O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
Kuch chidamliligini rivojlantirish
Download 458.04 Kb.
|
Jismoniy sifatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-yo`l.
Kuch chidamliligini rivojlantirish. Kuch chidamliligi deb insonning tashqi qarshiliklarga uzoq vaqt bardosh berish yoki unga qarshi turish sifatiga aytiladi. Kuch chidamliligini rivojlantirish murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Uning murakkabligi majmuali yondashuvning talablariga muvofiq bir mashg`ulotda ham vegetativ funksiyalarga, ham kuchni takomillashtirishga yo`naltirilgan ta`sir vositalarini qo`llashda ko`zga tashlanadi. Ta`sir vositalari va usullari shunday tanlanadiki, ular bir-biriga qarshi bo`lmasdan, chidamlilikning rivojlanishi va namoyon bo`lishiga ko`mak bermog`i, mashg`ulotdan mashg`ulotga natijalarning yaxshilanishiga olib kelishi kerak. Kuch chidamliligini rivojlantirish uchun takroriy chegaraviy bo`lmagan urinishlar usuli qo`llaniladi. Kuch chidamliligini rivojlantirishning bir necha yo`llari mavjud.
1-yo`l. Vazn-maksimaldan 30-70%. Takrorlashlar miqdori 5 tadan 12-14 tagacha, yangi yondashuv uchun kuch yig`ilguniga qadar hordiq chiqariladi. Yondashuvlar miqdori shug`ullanuvchining tayyorgarlik darajasiga bog`liq. Bu usul harakat faoliyati uchun kuch chidamliligini, kislorod yetishmovchiligi sharoitida ta`minlashga ko`mak beradi. 2-yo`l. Vazn- 60%. O`rta sur`atda takrorlashlar soni 15 tadan 30 tagacha. Mashg`ulotda 2-5 yondashuv, oraliqda 4-5 daq, tanafus. 3-yo`l. Vazn 20-dan 70% gacha. Yondashuvda takrorlashlar soni “oxirigacha”. Mashg`ulotda yondashuvlar soni 4-5 tadan ortmasligi tavsiya qilinadi. Tanafus davomiyligini o`zgartirib turli natijalarga erishish mumkin. Agar hordiq kam bo`lsa (1-3 daq), mushaklarning ichki energetik imkoniyatlari faol sarflanadi. 5-10 daqiqa tanafusda mushak apparatining ishlashi takomillashadi. Kuch chidamliligini rivojlantirishning ikki asosiy tashkiliy shakli mavjud. Birinchisi - tanlangan mashqlar seriasini bajarish ikkinchi yo`l - aylanma mashg`ulot shakli. Kuch bu odamning o`z mushaklari kuchi (zo`riqtirilishi) hisobiga tashqi qarshilikni yingish yoki unga qarshilik ko`rsatish sifatidir. Kuch sifatlari odamning muayyan harakati faoliyatlari jarayonida namoyon bo`ladigan va asosini “kuch” tushunchasi tashkil qiladigan turli - tuman hususiyatlari majmuasidir. Kuch sifatlari o`z o`zidan emas balki biror harakat faoliyati orqali yuzaga chiqadi. Bunda kuch imkoniyatlarining namoyon bo`lishiga turli omillar ta`sir ko`rsatadi, xar bir muayyan holatda ularning xissasi ma`lum harakat faoliyati va uni amalga oshirish shart – sharoitlari, kuch layoqatinining turi insonning yoshi, jinsi, shuningdek individual hususiyatlariga bog`liq. Ular quyidagicha farqlanadi: 1) Mushakning kuch bilan bog`liq omillari; 2) Markaziy asab tuzilishi bilan bog`liq omillar; 3) Shaxsiy ruhiy; 4) Biomexanik; 5) Biokimyoviy; 6) Fiziologik; 7) Harakat faoliyati amalga oshiriladigan tashqi muhitning turlicha shart – sharoitlari. Mushakning uzi bilan bog`liq omillar qatoriga; oq (nisbatan tez qizdiruvchi) va qizil (nisbattan sekin qizdiruvchi) mushak tolalarining miqdori hissasiga bog`liq bo`lgan mushaklarning qisqarish hususiyatlari; mushak qisqarishlari fermentlarning faolligi; mushak shishini anaerob quvvat bu taminlovchi mehanizmlarning kuchi; mushaklar massasi hamda fiziologik kundalang; mushaklararo kardinatsianing sifati kabilar kiritiladi. Markaziy asab tizimi bilan bog`liq omillarning mohiyati mushaklarga jo`natilayotgan efiktor impulslarning jadalligi (surati); ularning qisqarish va bo`shashishlari kardinatsiasi; markaziy asab tizimining ular faoliyatiga trafik ta`siridan iborat. Shaxsiy – ruhiy omillar odamning mushak zo`riqishlarini namoyon etishiga tayyorgarligini belgilaydi. Ular mativatsion hamda irodaviy tarkibiy qismlarni, shuningdek maksimal yoki shiddatli hamda uzoq muddatli mushak zo`riqishlari namoyon bo`lishiga ko`makalashadigan hissiy jarayonlarni o`z ichiga oladi. Biomexanik (tana va uning qismlarining makonda joylashishi, tayanch harakat apparati qismlarining mustahkamligi, siljiyotgan massalar kattaligi va x.k), biokimyoviy (garmanal) hamda fiziologik (perifirik va markaziy qon aylanishi, nafas tizimlari va buning faoliyatiga xos hususiyatlar) omillar xam kuch layoqatini namoyon bo`lishiga ma`lum ta`sir o`tkazadi. Kuch sifatlari va ularning boshqa jismoniy sifatlar bilan birikmasi farqlanadi (to`liq kuch, kuch chaqqonligi kuch chidamliligi kabi) (1-rasm) Kuch sifatlari Sof kuch sifatlari Dinamik kuch Statik kuch Passif statik kuch Faol sust kuch Kuchning boshqa Jismoniy sifatlari bilan birikmasi Tezlik kuch sifatlari Kuch chaqqonligi Kuch chidamliligi Portlovchi kuch Siklik faoliyat uchun Statik faoliyat uchun Tezkor kuch Dinamik faoliyat uchun Tezlovchi kuch Boshlang`ich kuch Download 458.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling