podsholar chiqargan qonun va farmoyishlarning ko‘payib borishi va ularda ziddiyatlarning kelib chiqishi huquqni kodifikatsiya qilish zaruratini keltirib chiqargan. Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega Jinoyat kodeksi – jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. Unda avvalo, odat huquqi mustahkamlangan. Og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar va jinoyatlar turlari ko‘rsatilgan. Yozma qonunlarning ancha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI–V asrlarga to‘g‘ri keladi. Qonunchilik faoliyati, ayniqsa miloddan avvalgi V–III asrlarda juda tez rivojlangan. Asosiy maqsad siyosiy barqarorlikka erishish hisoblangan. Ilk muhim yozma qonunlar qatoriga miloddan avvalgi 536-yilgi «Qonunlar sharhi» nomli hamda miloddan avvalgi V–IV asrlardagi «Vey podsholigi qonunlari kitobi» nomli qonunlar to‘plamini kiritish mumkin. Ularning har ikkalasi jinoyatlar tarkibini izohlagan va ularga jazo belgilashga mo‘ljallangan. Miloddan avvalgi III–II asrlarda qadimgi qonunlarni bayon qilish, yozish, sharhlash va qayta tiklash bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilgan. Bu vaqtga kelib «Vey podsholigi qonunlari kitobi» harbiy, moliyaviy va davlat ot-ulovi to‘g‘risidagi me’yorlarga bag‘ishlangan boblar bilan to‘ldirilgan. Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq mustaqil ravishda rivojlanmagan. Miloddan avvalgi IV–III asrlarga kelib yer huquqi shakllana boshlagan. Mulk huquqining predmeti asosan yer va qullar bo‘lgan. Majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turlari keng tarqalgan. Shartnomalarning ayirboshlash, oldi-sotdi, hadya, qarz, ijara, shaxsiy ijara shartnomalari amal qilgan. Ularning shartlari asosan odat huquqi bilan tartibga solingan. Nikoh-oila munosabatlarida katta oilalar mustahkamligi bilan ajralib turgan. Oila tepasida oiladagi yoshi eng ulug‘ erkak turgan. Unga oilaning barcha a’zolari bo‘ysungan. Nikoh-oila munosabatlari konfutsiylik ta’limoti asosiga qurilgan. Nikoh tuzish uchun qator shartlar belgilangan bo‘lib, xususiy bitim sifatida rasmiylashtirilgan. Uning buzilishi moddiy va jinoiy javobgarliklarni keltirib chiqargan. Nikoh yoshi erkaklar uchun 16–30, ayollar uchun 14–20 yosh qilib belgilangan. Xotin tug‘masa ikkinchi darajali xotin olish mumkin bo‘lgan. Jinoyat sodir etgan shaxslar bilan nikohga kirish taqiqlangan. Yuqori tabaqa vakili past tabaqadagi kishi bilan, erkin kishi qul bilan nikoh qursa jinoiy javobgarlikka tortilgan. Arzimagan sabablar (er-xotinlik burchini buzish) ham nikoh buzilishiga olib kelgan. To XIX asrgacha ota-ona, buva-buvi tomonidan o‘g‘il, nabira kelin urib o‘ldirilsa, javobgarlik kelib chiqmagan. Motom tutmaslik oilaviy jinoyat hisoblangan. Meros huquqida avvalo farzandlar, nabiralar, ular bo‘lmasa boshqa qarindoshlar qonuniy merosxo‘rlar sifatida chiqqanlar. Oilada katta o‘g‘il meros olishda katta imtiyozga ega bo‘lgan. Ota o‘lganidan so‘ng oila mulki unga o‘tgan va u oila boshlig‘iga aylanib, boshqa oila a’zolari ustidan hukmronlik qila boshlagan. Jinoyat huquqining rivojlanishi Qadimgi Xitoyda huquqning rivojlanishini belgilab kelgan. Huquqbuzar shaxsga «pastkash inson» sifatida qaralib, dunyoni buzib yuboradi deb, hisoblangan. Ibtidoiy jamoa tuzumiga xos talion tamoyili (bao) uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Jazo choralarini belgilashda jinoiy harakatning og‘irligiga emas, balki jinoiy irodaga, ya’ni jinoyatchining ma’naviy holati hisobga olingan. Ko‘pincha suiqasdga tugallangan jinoyat deb qaralgan. Yangi era boshlarida jazoning individualligi prinsipi ilgari surilgan. Jinoyatni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar inobatga olingan. Ma’lumotlarga qaraganda miloddan avvalgi I ming yillikda Mu kodeksida 3000 ta jinoyat turi mavjud bo‘lgan. Bular orasida davlatga, dinga, shaxsga, mulkka va harbiy tuzumga qarshi jinoyatlarni alohida og‘ir jinoyat tarzida ko‘rsatish mumkin. Jinoyat haqida xabar bermaslik ham jinoyat hisoblangan. Ichkilikbozlik uchun o‘lim jazosi qo‘llanilgan. Jinoyat qonunlari jazolarning juda qattiqligi bilan xarakterlanadi. Undan asosiy maqsad qo‘rqitish bo‘lgan. Jazolar turlarining xilma-xil ko‘rinishlari bo‘lgan. Ular bir-biridan juda kam farq qilgan. Jazo turini almashtirish va qo‘shimcha jazo tayinlash amal qilgan. Jazo yoshdan qat’i nazar bir xil qo‘llanilgan hollar uchragan. Jazolarning aynan tayoq bilan urish, quloq yoki burnini (isin) kesish, olovda kuydirish, mayda bo‘laklarga bo‘lish, belidan ikkiga bo‘lish, oyoq (feysin) yoki qo‘llarni uzish, boshini kesish (danisin), tiriklayin ko‘mish, ko‘zini o‘yish, yuzga tamg‘a bosish (mosin), chujin – (kastratsiya) va ayollarni qulga aylantirish, badarg‘a qilish, mansabdan bo‘shatish va jarima kabi turlari amal qilgan. Davlatga qarshi va siyosiy jinoyatlar uchun aybdor bilan uning kelgusi uch avlod qarindosh urug‘lari ham javobgar hisoblangan (qulga aylantirilgan va qatl etilgan). Sud va sud jarayoni xususida aytish mumkinki, sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Oliy sud hokimiyati imperatorga tegishli bo‘lgan. Sud funksiyalari adliya boshlig‘i, harbiy boshliqlar, viloyat boshqaruvchilari – prefektlar tomonidan amalga oshirilgan. Adliya boshlig‘i sud va uning qarorlarining adolatliligini nazorat etgan. Prefektlar o‘z hududida shubha tug‘diradigan hollardan tashqari barcha ishlar yuzasidan mustaqil jazo tayinlagan. Huquq-tartibotni saqlash joylarda maxsus kuchga ega politsiyachilar tomonidan amalga oshirilgan. Davlat sudi bilan bir qatorda, oilada oila boshlig‘ining sud hokimiyati ham mavjud bo‘lgan. Qadimgi vaqtlardanoq tergov ishlari linshilar tomonidan olib borilgan. Dastlabki qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov natijalari haqida xulosa, ayblov dalolatnomasi tuzilgan. Hukm 3 oy ichida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan. Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili harakatda bo‘lgan. Sudda ish yuzasidan analogiya (qiyoslash) bo‘yicha qarorlar chiqarish keng qo‘llanilgan. Muayyan davr davlati va huquqini o‘rganishda, avvalo, uning ijtimoiy tuzumiga e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, ijtimoiy tuzumning har bir toifasi alohida huquqiy himoyadan foydalangan va jamiyatda alohida o‘rin egallagan. Davlat markazlashgan sari kuchayishda davom etgan. Shu bilan birga, amaldorlarga yerlarning mukofot tarzida berilishi, soliq va majburiyatlardan ozod qilinishi kabi imtiyozlar davlat inqirozini keltirib chiqargan.
Download 431.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling