O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
Statik (izomitrik) kuchlanishlar usuli
Download 458.04 Kb.
|
Jismoniy sifatlar
Statik (izomitrik) kuchlanishlar usuli. Kuch sifatlarni tarbiyalash vaqtida xal etiladigan vazifalardan kelib chiqib, usul kattaligi turlicha bo`lgan izomitrik zo`riqishlardan foydalanishni ko`zda tutadi. Mushaklarning maksimal kuchini rivojlantirish vazifasi mavjud bo`lgan hollarda maksimum 80 – 90 foiz kesmiga teng izomitrik zo`riqishlar 4 -6 s davomida 100 % li zo`riqishlarning 1 - 2 s davomida qo`llanadi. Agar umumiy kuchni rivojlantirish vazifa qilib qo`yilsa maksimumning 60 -80 % qismiga teng izometrik zo`riqishlar har bir takrorda 10 – 12 s davomida qo`llandi. Odatda mashg`ulot vaqtida 3 – 4 mashqning har biri 5 – 6 martadan takrorlanadi mashqlar orasida 2 daqiqali tanafus qilinadi.
Maksimal kuchni tarbiyalashda izomitrik zo`riqishlarni asta – sekin rivojlantirish kerak. Izomitrik mashqlarni bajargandan keyin bo`shashtiruvchi mashqlarni bajarish zarur. Mashg`ulot 10 – 15 daqiqa mobaynida o`tkaziladi. Izomitrik mashqlarni mashg`ulotlarga kuchni rivojlantiruvchi qo`shimcha vosita sifatida kiritish lozim.
Izometrik mashqlarning kamchiligi shundaki, kuch mashq bajarilganda faoliyatiga jalb etilgan burchaklarida keliboq namoyon bo`ladi, darajasi esa dinamik mashqlardan keyin kuzatilganidan uzoq muddat saqlanib turmaydi. Download 458.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling