O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil
Download 0.49 Mb.
|
Tayyorlov guruhi tematika lotincha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kundalik Faoliyat markazi
- Qurilish va konstruktor o`yinlar matematika
- Mustaqil faoliyat Syujet-rolli o`yinlar va dramalashtirish markazi
- Ilm-fan va tabiat markazi
- Musiqiy faoliyat va ritmika
- Oylik mavzu: «G`aroyib olam»
- Rivojla nish sohasi bo`yicha maqsad Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish
- Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish
- Nutq, muloqot, o`qish va yozish malakalari
- Aqliy bilishni rivojlantirish
- OYLIK MAVZU «G`AROYIB OLAM» 1 HAFTA FEVRAL MAVZU: «QO`SHNI MAMLAKATLAR» Qurish va yasash markazi «Do`stlik ko`prigini quramiz»
- Tarbiyachi uchun ma`lumot Estakada
- Kerakli Jihoz va materiallar
Oylik mavzu: «G`aroyib olam»
OYLIK MAVZU «G`AROYIB OLAM» 1 HAFTA FEVRAL MAVZU: «QO`SHNI MAMLAKATLAR» Qurish va yasash markazi «Do`stlik ko`prigini quramiz» Maqsad: qurilma ko`priklar bilan tanishish, yangi so`zlarni tushunish (viaduk, estakada) ko`prik qurish va rejalashtirish malakalarini shakllantirish, birgalikda ishlash ko`nikmasini ortirish. Tarbiyachi uchun ma`lumot Estakada Ko`prik (puteprovod) qurilish uchun odatda 2-4 uzun 10-30 metrli beton plitalari ketadi, estakada qurish uchun esa bir necha bor ko`prok kerak. Puteprovod va estakadani asosiy farqi shundaki: puteprovod bitta yulni ustidan kesib o`tadi, estakada esa bir nechta to`siqlarni ustidan o`tadi -daryo, yo`l, temir yo`l ustidan kesib o`tishi mumkin. Shunday qilib Estakada o`z ichiga ham ko`prik ham puteprovodni oladi. Viaduk Yo`l va suv omborlaridan tashqari yana boshqa to`siqlar bor - relyef, yer ustki qatlami yoriqlari, ikki tog` oraligi. Baland-past tepaliklarga quriladigan ko`priklar viaduk deb ataladi. Bularning qurilishi iqtisodiy oqlangan, chunki ko`prik poydevorini qurish shart emas ortikcha sarf harajat yuq. Hammasi ikki balandlik chuqurligiga va uzunligiga bog`lik magistral yo`nalishida viaduk va estakada farqi shundaki - to`g`ri tekislik mavjud emasligida. Shuning uchun bir xil tayanch va biton plitalari bulishi mumkin emas. Odatda viaduklar chiroyli va jozibali qurilmalar buladi. Aytalik, Fransiyadagi dunyoning eng baland Miyo viadukni tayanch ustunini balandligi 340 metr. Kerakli Jihoz va materiallar: turli xildagi ko`priklarni qurish uchun qurilish xom ashyolari. Faoliyatni olib borilishi: (kattalar bilan ishlash) Turli xil ko`priklar aks etgan suratlarni tomosha qilish; Ko`priklar qanady bo`lishi va ularning ahamiyatini hikoya qilib berish. (birinchi suratda biz temiryo`l ko`prigini ko`rayapmiz, bunday ko`priklar orqali suv ustidan poyezdlar o`tadi. Ikkinchi suratda - avtomobil ko`prigi, mashinalar o`tishi uchun qurilgan ko`prik. Uchinchi suratda - odamlar uchun ko`prik aks etgan. Bu ko`prikdan faqat yo`lovchilar yuradilar. To`rtinchi suratda - ikki qavatli ko`prik aks etgan . biri nchi qavatida mashinalar yuradi, ikkinchi qavatidan esa poyezdlar o`tadi. Shuningdek, iqqi qavatli ko`priklarda mashinalar va odamlar o`tishi mumkin. Ko`priklar naqaqat temiryo`l, mashina va yo`lovchilar uchun ajratiladi,balki qurilishi turiga ko`ra ham har xil bo`ladi. Beshinchi suratda - osma ko`priklarni ko`rishimiz mumkin. Bunday ko`priklar tog`larda va baland joylarda odamlar o`tishi uchun quriladi. Hozirgi zamon texnologiyalari avtomobillar uchun ham osma ko`prik qura oladi. Oltinchi suratdagi ko`prik daryo ustida emas, balki poyezdyo`l ustiga qurilgan. Ushbu ko`prik «Estakada» deb aytiladi. Bunday ko`priklarda mashinalar, odamlar va poyezdlar ham o`tishi mumkin. Yettinchi suratdagi ko`prik -bunday ko`priklar daryo ustida ham va boshqa yo`l ustida ham emas, bunday ko`priklar «Viaduk» deb nomlanadi. Uning estakadadan farqi tekis joyga qurilmaydi. Sakkizinchi suratda esa viadukdan poyezd o`tib ketmoqda. Na vosmoy fotografii po viaduku yedet poyezd. To`qizinchi suratda esa Xitoydagi ko`prik aks etgan. U «Ajdarho ko`prik»deb nomlanadi. O`ninchi suratda - yo`lovchilar uchun qurilgan «Moisey ko`prigi»dir, u Gollandiyada. Ushbu ko`prik daryo bo`yi bilan barobar holatda qurilgan. Barcha ko`priklarning qoplamani ushlab turuvchi tayanchi mavjud, (osma ko`priklar bundan mustasno). Ko`prikning tayanch asosi judayam ishonchli bo`lishi talab etiladi. Bolalar bilan qo`shni mamlakatlar bilan bog`lovchi ko`prikni qurishni rejalashtirish. Qurilish xomashyolaridan ko`prik qurish. Bolalar ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling