Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi
III BOB. “BIZ VA SIZʼʼ DRAMASI FOJIAVIY ASAR SIFATIDA
Download 414.85 Kb.
|
shahlo bmi oxirgi variant (2)
III BOB. “BIZ VA SIZʼʼ DRAMASI FOJIAVIY ASAR SIFATIDA
3.1.. “BIZ VA SIZʼʼda Kamol va Maryam fojiaviy qahramon sifatida “Biz va siz” asari, nomlanishidan korinayotganidek, turmushga ikki xil yondashishni ifoda etadi. Unda jaholat mavzusi bilan yonma-yon muhabbat ham beriladi. Yevropada on yil oqib, “yangi hayot, “yangi turmush” haqidagi joshqin orzular bilan qaytgan kamolning taqdiri turadi. U “churub, biljirab” ketgan “eski turmush”ni “tuzatmoq”chi. Uning butun fikri-zikri shu bilan band. U oqimishli Maryamni sevadi. Uning sevgisi ham, aytish mumkin-ki, goyaviy-manaviy yaqinlik yaqinlik asosiga qurilgan. Biroq “eski turmush” kuchlari ustun keladi. Kamol va Maryam halok boladilar. Ammo ularning olimi optimistik mazmun uchun xizmat qiladi. Avloniy juda muhim bir masalani, insonning baxti va turmushini asar markaziga qoyadi va jiddiy ijtimoiy ziddiyatni keskin vaziyatlarda ochib berishga urinadi. Endi fikrimizni asarning janri haqida fikr yuritishishdan boshlasak. Demak, biz yuqorida aytib otganimizdek 16-yilga qadar yozilgan va “fojia” atamasi bilan nomlangan asarlarning aksariyati Yevropa adabiyotiga oid dramatik tur-tragediya talablariga javob bermaydi. Yani, fojia aynan tragediya emas, balki birmuncha tor manoda ishlatilgan, degan xulosaga kelgan edik. Bizga malumki, dramaturg asarni, Turkiston turmushindan oldin yozilgan “4 pardalik fojia” deb atagan. Janr haqida gap borar ekan, endi etiborimizni adabiyotshunoslikning otasi bolmish, antic dunyo donishmandi-Aristotelning tragediya haqidagi qimmatli fikrlariga jalb etaylik. U ozining “Poetika”sida takidlashiga kora, tragediya avvalo malum natija bilan tugallangan harakatga-faoliyatga, ish-amalga taqlid qilish demakdir. U tragediyaning asosidagi harakat bilan xarakterlar birligi haqida gapirib: “…Xarakterlarning azob-uqubatli, jafoli, murakkab va ogir xolatlarni boshdan kechirishlari tragediya harakatini alamli, qalbni larzaga soladigan yoki xalokatli xususiyatlar bilan taminlaydi. Bunday xususiyatlar uni boshqa janr namunalaridagi harakatdan farqlaydi.” , deydi. Aristotel eng mushkul, tasirli, azob-uqubatlar yaqin kishilar, qarindoshlar ortasidagi zid munosabatlarda, yani konfliktda sodir bolishini alohida takidlab, mazkur janrga mansub asarlarning umurtqa pogonasi tragik pafos ekanligini qayd qiladi.”29 Endi esa tragediya haqida ozbek adabiyoti nazariyasining donishmandi- akademik Izzat Sultonning ushbu tarifiga diqqatimizni jalb qilaylik. “Tragediya kishilarning boshiga tushadigan eng ogir holatlarni borttirib korsatish yoli bilan hayot dialektikasining ozida mavjud dramatizm va fojiaviylikni yorqin tasvirlashni maqsad qilib qoyadi. Tragediya inson hayotidagi eng qaltis, eng shiddatli, halokatli holatlarga etibor beradi… Tragediyada bosh qahramon taqdiri halokatli (olim) bilan tugashi tragediyaning bosh alomati emas… Tragediyaning muhim xususiyati qahramonlarning halokatidan kora ular taqdirining hayotda kam uchraydigan darajada murakkabligi, ularning ichki dunyosi bilan tashqi, obyektiv dunyo orasida mavjud nomutanosiblikning halokatli xarakterga egaligidir”30. Adabiyotshunoslarning dramatic asar haqidagi tarif va mulohazalariga suyangan holda biz quyidagicha fikr yuritamiz. Dramatik konflikt asarning butun strukturasini belgilar ekan, asar janrini aniqlashda uning bosh pafosidan, xususan, konfliktining ruhidan, xarakteridan kelib chiqish lozim korinadi. Agar ana shunday nuqtai nazardan yondashsak undagi asosiy konflikt zohiran bosh qahramonning johil oila azolari orasidagi kelishmoqvchiliklardan iboratdek bolib korinsada, botinan asosiy ziddiyat shaxs bilan ijtimoiy-tarixiy muhit ortasida ekanligi malum boladi. Ana shu zulmat qaridagi muhitga qarshi kurashning boshlanishidayoq bosh qahramonning halokatga mahkum ekanligi ayon boladi. Bu esa asarning butun ruhida tragik pafosning ustuvorligidan dalolat beradi. Asardagi tragik goya syujet chizigining yuqoridagi ilk rivojlanish nuqtasidayoq oz ruhini, oz salobatini sezdira boshlaydi. Asarning bosh qahramoni Kamol insoniy erk, baxt-saodatga erishish maqsadida bidat, xurofot, johillik va nodonlikka qarshi kurashga otlanadi, “Tragediyaning muhim tipologik-umumiy xususiyatlaridan biri shundaki, qahramon kurashida shaxsiy manfaat bilan hayotning umum, keng ijtimoiy mazmunini qamragan maqsadlar toqnashishi kerak. Asardagi tragik holatlarda butun bir xalq yoki avloq hech bolmaganda oila manfaati qamralgan bolishi kerak. Shu manoda tragik qahramonlar kurashi, maqsadlari tor shaxsiy manfaatga emas, balki umumiy keng miqyosdagi ijtimoiy manfaatlarga qaratilmogi zarur”.31 Shu nuqtai nazardan qarasak, Kamolning Maryamga bolgan sof muhabbati ham, uning jaholatga qarshi kurashi ham umum ahamiyat kasb etadi, yani hayotdagi barcha kamollarning jaholatga qarshi kurashini ifodalaydi. Yuzaki qaraganda, voqealar kichik bir makonda, bir oila doirasida qolib ketgandek tasavvur uygotadi. Bazi adabiyotshunoslarimiz faqat yuzaki, zohiriy tasavvurga asosiy etiborlarini qaratib, pyesaning mazmun-mohiyatini baholashda subyektiv qarashlarini ilgari suradilar. Biroq pyesaga bu zaylda yondashish ozini oqlay olmaydi. Aslida ota-onasi tomonidan “bir oqimagon, dunyodan xabarsiz, axloqsiz, olik qizni olib berilishi”ga jon jahdi bilan qarshi turgan Kamol butun jamiyatdagi marifatsizlikka qarshiligini izhor etadi. Marifatsiz qizga uylanishdan qochib, bolajak farzandlarining kelajagini himoya qilganida, barcha millat bolalarining kelajagi yodimizga tushadi. Gap shundaki, Avloniyning qahramonlari- ikki oshiq qalb egasi jaholat-nodonlik ichida yashashga qodir emaslar. V.G.Belinskiy aytmoqchi “hayotda har bir gozal hodisa oz qadr qimmatining qurboni bolishi kerak”.32 Biz ishimizning birinchi bobida dramatic janrlar ustida toxtalib , buyuk dramashunos V.Volkenshteyn muhim deb belgilagan tragediya janriga xos asosiy jihatlar haqida aytib otgan edik. Endi esa ana shu jihatlarning ushbu “Biza va Siz” asarida qay darajada oz aksini topganini birma-bir kuzatishga urunib koraylik: Qahramonning “oliy kuchlar” bilan konflikti; bu jihat asarda Kamolning zohiran oz ota-onasi, qarindosh-uruglari bilan, botinan esa butun bi ijtimoiy-tarixiyjamiyat bilan konfliktga kirishganligida oz aksini topgan; Tragediyada qahramonning ham ruhan, ham aqlan atrofdagilardan maksimal darajada ustunlik kasb etishi; bu jihat Kamolning Yevropadan qaytgandan keying dastlabki oy-kechinmalaridan tortib to asar oxiriga qadar har bir xatti-harakati, har bir monologidan ochiq oydin korinib turadi. Masalan: “ Men Yevrupoda turgon vaqtlarimda tarbiya korgan oilalar ichinda madaniy turmushga organub, odat qilib qolgon edim. Emdi bunda kelub, bu xurofotga botgon, churigon turmush ichida oralib qoldim. Butun bir oila ichinda ozimdan boshqa menga hamfikr kishi yoq. Fikr va maslak jihatidan otam, onam, ukam qarindosh-uruglarim- hammasi mengaa dushman. Turmushda, ishda sozda oramizdagi aloqa ot bilan suvdek bir biriga zid, teskari”.33 Tragediya qahramoning “aybsiz aybdor” ekanligi; albatta, asar qahramoni-Kamol oz johil ota-onasi, qarindosh-uruglari qolaversa qoloqlikka, turgunlikka yuz tutgan jamiyat oldida “aybsiz aybdor”. Chunki u yangicha hayot, muhabbat asosiga qurilgn gozal turmush qurish istagida; Otkir goya va fikrga asoslangan dialog; aytish mumkinki, asardagi har bir dialog otkir goya va fikrga asoslangan. Fikrimizning dalili sifatida asardan quyidagi dialogni keltiramiz: Jamol. “Hoy bolam, qoy bir oz achchigingdan tush, otangni ham meni ham qarigan chogimda kuydirma. Kamol.( ornidan turib) Onajon, otajon! Siz mendan xafa bolmangiz. Bu oramizdagi tortishuvlar-turmush tortishuvlari.(jiddiy) Siz!... Oh…. Siz! Eski turmushga organgansiz! Shul oz turmushingizni yaxshi korasiz, suyasiz. Shul eskirgan, churigan turmushingizdan ajralgingiz kelmaydur. Men yaxshi bilaman, siz bu turmushdan faqat olib ajralasiz, ammo men… Men bu sizning buzuq xurofotlar bilan tolgon turmushungizni istamayman. Yangi turmush istayman! Yangi hayot istayman! Mana shul yangi turmushga menga rahbarlik qilgudek , oila boshligi bolgudek yoldosh istayman!... Oh..,koshki siz meni bu gaplarimni asliga, manisiga, tegiga tushunsangiz edi, hammangiz ham mening fikrimga qoshilur edingiz”.34 Volkenshteynning takidlashicha, qahramonning ichki ehtiyojlari (xususan, muhabbat, oilaviy turmush va boshqalar) zamirida katta ijtimoiy masalalar yotadi va buning badiiy inikosi tragediyaning aniq belgisidir.35 Demak, avvalo, asardagi material mohiyati xarakter va konfliktning fojiaviy tabiati butun asar xarakatidan tragik goyaning sizib otishi va eng muhimi bosh qahramon- Kamolning intilishlari va kurashi zamirida kata ijtimoiy manfaatlar yotishi “Biz va Siz” asarini ayni tragediya janriga mansub deyishimizga asos beradi. Tragik janr asarlarning shaklini asosan ularning kop pardali bolishi, fikr va hislarning kotarinki ruhda ifoda etilishi, aksariyat hollarda ularning sheriy shaklda yozilishi va monologlar belgilaydi. Monolog tragediyaning eng xarakterli shakli bolib, bosh qahramonning ruhiy holatini namoyon etishda uning tasir kuchi asarning oquvchi yoki tomoshabinga otkaziladigan kuchini belgilaydi.36 Asarda Avloniy Kamolning xarakterini, uning ruhiy holatini uning monologlari orqali ochib beradi. Masalan: Kamol: “Ajabo! Men qanday bir qiziq hollarga qoldim. Tort tomonim ham ot. Kecha kunduz ortanish yonishdan boshqa bir narsa yoq. Bu Jahannam teshigindan boshqa yangilik teshigi hech tomondan korinmaydur. Korinmoq ehtimoli ham yoq… Ozgarish bizning elning kochasidan otgon. Faqat ozgarish kochadagina bolgon… Oh… Men qaygularimni, dardlarimni, hasratimni kimga aytay, kimga soylay?!Bechora Fuzuliy dermish: Dost beparvo, falak berahm, davron besukun Dard yoq, hamdard yoq, dushman qaviy, tole zabun”37 Kamolning ushbu monologida dunyo bilimlarini egallab gozal orzu-niyatlar bilan oz yurtiga qaytgan, quvvai hofizasi keng bir insonning taraqqiyotidan mahrum, jaholatga mahkum etilgan Turkiston bilan yuzma-yuz bolgandagi afsus-nadomati aks etgan bolib, unda kotarinki poetic ruh ustunligi kozga tashlanadi. Asar voqealarining shu qadar shiddat bilan kechishi, Kamol ruhiy azoblarining yanada ortib borishiga johil ota-ona va qarindosh-uruglar bilan bolib otgan toqnashuvlar sabab bolib, ularning barchasi ham bir fikrda ekanligi uning dilini yanda qattiqroq ortaydi. Muallif Kamolning shunday holatini quyidagi monolog orqali ifodalaydi: Kamol. “Dard ustiga chipqon, olganni ustiga qumgon, degandek, dunyodan xabarsiz onamning menga hammadan keyin qolib bergon ogut nasihatni koring. Bir emas, ikki xotun olib berib, yana ham gam loyiga meni botirmoqchimi… Yoq! Yoq!... Ming marotaba yoq” 38 Malumki, tragediya janriga xos bolgan muhim xususiyatlardan yana biri qahramonning ikkilanishidir. Bu jihat asarda dramaturg tomonidan Kamolning murakkab ruhiy holatini, uning ota asabiy , keskin tarzda kelin- Jamilani chidab bolmas sozlar bilan haqoratlab turib, aslida unda hech bir ayb yoqligini tan olishi yok iota-onasini nodonlikda ayblab turib, hamma ayb jaholat va bilimsizlikda ekanligini tan olish voqealarida tasirli va orinli berilganligida korinadi. Masalan: Kamol. “Siz!... bilasizmi kimsiz! Yoq bilmaysiz! Bilmoqlikni ham bilmaydurgon, jahli murakkabda qolgon, oz bolalarin qonlarin tokuvchi vaxshiy jallodar, jonli suvratlar, tirik oluklarsiz! Yoq yanglish aytdim, xato sozladim. Siz... siz bizni murabbiylarmiz,rahnomalarimiz, yolboshchilarimiz, tugduruvchi, oldiruvchi, katta qiluvchi otalarimiz, onalarimizsiz. Yoq, yoq!.. Ming marotaba yoq. Ayb sizda emas, jaholatda, nodonlikda, bilimsizlikda, kelajakni tushunmovlikda, xabarsizlikda taraqqiyot madaniyatdan qochuvingizdadir”39 Koryapmizki, Kamol oxir oqibatda oz chekkan azoblari uchun ota-onasini ayblamaydi. U har qancha bilimli, dunyo korgan yigit bolmasin, bunday narsalarni oziga yot bildi. Chunki u sharq farzandi. Jaholatning, nodonlikning sababchisi Sharq xalqlari ongidagi turgunlik ekanligini Kamol tushunib yetadi. Dramaturgning xalqqa yaqinligi, uning hayot saboqlaridan naqadar togri xulosa chiqarganligi ayniqsa yaqin-yaqingacha ham xunuk bir illatni oz asariga olib kirganligidadir. Bu esa asar voqealarining yanada murakkablashib, chigallashib ketishda asosiy vosita bolib xizmat qildi. Aynan ana shunday xunuk voqeaning asar tasir kuchini yanada oshirganligini uning tragik pafosini kuchaytirishda asosiy sababchi bolganligini tan olmay otish mumkin emas. Tragediyadagi eng qaltis, eng murakkab nuqta ham kelinning sovchilar korgan koxlikkina qiz emas, balki aksincha ota badbashara xunuk bolgan bir qiz ekanligining oshkor bolishi bilan bogliqdir. Faraz qilaylik, kelin chiroylikkina bir qiz bolsin. Balki shunday bolsa Kamolning kongli biroz yumsharmidi? Axir 18 yoshli har qanday qizda hech bolmaganda navqironlik latofati boladi-ku? Albatta, Kamol oz qarshisida gozal bir qizni korganida, taqdirga tan berib u bilan yashab ketishi mumkin edi. Korinadiki, Avloniy faqat goyabozlik qurboni emas, balki u umuminsoniy asoslarga ham urgu beryapti. Chunki, inson dunyoga kelar ekan, u doimo gozallik sari intilib yashaydi. Bu tushuncha uning borigini junbushga keltiruvchi , uni yuksakliklarga kotaruvchi, hayot tub burilishlar yasashga undovchi qudratli kuchg ega bolgan tushunchadir. Xunuklik esa uning mutlaqo aksi bolib, u insonni halokat sari yetaklovchi, hatto uni yuz tuban ketishiga sabab boluvchi tushunchadir. Demak, Kamolning shusiz ham kuyib ortanayotgan dardi ustiga kelinning xunukligi chipqon boldi. Bu esa Kamolning “Majnunligini”, “telba”ligini avjiga chiqaradigan, ochadigan “kalit” vazifasini otadi. Kamol qudalar oldida shunday “jinnilik”lar qiladiki, buning sababchisi faqatgina kelinning ota badbashara ekanligidir. Fikrimizning dalili sifatida asardan quyidagi parchani keltiramiz: Jamol. “ Jon bolam, sen meni quad andalar oldida juda uyatga qoyding. Kecha bolsa goshangadan ham chiqib ketting.El xalq ichida meni sharmanda qilding,bolam. Bugun ham shunday topalon qilub meni sharmanda qilmoqchimusan? Kamol. (kulur) Ho-ho-ho! (ashula qila boshlar) Qoylarini haydar ekan bir dovon birlan, Bir yaxshini qiynar ekan bir yamon birlan. Salima. Quda xola, oglingizni birov sehri jodu qilgonga oxshaydur. Zoz bir domla topib qaytartirub tashlang. Ul xotunga kongulsiz boldi. Kamol. Oh… Mana, mana, siz topdingiz. Meni kozlari jodu. Sozlari sehr aql-hushimni band qilgon. (ashula qilur) Korib gul yuzingni bogda bandadur Yodingdaman tokay jonim tandadur. Ozim har joydaman, konglim sandadur… Salima. Quda oglingizni savdosi juda qozgolib ketdi, Qoying, olib chiqib keting. Ezgulikni kechi yoq. Bugun bolmasa ertaga kirar. Munaqangi maynavozchilikka kimni tobi bor. Kamol.(achchiqlanib) Bu maynavozchilik emas, hayvonbozlik. Ana yoningizda yogon qora, chotir bir hayvonni olib kelib turibsiz-ku. Bu oyinlar oshani oyini, oshani bozligi…40 Kamolning bunday tez , ota kinoyali va ayovsiz javoblari Shekspir asarlaridagi qahramonlarni eslatadi. Masalan, Gamletning haqiqatni bilgandan keying xatti-harakatlarini kuzatadigan bolsak, uning oz otasining qotili qirol Klavidiy yoki Ofeliyaning otasi- aygoqchi chol Poloniylarning savollariga “telba”larcha qaytargan javoblarini, ayniqsa onasi malika-Gertrudaga keskin, ota kinoyali va ayovsiz tanalarini eslash kifoya. Avloniy bidat xurofot bandalarining kidikorlarini shunday ustalik bilan yumoristik tarzda ifoda etadiki, ayni shunday tasvir uslubi asar tragizmini yanada kuchaytiradi. Bu esa Kamol iztiroblari ikki barobar ortadi degan soz. Chunonchi asardagi Humor xolaning quyidagi “ xunarlari”ni kuzataylik: Humor xola. Ornidan turub, “aff-u”, “aff-u” deb, kekirub, Kamolni uqalab, yelkalariga gurs-gurs qoqar. Yelkasidan nina olib,nina bilan tilini qonatib quloqlarini chozar, peshonasiga, ikki chakkasiga, engagiga qoli bilan tilidan qon olib surkar. Ot uyunigidagi masxarabozdek tasqara qilib bolub, qolini ochub uzun duo qilib chiqib ketar.41 Shuni ham alohida takidlab otish lozimki, asarda qo oyogIkishanlangan “telba” bemorni Axmad( Kamolning dosti) yordamida doktor kelib korishi va uning : “Men ertaga soat 9da yana kelaman. Agarda bu kishan oyogidan yechilmasa, hukumat vositasila yeshdiraman”42 kabilardagi keskin gaplari bir tarafdan xalqni zamonaviy tibbiyot xodimlariga murojaat etishga chaqirish bolsa, ikinchi tarafdan esa asardagi fojiaviy xolatni yanada kuchaytirishi va songgi nuqtaga yetkazishida muhim vosita vazifasini otagan. Kishini yoldan ozdiruvchi yovuz kuchlar haqidagi dastlabki malumotlar insoniyatning muqaddas kitoblari bolmish “ Tavrot”, “Zabur”, “Injil”, “Quron” kabilarda berilishi, undan song Jahon xalqlari adabiyotida bunday yovuz kuchlar shartli-majoziy obrazlar sifatida tasvirlana boshlanganligi barchamizga malum, albatta. Gap shundaki, jahon adabiyoti, xususan dramaturgiyasi durdonalari, ularning nazariy asoslarini qunt bilan organgan jadid dramaturglaridan A.Badriy va A.Avloniylar ozbek dramaturgligida birinchilardan bolib, shartli-majoziy obrazlarini qolladilar. Chunonchi, A.Badriyning “Juvonmarg” nomli asarida fojia sodir etilgach, sahnada Shayton hozir boladi va tezda goyib boladi. Malumki arvoh,pari, shayton, iblis kabi majoziy obrazlar tragik qahramonlarning ota tang ahvolda qolgan vaqtlarida biror xabar yetkazuvchi yoki ularning ikkilanishlariga chek qoyuvchi vositalar sifatida tasvirlanadilar. Avloniyning muvaffaqiyati asardagi malak qiyofasida namoyon boluvchi Maryam bilan qora kuch timsoli Shayton obrazlarining ikki qarama-qarshi kuch sifatida berilganligida yaqqol namoyon boladi. Ularning biri Kamol hayot baxsh etmoqchi bolsa, ikkinchisi uni olimga chorlaydi. Sodir etilajak fojianing darakchisi Shayton uni yoldan ozdiradi. Aslida halokati mukarrar bolgan Kamolning yechimda goyo Shayton vasvasasiga uchrab ozini osib oldirishi xech shubxasiz asarga yanada tasirliroq, yanada daxshatliroq tus bergan. Fikrimizning dalili sifatida asardan songgi parchani keltiramiz. Kamol: “ Na qilding, ey falak, ul mohi tobi olam aroni? Nechuk qizgonmading yor qoynidan ul durri yaktoni? Xrob etsun, yiqutsun, motami bu eski dunyoni! Qiyomatlar qoparsun kok yuzinda yerdagi qoni! Ey zolimlar! Qonxorlar! Jallodlar! Qachongacha bu borishingizda davom etasiz?! Bizni, bir-birimizdan ayirgon kim? Siz! Siz! Gozal hissiyotlarimizni yer bilan yakson qilgon kim? Siz! Siz! Yoq, yoq, siz emas. Sizlarni yoldan uradurgon shayton, azozil iblis! Shayton: “Kamol, nima uchun mendan qorqasan? Qorqma. Nimaga mendan xafa bolasan! Qilgulikni ozing qilub gunohini mani boynimga agdarma! (Jiddiy) Siz!... Siz odam bolalari, biz shaytonlarni tushiga kirmagon gunohlarni qilasiz! Uyalmasdan hammasini bizni boynimizga agdarasiz!... “Biz va siz” dramasi XX asr boshidagi Turkistonning eskilik va yangilik borasidagi kurashni aniq taqdirlar misolida yoritib beradi. 4 pardali “Biz va siz” sahna asari Turkiston hayotidan olib yozilgan. Asarning asosiy qahramonlari manaviyatli, oqimishli, ziyoli Kamol va Maryam obrazlaridir. Kamol kop vaqt Yevropada bolib qaytadi. Yangiliklardan xabardor, dunyoda bolayotgan ozgarishlarni korib kelgan inson sifatida ozining yurti, yani Turkistondagi ogir, eski ahvolni korib achinadi. Odamlarning manaviyati va dunyoqarashi torligidan, eskilik sarqitlari bilan oralashib qolganliklaridan bu yerga qaytganiga pushaymon boladi. “Men qanday bir qiziq hollarga qoldim. Tort tomonim ham ot. Kecha-kunduz ortanish, yonishdan boshqa bir narsa yoq. bu jahannam teshigindan boshqa yangilik teshigi hech tomondan korinmaydur. Korunmoq ehtimoli ham yoq. koshki borgon yerimdan bu motamxona elimga, yurtimga kelmagon bolsam edi. Bu xurofotlar uyasi bolub, churub, biljirab ketgon eski turmushni kormagon bolur edim. On yil ichinda Yevrupoda oqub yurgon vaqtimda Turkiston allaqancha ozgargon, (unda) madaniy hayot ornashgon deb eshitgon edim. Afriqo, Amriqoning vahshiylari madaniyat, yangi turmush orqasidan cholishgon holda bizning Turkiston bolalari ham uncha-muncha yolga kirgon, ozgarishlar orqasida taraqqiyga qadam bosgondur deb oylagon edim. Hayhot, bu fikrimda zor yanglishgonman, xato oylagonman. Ozgarish bizning elning kochasidan otgon. Faqat ozgarish kochadagina bolgon. Ammo turmushda, uy ichida zigircha ham ozgarish yoq. Hamon eski hammom, eski tos”.43 Mana shu asardan keltirilgan Kamolning nutqidan parchada ham osha davr butunlay koz oldimizda gavdalanadi. Kamolga, hattoki, oz oilasi hamfikr bolmaydi. Chunki Kamolning otasi Karimboy, onasi Jamol ham eski fikrli odamlar edi. Oglining gap-sozini, yurish-turmushini umuman yoqtirishmaydi, qabul qilishni ham xohlashmaydi. Daram konfliktga qurilgan. Kamol va oilasi, Kamol va eski jamiyat ortasidagi konflikt. Dramadagi Kamol va Maryam obrazlari fojiyaviy qahramonlardir. Asarning qisqacha mazmuniga toxtaladigan bolsak, Kamol Yevropadan qaytgandan song uning oilasi uni uylantirmoqchi bolishadi. Kamol qizni kormagan va tanimas edi. Kamol bunga qarshi chiqadi. Chunki, oqigan, ziyoli odam sifatida tanimay, kormay, bilmay turib uylana olmasligini aytadi. Shuningdek, Kamolning Maryamda kongli bor edi. Ammo Kamolning ota-onasi buni tushunishni xohlashmaydi. Maryamning oilasini ozlariga teng korishmaydi. Maryam oqimishli, ziyoli, shoira qiz bolishiga qaramasdan, uni Kamolga olib berishdan bosh tostishadi. Buning asosiy sababi esa boylik, sep, mol-u dunyo edi. Kamolning ota-onasi uchun xotin, ayol tushunchalarining hech qanday ahamiyati yoq. Ular uchun xotin bu “chori” - erkakning mehnatini qiladigan chori. Ular uchun qizning manaviyati, odobi, aql-u farosati hech ahamiyatsiz. Mana fojia. Kamol oqigan, ziyoli bolgani uchun ham bunday oylamaydi. U bolajak turmush ortogini manaviyatli bolishini xohlaydi. Uning fikricha, ayol manaviyatli bolsa, oila ham mustahkam, kongildagidek oila boladi. Bolalariga tarbiya berishda ham asosiy rol onada ekanligini tushunadi. Karimboyning shu nutqida ham qanday ilmsiz, marifatsiz inson ekanligini korishimiz mumkin. “ Men bilamen, podshohni hushi qurbaqaga tushgandek, seni hushing amaking Salim qurumsoqning qiziga tushibdur. Men Yevrupoda oqidim, deb konglingga kelgan nomaqulchilikni qila berasanmi? Shariatda ham tavfiq degan gap bor. Bobolarimiz teng tengi bilan, tezak qopi birlan, demishlar. Ul kambagal Salim quruq bilan bizning oromizda yer bilan osmoncha farq bor. Xotun degan narsa erning chorisi boladur. Mana shul chahor devor ichida olturub, osh-suvga, erning yirtiq-yamogiga yarasa boladur”.44 Kamol oqimishsiz, manaviyatsiz, ozi bilmagan va tanimagan qizga uylanishdan astoydil bosh tortadi. Kamolning his-tuygulari bilan, orzu-istaklari bilan hech kimning ishi bolmaydi. Hammalari birgalashib uni tushunishga harakat qilishmaydi. Aksincha, uni notanish qizga uylanish uchun kondirishga harakat qilishadi. “Jon bolam, sen otangni qartaygan chogida kob xafa qilma. Ortuqboyni qizi senga maqul bolmasa ham xob deb olaver. Hozir otangni undan qaytarib bolmaydur. Keyin uning ustiga ozingni istagan qizing Maryamni ham olib berurmiz. Bir emas, ikki xotunlik bolursan. Xotun olib berish otangga qiyin ish emas - ogzining yeli, indamasdan olaber”.45 Kamolning onasining bu nutqidan ham shuni tushunish mumkin-ki, his-tuygu, sevgi-muhabbat, oila, mehr-oqibat ular uchun yot tushunchalar. Kamol dardini, ahvolini, holatini hech kimga tushuntira olmaydi. “ Oh…. Siz! Siz, eski turmush asirlari, xurofot qurbonlari, menga oxshash minglab yosh ospurunlarni boshiga yetasiz. Allaqancha oqumush, nozanin qizlarni ablah, johil, axloqsiz yigitlar qolida asir qilasiz, kaltaklatub oldirtirasiz. Siz! Siz muhabbat nima, sevgi nima, tenglik nima, oila nima, turmush nima, goya nima, amal nima, yuksalish nima, madaniyat nima - tushunmaysiz! Tushunmoqni ham istamaysiz!”46 Kamolni dosti Ahmaddan boshqa hech kim tushunmaydi. Oilasining bosimi va qistovi, yangalarning maqtovi bilan Kamol va boyning qizi Jamilaning toyi boladi. Jamila Kamol tasavvuridagi qiz bolmadi. Jamila va Maryamni taqqoslab bolmas edi. Maryam chiroyli, ziyoli, manaviyatli qiz edi. Jamila bolsa judayam xunuk, korimsiz edi. Kamol toydan song Jamilani korib, ozini yoqotib qoyadi. U butun umr kutgan rafiqasi shu qiz bolganligini hazm qila olmaydi. Maryam ham azoblanardi. Shuncha kutgan, kongil qoygan insoni bugun boshqaning yori. Hammasiga jamiyat, eski fikrlilik, jaholat aybdor edi. Kamolning ota-onasi majburlab, uni boshqasiga uylantirib qoygani bilan hech nima ozgarib qolmadi. Kamol u qizni turmush ortogi sifatida qabul qilmadi, yoniga ham yaqin bormadi. Kamolning ota-onasining bu qilgani oglini kasal va ahvoli ogirlashishiga olib keladi, xolos. Kamol uchun Maryamga yetisholmagani, bir notanish, xunuk qizga uylangani fojia edi. Shuningdek, Maryam uchun ham. Bu voqealardan Kamolning ahvoli yomonlashgach Karimboy va Jamol uni hali tabib, hali mulla, hali azayimxonga korsatadi. Ammo Kamolning dardi tabib-u mullalik emasdi. Ular faqatgina Kamolni tushunib, uning konglidagi inson bilan birga qilishlari kerak edi. Ammo, bunday bolmadi. Hattoki, Kamolning ahvoli yomon vaqtda ham ota-onasi uni shifokorga emas, mulla-yu tabiblarga korsatadi. Ular faqat eskilikka ishonishardi. Hatto, ular Kamolning oyogidan boglab ham qoyishadi. Mana yovuzlik, mana jaholat. Kamol ham, Maryam ham bu voqealar sababli hayotdan toydi. Ikkalasi uchun ham yashashdan maqsad yoq edi. Kamol Maryamning vidolashuv maktubini oqib shu ahvolga tushadi. “ Ey, zolimlar! Qotillar! Jallodlar! Dunyodan xabarsizlar! Eski turmush asirlari! Bizlarni boshimizga bu balolarni kelturgon, yosh umrlarimizni xazon qilgon, yorug dunyoda yashamoqdan toydurgon - siz! Siz! Siz!Siz!!!”47 Maryam zahar ichib, joniga qasd qiladi. Buni eshitib, Kamol ham ozini osib oldiradi. Asar fojia bilan yakun topadi. Achinarlisi shu-ki, hammasiga manaviy qoloqlik sabab boladi. Afsuski, hozirgi kunda ham Karimboy va Jamol singari, osha davrdagi xurofotchilar kabi insonlar ham uchrab turadi. Ular uchun manaviyat, sevgi-muhabbat, mehr-oqibatning zarracha qiymati yoq. Mol-u davlat, boylik, otkinchi narsalar ular uchun afzal. Korib turibmizki, bunday holatlarning hech biri yaxshilik bilan tugamaydi. Bu haqiqiy millat fojiasi, manaviyatsizlik sabab keladigan fojia. Xulosa qilib aytganda garchand ushbu asar hozirda jahon adabiyotshunosligi tan olayotgan “Abulfayzxon” nomli tom manodagi tragediya darajasiga chiqmagan bolsa-da, “milliy tragediya” sifatida qabul qilinishi lozim bolgan asarlardandir. Muallif eskilik bilan yangilik ortasidagi kurash, sevgi-muhabbat mojarosini tasvirlashda oziga xos original yol tanlangan. Asar nomlanishining oziyoq bunga dalil. Asardagi har bir obrazning oziga xosliklari, unda birorta ortiqcha personaj yoki bir-biriga boglanmay qolgan voqeaning , yani mantiq doirasidan tashqaridagi korinishning yoqligi etiborga loyiq. Janr nuqtai nazaridan esa, bu asar tragediyaga xos konfliktning nihoyatda murakkab va ziddiyatli hamda ishonarli ekanligini jihatidan Avloniyning oz davri dramaturglaridan bir muncha ilgarilab ketganligini korsatadi. “Biz va Siz” asari adibning takrorlanmas , oziga xos uslubga ega bolgan mahoratli dramaturg ekanligining isbotidir. Asarda kotarilgan masalalar bizning bugungi kunimiz va ertamiz uchun ham taalluqli va ahamiyatlidir. Chunki, hozirgi kunda ham kelin yoki kuyov tomonlarning obro- etibori, boyligigiga uchib, oz farzandlarining xohish-istaklari bilan hisoblashmay ish tutayotgan johil ota-onalar talaygina. Ana shuning oqibatida hech vaqt otmay ajralishlar tobora kopayib bormoqda. Shunday ekan, bu asarning hali umri juda uzoq. Download 414.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling