Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi


Abdulla Avloniyning oʻzbek dramaturgiyasiga qoʻshgan hissasi


Download 414.85 Kb.
bet6/13
Sana03.12.2023
Hajmi414.85 Kb.
#1797002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
shahlo bmi oxirgi variant (2)

1.2.Abdulla Avloniyning oʻzbek dramaturgiyasiga qoʻshgan hissasi

Abdulla Avloniy o`zbek teatrining asoschilaridan biri edi. U 1913- yilda “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. “Turkiston” o`zining qat`iy Nizomini ham e`lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g`oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (Abdulla Qodiriy) kabi XX asr boshlari o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr ozarbayjon va tatar dramaturglari asarlari “Badbaxt kelin”, “Xo`r-xo`r”, “Jaholat”, “O`liklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man o`lmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oila”larni o`zbekchaga tarjima qilib sahnaga qo`ygan. Abdulla Avloniyning o`zi Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“Toʻy”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.


U truppa uchun “Advakatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki sevgi”, “Poʻrtugaliya inqilobi” kabi dramalarini yozadi. Avloniyning shaxsiy arxivida «Portugaliya inqilobi»15 nomli bir dramatik asari bor. U adibning boshqa asarlaridan ajralib turadi, 5 parda 10 korinishli bu asarni muallif fojia (tragediya) deb atasa-da, mazmuniga kora u qahramonlik dramasiga yaqin. Qolyozma muqovasiga «1921-yil 23-yanvarda yozildi» deb qoyilgan. 20-yillarda adabiyotimizda «jahon revolyusiyasi» degan gap keng tarqalgan payt edi. Shu jihatdan buni ham shu yillarda yozilgan deb taxmin qilish mumkin. Asar 20-yillarda sahnaga qoyilgan. 1924-yilda hatto nashrga tayyorlangan edi. Yuqoridagi sana shu munosabat bilan kochirilgan payti bolishi kerak. Bir-ikki ogiz gap dramaning mazmuni haqida. 1910-yilning 5-oktabriga otar kechasi Portugaliyada Angliyaning tazyiqidan, monarxiyaning zulmidan toqati toq bolgan xalq qozgolon kotaradi. Unga respublikachilar bosh boladilar. Ularni armiya qismlari hamda harbiy-dengiz floti kuchlari quvvatlab chiqadi. Lissabonda butun xalq oyoqqa turadi. Qirol Manuel qochib ketadi. Shohlik tugatilib, Portugaliya Respublika deb elon qilinadi. Vaqtli hukumat boshligʻi qilib Broga tayinlanadi. «Portugoliyo inqilobi» dramasi zaminida mana shu konkret tarixiy voqea yotadi. Respublikachilar va shohparastlar ortasidagi shiddatli kurash — asarning bosh konflikti. Asosiy personajlar Dolqoriyo, Broga, Garsio, Difrorolar tarixiy shaxslar bolib, ular bir maqsad yolida - Portugaliyada shohlikni tugatib, Respublika ornatish uchun kurashadilar va gʻalaba qozonadilar. Asar inqilobchilarning «Marselyeza» sadolari ostida sahnaga qizil bayroq kotarib kirib kelishi bilan tugaydi. Korinyaptiki, Portugaliyadagi siyosiy ozodlik va mustaqillik yolida bolgan qozgolon bilan Turkistondagi qok qoʻzgʻalishlar oʻrtasida malum mushtaraklik bor. Asar badiiy jihatdan ancha bosh. Shunga qaramay, adabiyotimizning 20-yillardagi kolami va intilishlarini aniqroq tasavvur qilish uchun uni ham oquvchilar etiboriga havola qilishni lozim topdik. Avloniy qolyozmalari orasida yana bir tugallanmagan pyesa bor. U «Ikki sevgi» deb nomlangan16. Ikki pardalik fojia shaklida moljallangan bu drama 1908-yilgi Turkiyada bolib oʻtgan yosh turklar inqilobiga bagishlangan. U yerda asar qahramoni Nozimbekning ikki muhabbati — hurriyat va yor muhabbati haqida gap ketadi. Nozimbek — «Ittihod va taraqqiy» jamiyatining azosi. Kech tunda unga ertaga boladigan hal qiluvchi qozgolon haqida xabar keladi. Shu payt xotini Xolidaxonim kirib qoladi. Hurriyatchilarning shaharda qilayotgan ishlaridan soz ochadi. Nozimbek ich-ichidan Xolidaxonimning xayrixohligidan mamnun bolsa-da, ertangi qozgolon haqidagi maktubni undan bekitadi. Uning xatarlik bu ishga aralashishini istamaydi. Biroq uni bu yoʻldan qaytarolmasligiga ishonch hosil qilgach, maktubni korsatishga majbur boladi. Er-xotin farzandlar taqdiri haqida uzoq tortishadilar. Lekin ularning grajdanlik tuygulari hamma narsadan ustun keladi. Ular kurash va oʻlimni afzal biladilar. Ikkinchi pardada Nozimbekning jangda yarador bolishi hikoya qilinadi. Voqea yarador Nozimbekning Xolidaxonim halokati haqidagi xabarni eshitgan joyda uziladi. Asarda Xolidaxonim ancha faol tasvirlangan. Bu Nozimbekning «Aybi yoq, jonim! Hurriyat erlardan koproq xotunlarga kerak ekanligin bilganingdan soylayursan!17 degan sozlari bilan dalillanganday boladi. U Nozimbekni adolat va ozodlik uchun kurashga undaydi. Masalan, unga qarata: «Hurriyat ordusi Istanbuli muhosara qilmishlar. Siz na uchun begam oturasiz? Oyo, bu gʻarib millatni(ng) asoratdan qutqarmoq sizning vazifa emasmi?! Bu zolim istibdodparastlari yiqmoq uchun qahramon hurriyat ordusiga komaklashmoq lozim emasmi? (3-bet), - deydi. Inqilobni har narsadan muqaddas biladi. Uni erlarning ishi deb otirmaydi. Hatto, «agar hurriyat yolinda olsam, banim uchun eng saodatlu olumdur. Agarda birorta mustabidlardan oldursam, olz vazifamni ado qilgon bolurman» (4-bet) deb hisoblaydi. Parcha shuni korsatadiki, Avloniy bu asarida personajlarning ruhiy dunyosiga alohida etibor bergan. Masalan, ular inqilobni shunchaki bir qahramonlikka vosita deb tushunmaydilar. Nozimbek uning hayot-mamot masalasi ekanligini, uning har lahzasi tahlika va xatar bilan tola bolib, qurbonsiz qolga kirmayajagini yaxshi his qiladi:
Oh , bu hurriyat ehson istar, Inqilob qayda kezar, qon istar. Halqa-halqa sochina har kishini aylar asir, Yuzini ruhina qoymoqg a qizil qon istar. Kimki kordi yuzini, toqat eta olmaydi, K-yena vasl-u diydorini qurbon istar. Oyla bir mahvashi dildor erur hurriyat, Hajri-da vasli-da Hijron istar. (2-bet)
U hurriyatning mazmun-mohiyati, uni dushmanlardan himoya qilish, asrab-avaylash haqida ham oylaydi: «Hurriyatni kormoq va qolga olmoq oson bir shaydur. Lekin qolda ushlab turmoq, bu makkor mahbubni agyordan, dushmandan qolda saqlamoq nihoyatda qiyindur» (1-bet). 1908-yildagi yosh turklar inqilobi galaba bilan tugagan bolsa-da, mamlakat va xalq qismatini yengillatish yoʻlida biror jiddiy oʻzgarish yasay olmadi. Biroq bu hodisaning xalq milliy ongi taraqqiyotida izsiz ketmagani aniq, albatta.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Avloniyning dramaturgiyaga kirib kelishida quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. Ananaviy xalq ogzaki teatrlari tasiri;

  2. Uning maktabdagi faoliyati , yani oquvchilarni ifodali oqitishga orgatish, rollarga bolib oqitish , musiqa sadolari ostida xor bolib sher aytish, texnik vositalardan foydalanish va boshqalar;

  3. Uning katta sahnadagi serqirra faoliyati;

  4. Tatar va ozarbayjon aktyor, rejissor va dramaturglari bilan bevosita ijodiy hamkorlik;

  5. Ozi tarjima qilgan va sahnalashtirgan asar tasiri;

  6. “Turon” truppasining milliy asarlarga chanqoqligi;

  7. Dramaturgiyaga xos unsurlarni ozida mujassam etgan qadimiy munozara janrining adib ijodida muhim orin tutganligi kabi omillar uni dramaturgiya sari yetakladi.

Dastlab Avloniy 1914 yilda “Advokatlik osonmi?”, va 1915 yilda “Pinak” nomli bir pardali komediyalar yaratdi. Keyinchalik “Biz va Siz” , “Portugaliya inqilobi” hamda “Ikki sevgi” (tugallanmagan) dramalarini yozdi.
Avloniy oz tarjimai holida aytganidek, tort teatr kitobi qoldirdi. “Ikki sevish” asari tugallanmaganligi sababli uni hisobga qoshmagan bolishi mumkin.
Muallifning “Advokatlik osonmi?” , “Pinak”, “Biz va Siz” asarlari 1979 yilda professor B.Qosimov tomonidan nashrga tayyorlangan “Toshkent tongi” nomli toplamga kiritilgan edi. 1998 yilda esa Abdulla Avloniyning har torttala dramasi uning “Tanlangan asarlar” ikki jildli toplamidan joy oldi.



Download 414.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling