O`zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi o`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Download 458.04 Kb.
bet19/69
Sana08.09.2023
Hajmi458.04 Kb.
#1674473
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bog'liq
Jismoniy sifatlar

Kuch sifatlari quyidagi hollarda namoyon bo`ladi (V.V. Kuznesov, 1975)

  1. Mushaklarning nisbatan sust qisqarishlarida, chegaraviyga yaqin, chegaraviy og`irliklar bilan bajariladigan mashqlarda (masalan ancha katta vaznli shtanga bilan o`tirib turish),

  2. Izomitrik (statik) turdagi mushak zo`riqishlarida (mushak uzunligi o`zgarmaydi). Shunga muvofiq sust kuch va statik kuch farqlanadi.

Kuch sifatlari mushaklarning katta zo`riqishi bilan tafsiflanadiva ularni yengib o`tuvchi, yon beruvchi hamda statik tavsifdagi faoliyatida namoyon bo`ladi. Bu sifatlar mushakning fiziologik kundalangi va asab mushak apparati funksional imkoniyatlariga qarab belgilanadi.


Statik kuchni namoyon bo`lishining ikki xususiyati mavjud:

  1. Mushaklar odamning faol iroda kuchi hisobiga zo`riqtirilganda Yuzaga chiqadi (faol statik kuch),

  2. Zo`riqtirilgan mushakni tashqi kuch yoki odamning o`z vazni ta`sirida kuch bilan cho`zishga urinishda namoyon bo`ladi (passiv statik kuch).

Kuch layoqatini tarbiyalash maksimal kuchni rivojlantirish (og`ir atletika, qadoqtoshlar ko`tarish, kuch akrabatikasi, yengil atletikadagi uloqtirishlar va shug`ullanuvchilar tayanch harakat apparatini barcha sport turlari uchun zarur bo`lgan tarzda umumiy mustahkamlash (umumiy kuch) va tanani ko`rishga (badivilding) yo`naltirilishi mumkin.
Tezlik kuch sifatlari mushaklarning chigaraviy bo`lmagan zo`riqishi bilan tavsiflanib, bunday zo`riqishlar ancha jiddiy, biroq odatda chegaraviy kattalikka yetmaydigan tezlikda bajariluvchi mashqlarda zarur, ko`pincha maksimal quvvat bilan namoyon bo`ladi.
Ular mushaklarning kattagina kuchi bilan birga harakatlar tezkorligini ham talab qiladigan harakat faoliyatlarida (masalan, uzunlikka va balandlikka joyidan yoki yugrib kelib sakrashda itarilish sport snariyatlarini uloqtirishda oxirgi kuchlanish va b) ko`zga tashlanadi. Bunda sportchi yengishi kerak bo`lgan tashqi og`irlik qancha jiddiy bo`lsa (masalan shtangani ko`krakka ko`tarish paytida), kuch shuncha ahamiyatga ega boladi, og`irlik kichikroq bo`lsa (masalan, nayza uloqtirilganda) tezlikning ahamiyati ortadi.



Download 458.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling