O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi


Soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish


Download 2.99 Mb.
bet30/74
Sana11.11.2023
Hajmi2.99 Mb.
#1767191
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
PDF УЗБ ILM YO\'LI (o\'zb) 2022 28 oktyabr (1)

Soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish


Talab: Bola o’zining va o’zgalarning hissiyotlarini anglashga va o’zining hissiyotlarini moslashtirishga qodir.

Kutilayotgan natijalar:


  • o’z hissiyotlarini nazorat qiladi;

  • turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi;

  • o’z hissiy holatini izohlab berishi mumkin;

  • boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi;

  • o’zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.



Soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot


Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir.

Kutilayotgan natijalar:


  • kattalar va tengdoshlar bilanoson muloqotda bo’ladi;

  • qiyin vaziyatlarda amaliy yechim qidiradi;

  • boshqalar xatti-harakatiga o’z taassurotlarini bildiradi;

  • o’zgalar yutug’iga quvonganligini namoyon etadi;

  • nizolarni hal etishda bir necha metodlardan foydalanadi (tinchlantiradi, o’z o’yinchog’ini beradi, muloyim so’zlar aytadi);

  • o’yinlar o’ylab topadi, syujetlirolli o’yinlar, turli ertaklarni sahnalashtirishda ishtirok

etadi.


    1. Nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari

Soha: Nutq va til


Talab: Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, so’zlashadi va muloqot qiladi. Kutilayotgan natijalar:

  • o’z ona tilida erkin so’zlashadi, so’z turkumlarini yoshiga monand mustaqil, grammatik to’g’ri qo’llaydi;

  • gapdan sinonim va antonimlarni topa oladi va berilgan so’zlarga ularni moslaydi;

  • ko’p ma’noli so’zlarni turli ma’nolarini farqlaydi;

  • turli gaplarni tuzadi;

  • shaxsiy tajribasiga tayanib,rasm yuzasidan tasviriy hikoyani mustaqil tuzadi;

  • turli janrdagi badiiy asarlarni ifodali hikoyalaydi;

  • guruh muokamasida muloqotga kirishib va tinglab ishtirok etadi;

  • qofiyalar tuzadi, topishmoqlar topadi;

  • nutqida xorijiy so’zlarni qo’llaydi;

  • kichik she’rlarni aytib berishi mumkin;

  • yil fasllari nomini biladi (bahor, yoz, kuz, qish).

Download 2.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling