O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati
Download 458.04 Kb.
|
Jismoniy sifatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegaraviy bo`lmagan kuchlanishlar usuli.
- Dinamik kuchlanishlar usuli.
- Zarbdor” usul
Kuchni tarbiyalash usullari
Jismoniy tarbiya amaliyotida kuch layoqatini har xil turlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan usullarning kundan kun miqdoridan foydalaniladi (1 – jadval). Maksimal kuchlanishlar usuli maksimal qarshilikni yengish zaruriyati bilan bog`liq topshiriqlarni bajarilishini ko`zda tutadi (masalan, chegaraviy og`irlikdagi shtankani ko`tarish). Bu usul asab mushak kuchlanishlarini jamlash sifatining rivojlanishini ta`minlaydi, chegaraviy bo`lmagan kuchlanishlarga qaraganda kuchning ko`proq o`sishiga sabab bo`ladi. Boshlovchi sportchilar va bolalar bilan ishlaganda uni qo`llash tavsiya qilinmaydi, lekin agar shunga extiyoji sezilsa, u holda mashqlarning bajarishini qatiiy nazorat qilib turish shart. Chegaraviy bo`lmagan kuchlanishlar usuli. Chegaraviy bo`lmagan og`irliklardan chegaralangan miqdorlarda takrorlab (imkon yetgunicha) foydalanishni nazarda tutadi. Og`irlikning maksimal kattalikka yetmaydigan vaznidan hamda yo`nalishidan kelib chiqib kuch layoqatini rivojlantirishda 5 – 6 tadan yuz marotabagacha takrorlashdan foydalaniladi va bu qatiiy me`yorlanadi (chegaraviy bo`lmagan kuchlanishlar usuli ikki usuldan iborat, 1 – jadval). Fiziologik nuqtayi nazaridan kuch layoqatini rivojlantiradigan bu usulning mohiyati shundaki mushak zo`riqishlari darajasi charchoq kuchaygani sayin maksimalga yaqinlashadi (bunday faoliyatning ohiriga olib asab – efiktor impulslar shiddati, sur`ati, hamda yig`indisi ortadi, harakatlantiruvchi birliklarning tobora ko`plab miqdori ishga jalb qilinadi, ularni zo`riqish sinxironligi o`sib boradi). Chegaraviy bo`lmagan ogi`rliklar bilan bajariladigan bunday ishning seriaviy takrorlanish organizimning mushak va boshqa tizimlaridagi almashinuv trafik jarayonlarning qattiq faollashuviga ta`sir ko`rsatadi, u funksional imkoniyatlari umumiy darajasi ko`tarilishiga ko`maklashadi. Dinamik kuchlanishlar usuli. Usulning mohiyati chegaraviy bo`lmagan og`irlik bilan maksimal tezlikda bajariladigan faoliyat vositasida maksimal kuch zo`riqishini Yuzaga keltirishdan iborat. Bunda mashq to`la amplitude bilan bajariladi. Mazkur usulni tezkor kuchni, ya`ni tezkor harakatlar sharoitida katta kuchni namoyon etish sifatini rivojlantirish maqsadida qo`llaydilar. “Zarbdor” usul mushaklarning reaktiv hususiyatlarini eng to`liq safarbar etish bilan bog`liq kuchlanishlar quvvatini oshirishga yo`naltirilgan zarbdor ta`sir ko`rsatuvchi og`irlikni bir laxzada yengishga asoslangan maxsus mashqlar bajarilishini ko`zda tutadi (masalan 45 – 70 sm balandlikdan sakrab, keyin darxol yuqoriga irg`ib sakrash yoki uzunlikka sakrash). Dastlab tez cho`zilmadan keyin mushaklarning yanada katta kuch bilan qisqarishi kuzatiladi. Ularning qarshiligi kattaligi o`z tana vazni hamda sakrab turish balandligi bilan aloqador bo`ladi. Tajribalar yo`li bilan sakrab tushish balandligining optimal chegaralari aniqlandi - 0.75 – 1.15 m Biroq amaliyotdan ma`lum bo`lishicha, yetarlicha tayyorgarlik ko`rmagan sportchilarning kichikroq balandliklarni qo`llashi (0.25 – 0.5 m) maqsadga muvofiq. Download 458.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling