Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi
Download 414.85 Kb.
|
shahlo bmi oxirgi variant (2)
Tadqiqotning tarkibi.Kirish, asosiy qism, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat.
I BOB. ABDULLA AVLONIY —DRAMATURG 1.1. Drama janrining oʻziga xos xususiyatlari Har bir millatning oz manaviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda manaviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir. Manaviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini, manaviy qiyofasini ozida badiiy aks ettirgan tarixiy-badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va orni beqiyosdir. Ozbek adabiyotida bunday asarlar juda kop. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Bu jihatdan, taniqli ozbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan tort qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy sherlar” hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bolib hisoblanadi. Bu asarlardagi mukammal fikrlarning goyaviy jihatdan mukammalligi, ularning talim-tarbiya tizimiga va tushunchalariga asoslanganligi yuqoridagi fikrlarimiz dalilidir. Shuningdek, Abdulla Avloniy ijodiy merosi bilan ilk darsliklarning mukammal yaratuvchisi sifatida ham gavdalanganligi, asarlaridagi talim va tarbiyaga doir tushunchalarning, goyaviy-badiiy mushohadalarning tadqiq qilinganligi, qolaversa, mavzuning dolzarbligi marifatparvar adib, serqirra ijodkor Abdulla Avloniyning ijodida bugungi kunning eng muhim masalasi - talim va tarbiyaga doir fikrlarning dalili hikoyalar, sheriy lavhalar misolida yoxud majoziy xarakterga ega hikoyatlar asosida ochib berilishi asnosida kozga tashlanadi. 2017- yilning 3-avgust kuni Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv otkazdi. Ushbu uchrashuvda madaniyat va sanat sohasida yuzaga kelgan koplab muammolar ortaga tashlandi. Mazkur yigilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari, adabiyot va sanat sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar xususida soz bordi, yosh istedodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni rivojlantirish maqsadida yangi goya, tashabbus va takliflar bildirildi: “Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir ota muhim masala borki, unga alohida toxtalib otish zarur deb bilaman, u ham bolsa, unib-osib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bogliq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun, haqiqatdan ham, “…yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir.”5 Shu manoda Abdulla Avloniyning talim-tarbiya sohasidagi qarashlari ozbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas boglanganligi adibning boy pedagogik merosi talim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni oquvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va manaviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bolib xizmat qilganini organib chiqish davr talabiga aylanmoqda. Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy, balki noyob tarixiy-pedagogik, talimiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi. Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir bor shunga iqror bolamizki, uning asarlarida ifoda etilgan talimiy, tarbiyaviy-goyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar ozining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniy asarlarining tub mano-mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik goyalari va axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bolgan saboqlar borligini alohida takidlab otmoq joiz. Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida tavallud topgan. Ijodkor ozbek xalqining sanati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq talimi ishlarini yolga qoyishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va istedodli pedgogdir. U birinchilardan bolib ozbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga hissa qoshdi. U Turkistonda manaviy-marifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining kozga koringan vakillaridan biri bolib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga ozbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun 1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “Ozbekiston maorifi zarbdori” unvoni berilgan. Shuningdek, adib milliy talim-tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qoshganligi uchun 2020-yil 30-sentyabr sanasida “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.6 Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun tort qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy sherlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darsliklar yaratdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifga chorlaydi. XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning “Birinchi muallim” asari ham oziga xos oringa ega. Avloniy uni yozishda Saidrasul Aziziyning “Ustozi avval” asariga suyanadi. Avloniyning “Ikkinchi muallim” asari “Birinchi muallim” kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobni shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobni xrestomatiya deb atashimiz mumkin. Kitob maktabni olqishlovchi sher bilan boshlanadi: Maktab sizni inson qilur, Maktab hayot ehson qilur, Maktab gami vayron qilur, Gayrat qilib oqing, oglon! Maktabdadur ilm-u kamol, Maktabdadur husn-u jamol, Maktabdadur milliy xayol Gayrat qilib oqing, oglon! Bu sherda Avloniy maktabni insonning najot yoli, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar qiluvchi kuch deb maqtaydi. Shuning uchun tarbiya maskani ham maktab ekani takidlanadi. Avloniyning talim-tarbiyaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari katta ahamiyatga molik axloqiy va talimiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytaruvchi ilm-axloq haqida fikr haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, u bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib: “Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bolib osdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerdan turib yulduzlarga qol uzatmak kabidir”7, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkibi togrisida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolalarning atrofidagi kishilar ahamiyatga ega. Ozbek pedagogikasi tarixida Avloniy - birinchi “Pedagogika”, yani bola tarbiyasining fanidir” deb tarif berganlar. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bolimga ajratadi: 1.Tarbiyaning zamoni. 2.Badan tarbiyasi. 3.Fikr tarbiyasi. 4.Axloq tarbiyasi hamda uning ahamiyati xususida fikr yuritadi. “Tarbiyaning zamoni” bolimida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini takidlaydi. Avloniy, tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir. “Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”,8 - deb takidlaydi. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatning qudratli bolishi avlodlar tarbiyasiga kop jihatdan bogliq, deb takidlaydi adib. Ozbek pedagogikasi tarixida yangi usul maktabi tarafdorlari harakati, ularning boy pedagogik merosi muhim ahamiyatga ega bolib, bunda, shubhasiz, Abdulla Avloniyning pedagogik asarlari oziga xos oringa ega. Uning “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Adabiyot”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Uchinchi muallim”, “Hisob”, “Tarixi anbiyo”, “Maktab jugrofiyasi” kabi darsliklari; “Pinak”, “Advokatlik osonmi?”, “Biz va siz” kabi dramalari Turkiston olkasi xalqlari ortasida malum va mashhur bolgan. Avloniyning yuqorida takidlab otilgan darsliklarining bazilari bir necha marta nashr qilingan bolsa, bazilari qolyozma holicha qolib ketgan. Abdulla Avloniy darsliklaridagi badiiy matnlar talabalarga talim berish bilan birga tarbiya, asosan, axloqiy tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. Axloqqa Avloniy quyidagicha tarif beradi: “Insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur».9 Abdulla Avloniyning fikricha, insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi narsa axloq tarbiyasidur. Abdulla Avloniy inson xulqini ikkiga: yaxshi va yomon xulqlarga boladi: “Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bolmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni odat qilsa, yaxshilikka tavsif bolub, “yaxshi xulq”; agar tarbiyasiz osub, yomon ishlarni ishlaydurgon bolub ketsa, yomonlikka tavsif bolub, “yomon xulq” deb atalur”. Abdulla Avloniydan axloqiy tarbiyaga oid boy pedagogik meros qolgan. Biz ilmiytadqiqot ishimizning oziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning sher va hikoyalaridan talabalarni axloqiy tarbiyalash imkoniyatlariga kora quyidagi yonalishlarga ajratdik:10 — vatan, vatanparvarlik;— dostlik, ortoqlik;— rostgoylik;— ustoz, ota-ona va qavm-u qarindoshlarga hurmat;— ilm-u marifatga davat;— sabr, qanoat;— saxovat. Vatan, vatanparvarlik haqidagi sher va hikoyalar. XX asr boshlarida vatan, vatanparvarlik haqida koplab badiiy hamda pedagogik asarlar yozildi. Bular ichida Abdulla Avloniyning vatan, vatanparvarlik haqidagi merosi oziga xos oringa ega bolib, u hozirgi kunda ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Abdulla Avloniyning 1912 yilda nashr qilingan “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida vatan, vatanparvarlik, oz yurtiga sadoqat va sodiqlik haqidagi “Vatanni suymak” bobida shunday yozadi: “Har bir kishining tugulub oskan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tugulgan,osgan yerini jonidan ortiq suyar… Biz turkistonliklar oz vatanimizni jonimizdan ortiq suydigimiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik, issig chollarini, eskimolar-shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga oz vatanlarin tashlab, hijrat qilurlar edi”.11 Talabalarni axloqiy tarbiyalashda Abdulla Avloniyning “Bahor”, “Yoz”, “Kuz”, “Qish” sherlari; oquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda esa “Vatan” hamda “Hijron sozi” sherlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Bizningcha, bunga asosiy sabablar: — “Vatan” hamda», “Hijron sozi” sherlari bevosita ilm oluvchilarga atab yozilgan; — bu sherlar ilm oluvchilarning bilim darajasiga, dunyoqarashiga, yoshi, ruhiy holatlariga mos keladi; — sherlardagi mano va mazmun sodda, ravon tilda bayon qilingan; — bu sherlarning yozilganiga yuz yilga yaqin vaqt bolsa-da, ular hozirgi adabiy tilimizga mosligi bilan alohida ajralib turadi.12 Abdulla Avloniyning vatan, vatanparvarlik ruhida yozilgan hikoya va sherlari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlarni organishda muhim ahamiyatga ega bolib, ulardan talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlari beqiyosdir. Talabalarda dostlik, ortoqlikni tarbiyalash. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining bir bobi “Munislik” deb nomlangan. Unda “Munislik deb har kim oz tengi, maslakdoshini topub, ulfat bolmakni aytilur. Dunyoning lazzati sodiq dostlar ila suhbat qilmoqdan iboratdur”,— deb takidlangan. 13Bubobdadostikkixil — sodiq, chinvanodon, yolgonbolishi, ularningbir-biridanfarqi, tafovutlarinikorsatib, yolgon, nodondostdanuzoqroqyurish, ehtiyotbolish, chinvasodiqdostlarqandaybolishilozimligitakidlabotilgan. AbdullaAvloniy “qissadan-hissa” usulidanunumlifoydalangan. BundaSharq, xususan, ozbekxalqfolkloridan, Sharqklassiklariningsherlaridanva, albatta, HadisiSharifnamunalaridanijodiyravishdafoydalangan. Bazi hollarda ozi ham sher bitgan. “Munislik” bobida quyidagi sher qissadan-hissa tarzida keltirib otilgan: Yaxshi dost aybi yor-u dostini, Kozgudek robarosida sozlar. Yomon ortog tarogcha ming til ila,Orqadan birmalab terib sozlar. 14 Abdulla Avloniy deyarli barcha darsliklarida ilm oluvchilarning dostlik, ortoqlik fazilatlarini ostirishga katta etibor bergan. Chunonchi, “Birinchi muallim” darsligidagi “Ittifoq”, “Ikkinchi muallim” darsligidagi “Yolgon dost”, “Ayiqning dostligi” hikoyatlari bunga yaqqol misol bola oladi. “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi “Nifoq” bobida; “Birinchi muallim” darsligidagi “Yaxshilik erda qolmas”, “Arslon ila Ayiq”, “Xoroz ila Bori”, “Ahmad ila otasi”, “Kor ila choloq” hikoyalarida ham dostlik, ortoqlik haqidagi fikrlar mavjud. Rostgoylikni tarbiyalash. Ozbek xalqi yoshlarda rostgoylikni tarbiyalashga juda katta etibor bilan qaragan. Abdulla Avloniyning pedagogik merosida togri sozlash, rost gapirish haqidagi sher va hikoyalar anchagina bolib, “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi “Haqqoniyat”, “Kizb” boblari, bolalarga atab yozilgan “Yolgonchi chopon” sheri bunga yaqqol misol bola oladi. Abdulla Avloniy haqqoniyatga, togri sozlashga quyidagicha tarif beradi: “Haqqoniyat deb ishda togrilik, sozda rostlikni aytilur. Inson bostoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yoli ila chiqar. Insoniyatning ildizi olan rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning onasi haqqoniyatdur”. Avloniyning fikricha, haqqoniyat ikki turga bolinadi: ishda haqqoniyat, ishda togrilik hamda sozda togrilik. Aql egalari, vijdon sohiblari har doim korgan va bilganlarini, haqiqatni va togrisini sozlaydilar. Ishda togrilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmaslikdir. Sozda togrilik har doim rost sozlamoqlikdir. Aqlli, vijdonli inson yuqoridagilarga amal qiladi. Rostgoylikning teskarisi bu yolgonchilikdir. Yolgon sozni Avloniy kizb deb ataydi. Yolgonchi kishilarni esa kazzob deb nomlaydi. Oqil va diyonatli kishilarga yolgon sozlardan tillarini saqlamoq bilan birga avlodlarini yolgonga odat qildirmasdan tarbiya qilmoqlari eng muqaddas insoniy vazifalardan hisoblanadi. Drama turiga mansub barcha asarlar ham qahramonlar harakati va ruhiy holatini koʻrsatishga asoslangan Drama soʻzi yunoncha soʻz boʻlib ,u "harakat" degan maʼnoni bildiradi. Drama turiga mansub barcha asarlarda qahramonlar kayfiyati, qarashlarida oʻzgarishlar ularning dialog, monologida aks etadi . Bu dialog va monologlar muayyan hodisani keng gavdalantirishi bilan epik turga mansub asarlarga, voqealarni faqat qahramonlar nutqi orqali maʼlum qilish bilan lirik asarlarga oʻxshaydi.Hayotni badiiy aks ettirishning ikki turiga xos sifatlarni oʻzida mujassamlashtirgani buni drama turiga mansub asarlar soʻz sanʼatining yuksak choʻqqisi deb taʼriflanadi. Epik va lirik turga oid asarlarda muallif bayoni alohida oʻrin tutadi.Ularda muallif lirik chekinishlar vositasida ham, qahramonlar holati tasviri orqali ham hodisaga oʻz munosabatini bildiradi.Drama turiga mansub asarlarda esa muallif nutqi , muallif bayoni boʻlmaydi . Hodisalar faqat personajlar nutqi - ularning dialogi va monologi orqali bilinadi . Hayotning muayyan koʻrinishi mana shu tarzda xolis gavdalantirilishiga kora ham drama soz sanatining oliy turi, sanatning toji deb tariflangan. Drama asarlarining oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning sahnada ijro etilishidir . Bu turdagi asarlar sahnada ijro etilgandagina toʻlaqonli taʼsirchanlik kasb etadi.Dramaning sahna sanʼati sifatida dastlab qaysi xalq madaniyatida paydo boʻlgani aniq maʼlum emas . Chunki drama sanatning yuksak namunasi, eng ommabop tomosha turi sifatida barcha xalqlar madaniyatida azaldan mavjud bolgan. Biroq u har xil shakl, korinishda bolgan. Sharqdagi qiziqchilar, masxarabozlar tomoshalari ham aslida oziga xos drama asari sanaladi. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani “Qiziqlar” bobida muqallid, yani taqlid qiluvchilarning keng maydon, bozor joylarda qiziqchilik qilib, tomosha korsatgani malum qilinadi. Qiziqchilarning bu korsatgan tomoshalari ham dramaning oziga xos korinishidir. Drama asarlari “sanatning gultoji” deyilsa-da, unda suniylik, yasamalik borligi sezilib turadi. Masalan, aktyor sahnada rol ijro etadi, yani muqallidlik qiladi. U ozini har xil odamlar qiyofasiga solib korsatadi. Mana shu hodisaning oziyoq dramaning epos va lirikadan kora sintetik sanat ekanini korsatadi. Albatta, sanat hayotni ramzlar orqali korsatish, aslidagidan kora borttirib, tasirchanroq qilib gavdalantirishi bilan qiziq. Sanatning mana shu jihati, ayniqsa, drama asarlarida aniqroq namoyon boladi. Maxmudxoja Behbudiy (1875-1919)ning “Padarkush” asari ozbek adabiyotidagi ilk drama deyiladi. Bu drama 1911-yilda yozilgan bolsa-da, dastlab 1912-yilda “Turon” gazetasida bosilgan, 1913-yilda esa kitob holida chop etilgan. Dramaning elon qilinishiga mustabid chor hukumati mamurlari qarshilik qilishgan. Muallif “Padarkush”ni chor senzurasidan otkazish uchun kitob muqovasiga rus tilida “Rusiyaning fransuz istibdodidan qutulishi va mashhur Borodino muhorabasi xotiralari yubileyiga bagishlayman” deb yozishga majbur bolgan. Drama asarlarida inson ichki dunyosida mavjud bolgan qarama-qarshiliklar kurashi epos va lirikadagidan kora ochiqroq namoyon boladi. Bunday bolishiga aktyorning sahnada rol ijro qilishi ham saba boladi. Drama asarlarida ham xuddi roman, qissa, hikoya, doston, ballada kabilardagi singari kishilararo kurash va insonning oz ichki dunyosidagi ziddiyat korsatiladi. Inson qalbidagi qarama-qarshilik tadqiqotlarda “ichki kolliziya” deb yuritiladi. Drama turiga mansub asarlar ham tanlangan mavzusi va uni yoritilishiga qarab janrlarga bolinadi. Bular: drama, komediya, tragediya janrlaridir. Ular muayyan umumiyliklarga va malum bir oziga xosliklarga ega. Masalan, fojelikni korsatish asosiy orin tutgan tragediyada komediyaga xos kulguli holatlar bolishi yoki drama janridagi asarlarda ham qahramonlar olishi, olishuvlar, qotilliklar namoyon bolishi mumkin. Drama turiga mansub asarlar pese deb ham yuritiladi. Pese fransuzcha soz bolib, “butun”, “ulush” degan manoni bildiradi. Pese drama, komediya, tragediyaning umumiy atamasidir. Drama yunoncha soz bolib, “harakat” demakdir. Bu janrga mansub ilk asarlar turli xalq marosimlarida ijro qilingan. Xalq marosimlar drama janri vujudga kelishiga poydevor bolgan. Hindiston, Xitoy, Yunonistonda qadim-qadimdan marosimlarda sahna tomoshalari korsatilgan. Hozirgi tasavvurdagi drama asarlarining ilk korinishlari esa Yevropada shakllangan. Bu mamlakatlarda sahna sanati, ayniqsa, Uygonish davrida rivoj topgan. V.Shekspir (1564-1616), Lone de Vega (1582-1635) kabi adiblarning dramalari keng shuhrat qozongan. Drama janridagi asarlarda komediya va tragediya xususiyatlari oziga xos tarzda umumlashadi. Chunki unda jiddiy konfliktga asoslangan voqealar qahramonlarning ham kulguli, ham fojeali holatlarini gavdalantirish orqali korsatiladi. Umuman, drama asarlari ijobiy va salbiy kuchlar orasidagi kurashni namoyon etishga asoslanadi. Hamzaning “Paranji sirlari”, Uygun va Izzat Sultonning “Alisher Navoiy” dramasidaham qahramonlar ortasidagi ziddiyat mavjud hayot haqiqatiga mos gavdalantiriladi. Komediya yunoncha sozdir. Bu janrga mansub asarlarda voqealar qahramonlarning kulguli fel-atvorlari, xatti-harakatlarida korsatiladi. Hayotning muayyan hodisalarini kulguli tarzda namoyon etish komediyaning asosiy xususiyati sanaladi. Xalq tomoshalari komediyaning paydo bolishi uchun ham ilk asos hisoblanadi. Sharq xalqlari, jumladan, ozbek xalqi marosimlarida qiziqchilar, muqallidlar turli kulguli tomoshalar namoyish etishgan. Osha kulguli tomoshalar komediyaning oziga xos bir korinishidir. Qadimgi yunonlar ham oz marosimlarida turli kulguli tomoshalar korsatishgan. Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Yunonistonda yashab otgan Aristofanning “Chavandozlar”, “Bulutlar”, “Qurbaqalar” kabi asarlari komediyaning ilk yuksak namunalari sanaladi. Lone de Veganing “Toledo kechasi”, V.Shekspirning “Qiyiq qizning quyilishi”, Karlo Gotsining “Turandot”, Jan Batist Molyerning “Don Juan”, Per Bomarshening “Seviliya sartaroshi”, Fonfuzinning “Dumbul boyvachcha”, A.Griboyedovning “Aqllilik balosi”, N.Gogolning “Revizor”, A.Ostrovskiyning “Qoynidan tokilsa qonjiga” kabi komediyalarida hayotning jiddiy muammolari qiziqarli va kulguli gavdalantiriladi. Hamzaning “Maysaraning ishi” asari ham mavjud hayot haqiqatini kulguli holatlarda korsatishi bilan etiborni jalb qiladi. Tragediya keskin, murosasiz ziddiyatlar korsatish, qahramonlar taqdiridagi hojiyalarni akslantirish, hayotning muhim ijtimoi-siyosiy, manaviy-axloqiy muammolarni falsafiy tahlil qilish asosiy orin tutadi. Ushbu janrning xuddi quvnoq tomoshaday “tragediya - echki qoshigi” deb nomlanishiga sabab esa bu xil asarlarning dastlab qadimgi Yunonistonda paydo bolishi bilan bogliq. Otmishda bu mamlakatda dala, bogdorchlik va may xudosi Dionis sharafiga echki qurbonlik qilinib, bayramlar otkazilgan. Bu bayramlarda korsatilgan xalq tomoshasi “tragediya-echki qoshigi”deyilgan. Keyinchalik boshqa sayil, bayramlarda namoyish qilingan tomoshalarning birinchi korinishida ham Dionis sharafiga echki qurbonlik qilish sahnasi oynalgan. Shu tarzda hayotdagi fojealarni gavdalantirish asosiy orin tutgan sahna asari “tragediya” deb nomlangan. Qadimgi zamonning Esxil, Sofokl, Yevriped singari donishmand ijodkorlari tragediyaning yuksak namunalarini yaratishgan. Ularning asarlarida inson qismati chigalliklari, kishilar fel-atvori murakkabliklari butun ziddiyatlari bilan tasirchan akslantirilgan. Tragediya asarlarini qadimdan sheriy usulda yozish anana bolgan. Shuning uchun Sofokl asarlari ham, Shekspir tragediyalari ham qisman nasriy parcha aralashgan holda, asosan, sheriy yolda yozilgan. Tragediyalarda, asosan, yuqori tabaqa vakillari hayotini gavdalantirish tamoilga aylangan. Bu bilan hukmron tabaqalarning nobop xatti-harakatlari millat, mamlakat uchun fojea keltirishi takidlangan. Tragediyalar mana shu jihatiga kora ham hamisha hammaning etiborini tortgan. Tragediya XIX asrgacha, yani roman janri yuksak mavqega erishguniga qadar Yevropada adabiyot mavqeini belgilashning oziga xos mezoni bolib kelgan. Ilk tragediyalarda xudolar, ilohiy kuchlar, mifologik qahramonlar ortasidagi murosasiz kurash korsatilgan. Keyinchalik V.Shekspir (1564-1616), J.Rasin (1639-1699), Volter (1694-1778) asarlarida yuqori doira kishilari hayotidagi fojeliklar gavdalantirilgan. A.Pushkin (1799-1837)ning “Boris Godunov” asari rus adabiyotidagi dastlabki tragediyalardan sanaladi. Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” (1924) asari esa ozbek adabiyotidagi ilk tragediya hisoblanadi. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulugbek” asarida davr fojeasi temuriy hukmdorlar ortasidagi murosasiz kurash manzarasi orqali korsatilgan. Tragediyalarda fojealarni korsatish asosiy orin tutsa-da, unda komediyaga xos kulguli sahnalar ham bolishi mumkin. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asarida qishloq ayolining uqubatli hayoti kulgili voqealar orqali gavdalantiriladi. Butun turish-turmushi dala mehnati bilan bogliq xotin-qizlarning zahmat-mashaqqatiga temir robot ham bardosh berolmasligi qiziqarli vaziyatlarda namoyon etiladi. Shu boisdan “Temir xotin” tragikomediya deyiladi. Fojelikni kulgili, qiziqarli akslantirish ustuvorligi nazarda tutilsa, uni shunday deyish mumkin boladi. Tragikomediya mustaqil adabiy janr emas. U tragediyaning oziga xos korinishi, xolos. Tragikomediyada ijtimoiy hayotning juda jiddiy manaviy-axloqiy, siyosiy muammolari kulgili voqealar orqali korsatiladi. Dramada tragediyaga xos fojelikning bolishi, tragediyada komediyadagiday kulgili voqealarning mavjudligi barcha dabiy janrlar mushtarak hodisa ekanidan dalolat beradi. Taniqli rus adabiy tanqidchisi V.G.Belinskiyning aytishicha, drama adabiyotning gultoji hisoblanadi. Unda dramaturgga nisbatan tashqi voqea hodisalar, hayotiy masalalar ishtirok etuvchi shaxslarning oz ozini namoyon qilish vositasida aks ettiriladi. Adabiyotning boshqa ikki turiga xos belgilar dramada shu tarzda chatishib ketishini epik va lirik ibtido ozaro kelishuvining aynan ozi deb tushunish mumkin emas. Bunday qoshiluv natijasida drama emas, lirik epik poeziya yuzaga keladi. Unda voqealarning epik tasviri bilan shoir fikr tuygularining lirik ifodasi birlashib ketgan boladi. Drama bir qator xususiyatlarga ega bolib, ularning eng muhimlarini korib otmoq zarur. Bu xususiyatlarning biri shundan iboratki, mazkur turga mansub asarlarda harakat dramatik tarzda, yani keskinlik, otkirlik kasb etgan holda rivojlanib boradi. Har qanday hodisa ham dramatik bolavermaydi va shunga kora drama syujetiga kiravermaydi. “Dramatizm faqat suhbatda emas, balki gapiruvchilarning bir-biriga nisbatan harakatidir, degan edi V.G.Belinskiy. Agarda, masalan, ikki kishi bir nima togrisida bahslashsa, bu yerda faqat drama emas, balki dramatik unsur ham yoq; ammo bahslashuvchilar bir-birlaridan ustun chiqishi uchun, bir-birlarining harakatlarining qanday bolmasin biron tomonini bosib qoyishga yoki ruhning zaif qillarini chertib qoyishga urinsalar va bu narsa orqali ularning xarakterlari ochilsa, nihoyat, bahslashuv ularni bir-birlariga nisbatan yangi munosabatda bolishga majbur qilsa bu narsa drama deb atalishi mumkin”. Agar epik asarlarda dramatik jihatlar ayrim orinlardagina kozga tashlansa, dramada ular, odatda, har bir sahnada, korinishda mavjud boladi. Dramaning mazkur belgisidan umimg ikkinchi xususiyati kelib chiqadi. Bu xususiyat shundan iboratki, dramada muayyan harakat birligi boladi. Albatta, harakat birligi poeziyaning boshqa turlarida ham mavjud, chunki usiz asarni goyaviy-badiiy jihatdan bir butun, yaxlit, mukammal holga keltirish mumkin emas. Agar harakat birligi bolmasa, asar alohida-alohida parchalarga bolinib ketadi va uni “asar” deb atash mumkin bolmay qoladi. Agar epik asar yaratuvchi yozuvchi oz asarining goya va mazmuni kop tomonlama yoritishga intilib, ozaro boglangan va oqibat natijada asosiy fikrni ifodalashga xizmat qiladigan bir necha hayotiy muammoni kotarib chiqishi mumkin bolsa, dramaturg imkoniyatlari dramatik asarning qatiy raqamlari bialn malum darajada cheklangan boladi. “Soddalik, u qadar murakkab emaslik va harakat birligi ( asosiy goyaning birligi manosida), deb yozgan edi V.G.Belinskiy, dramaning asosiy shartlaridan biri bolishi lozim; unda hamma bir maqsadga, bir moljalga qarab yonalishi kerak”. bunga iqror bolmoq uchun Asqad Muxtorning “Chinor”, Said Ahmadning “Ufq”, Odil Yoqubovning “Ulugbek xazinasi” romanlari bilan ular asosida yaratilgan spektakllarni taqqoslab korish mumkin. Spektakllarda romanlarning ayrim syujet chiziqlari magziga qoldirilib, asosan, ularning rivoji korsatilgan. Download 414.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling