Kuch chaqqonligi mushaklarning ishlash tartibi o`zgaruvchan hususiyatga ega bo`lgan sharoitda, vaziyatlar tinimsiz almashinilib, kutilmagan holatlar yuzaga kilib turadigan faoliyatda (regbe, kurash, to`pli xokkiy va h.k) ko`zga tashlanadi. Uni shunday tariflash mumkin `kutilmagan vaziyatlar va mushaklar faoliyatining aralash rejimi sharoitida turli kattalikdagi mushak kuchlanishlarini aniq tabaqalashtirish sifati`` (J.K. Xolodov, 1981).
Jismoniy tarbiyada va sport mashg`ulotlarida kuch layoqatining rivojlanish darajasini baholash uchun mutloq va nisbiy kuch turlarini farqlaydilar.
Mutloq kuch –bu odamning o`z tana vaznidan qatiiy nazar, biroq bir harakatda namoyon etadigan maksimal kuchi.
Nisbiy kuch – odamning o`z tana vaznining xar bir bir kilogramiga nisbatan hisoblaganda namoyon etadigan kuchi. U maksimal kuch bilan odamning tana vazni nisbatida ifodalanadi. Tanani silkitish bilan bog`liq harakat faoliyatlarida nisbiy kuch katta ahamiyatga ega. Ozgina tashqi qarshilikka uchraydigan harakatlarda mutloq kuch ahamiyatga ega emas, agar qarshilik jiddiy bo`lsa, u katta ahamiyat kasb etadi va portlovchi kuchlanishning maksimumi bilan bog`liq bo`ladi.
Tatqiqotlar natijalaridan ma`lum bo`lishicha, odamning mutloq kuchi darajasi ko`proq muhitga xos omillar (mashg`ulot, mustaqil shug`illanish va h.k) bilan belgilanadi. Ayni vaqtda nisbiy kuch ko`rsatgichlari asosan ginatib bilan bog`liq.
Tezlik kuch sifatlari xam irsiyatga, xam tashqi muhit omillariga taxminan teng darajada bog`lanadi. Statik kuch chidamliligi ko`proq irsiy shart – sharoit bilan, dinamik kuch chidamliligi esa irsiyat bilan muhitning birgalikdagi (tahminan teng) ta`siri bilan belgilanadi (V.I. Lyak, 1997).
O`g`il bolalarda kuch rivojlanishining eng samarali davri 13-18 yoshgacha, qizlarda esa 11- 16 yoshlar oralig`idir, bunda mushak massasining umumiy tana massasiga nisbatan ahamiyatga ega (10 – 11 yoshida u tahminan 23 foizni, 14 – 15 yoshida 33 foizni, 17 – 18 yoshida esa 45 foizni tashkil etadi). Shuni qayt etish kerakki, ko`rsatilgan vaqt oralig`larida kuch sifatlari maqsadli tasir ko`rsatishga ayniqsa tez “yon beradi”
Do'stlaringiz bilan baham: |