Tezlik kuch sifatlariga quyidagilar kiradi.
.Tezkor kuch;
.Portlovchi kuch;
Tezkor kuch jiddiy, lekin chigaraviy kattalikka yetmaydigan tezlik bilan bajariluvchi mashqlarda mushaklar namoyon etadigan chegaraviy bo`lmagan zo`riqish bilan tavsiflnadi. Portlovchi kuch odamning harakat faoliyatinin bajarish davomida imkon qadar qisqa vaqtda maksimal kuch ko`rsatgichlariga erisha olish sifatini (masalan, qisqa masofalarga yugurishda past startda, yengil atletikadagi sakrash uloqtirish kabilarda) aks ettiradi. Portlovchi kuchning rivojlanish darajasini baholash uchun kuchlanish maksimumiga yaqin bo`lgan harakatlarda J tezlik – kuch indiksidan foydalaniladi:
J=F max / t max,
Bunda J – muayyan mashqda kuzatiladigan maksimal kuch, t max F max ga erishilgan laxzagacha bo`lgan maksimal vaqt.
Portlovchi kuchning ikkita tabiiy qismi bor: boshlang`ich kuch va tezlovchi kuch (Yu.V. Verxoshanskiy, 1977).
Boshlang`ich kuch -mushakllarning zo`riqishi boshlangan lahzada faoliyat uchun kuchlanishni tez rivojlantira olish sifati kattaligi.
Tezlovchi kuch – mushaklarning qisqarish boshlangan sharoitda faoliyat uchun kuchlanish tezkorligini oshira olish qobiliyai hisoblanadi.
Kuch sifatlari – o`ziga hos turlari sarasiga kuch chidamliligi hamda kuch chaqqonligi kiradi.
Kuch chidamliligi – jiddiy kattalikdagi nisbatan uzoq muddatli mushak zo`riqishlari tufayli paydo bo`lgancharchoqqa qarshilik ko`rsatish sifatidi. Mushaklar faoliyati rejimidan kelib chiqib statik va dinamik kuch chidamliligi ajratiladi. Dinamik kuch chidamliligi siklik va asiklik faoliyaatiga xos, statik kuch chidamliligi esa faoliyat bilan bog`liq zo`riqishni muayyan bir vaziyatda saqlab turish bilan aloqador sanaladi. Masalan halqalarda qo`llarni yon tomonga yozib tayanib turishda yoki to`pponchadan otganda qo`llarni harakatsiz tutib qolishda statik chidamlilik kuzatiladi, qo`llarga tayanib yotgan holda ularni ko`p marotaba bukib yozib odamning maksimal kuch imkoniyatlarini 20-50 foiz qismiga teng og`irlikdagi shtanga bilan o`trib turish esa dinamik chidamlilik namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |