Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi
“Pinak” dramasida giyohvandlik illatining fosh etilishi
Download 414.85 Kb.
|
shahlo bmi oxirgi variant (2)
2.2.“Pinak” dramasida giyohvandlik illatining fosh etilishi
Giyohvandlik illati, nafaqat, hozirgi davrda, balki, otmishda ham insonlarning boshiga ogir kunlarni solgan yomon illatdir. Soglom turmush tarzi orniga insonlar giyohvandlik singari yomon illatlarni tanlashi achinarli holatdir. Abdulla Avloniyning “Pinak” dramasida ham mana shu qora illat haqida soz boradi. Jamiyatimizning eng ogir kunlarida eskilik, qoloqlik, xurofotchilik avj olgan davrda insonlar jamiyatni ravnaq toptirish yolida ish qilish orniga oz nafsi yolida giyohvandlik, qimorbozlik kabi yomon illatlarga mukkasidan ketganligi korsatilgan. “Alhamdulillo, bugun chahor ishkal but. Togramda koknorim, oldimda qand-magizmi, bir yonimda choynakda choymi…Bugun ozim ong yonim ila turgon ekanman. Oh, oh, oh… Har kim bu koknoridan ichmabdur, dunyoga kelmabdur. Oh, oh … Bu Maskovdan mozor bosub kelgon orisvoyni choyidan atir isi keladiya. Orisvoyni otasi korgan-da, bizdek kambagallarni gamini yeb, shunday tamli choylarni chiqorib qoyubdir. Agar bu choylarni samovarda qaynatub, damlab ichsangiz, voy-boy, xuddi odamni mas qiladi-de.”19 (Tursun nutqi) “Pinak” dramasida Tursun - giyohvand, Tolib - qimorboz asosiy obrazlardir. Tursunboy koknoriga mukkasidan ketgan osha davrdagi oziga toq insonlardan.tolib esa 25 yoshli yigit. Ayni ishlab, oqib, jamiyatga nafi tegishi kerak bolgan yosh navqiron yigit. Lekin Tolib qimorbozlik oyiniga berilgan, bor-budini shunga tikkan inson. Kamiga ozida hech nima qolmagach Tursun qoshnisini qorqitib yoki avrab, aldab doimiy qarzga pul olib yuradi. “sanga qimordan boshqa gap qurib qoldimi? Ulamolardan eshitamizki, qimor oynamoq harom deb. San har kun qimorxonaga borasan, yutqazasan, kelasan mani betinch qilasan. Nima, oynamasang, olasanmi?”20 (Tursun nutqi) QIMORBOZNI(NG) QIMORBOZGA NASIHATI Banda bolsang yutquzub, beorman, deb yiglagil, Chontagimda bir pulim yoq, zorman, deb yiglagil. Volidangni paxtasini ur, qimorga boy ber, Ogrisan, deb ushlasa, nochorman, deb yiglagil Ertadin axshomgacha oynab yurugil bemalol, Kechqurun osh vaqtida tayyorman, deb yiglagil. Yaxshilikga undasa har kim seni, solma quloq, Man nasihat ahlidin bezorman, deb yiglagil. Ishlasang bolmaydimi, kuch-quvvating bor-ku desa, Sog emasman, bequt-u bemorman, deb yiglagil. Kokraging zaxga berib yotgil, yoqongni chok etib, Tur bolam, — desa onang, - uxlorman, deb yiglagil. Gar yomonlar suhbatiga chorlasa, tayyor bol, Yaxshilar yoqlar esa, murdorman, deb yiglagil. Oynama, oglim, qimor, deb yiglasa, Hijron, onang, Organib qoldim netay, xummorman, deb yiglagil.21 Tursun qoshnisi Tolibga aql bergudek bolsa, Tolib qimorbozlik bu uchun tarki odat ekanligini, yoshlikdan shu yomon ishga organib qolganligini aytib tana qiladi. Jamiyatdan, ota-onasi uni oqitmaganidan nolib gapirar edi. Tolib ozi biladi qimor yomon ekanligini, ammo, uni tark qilolmaydi. Qimor sabab u bitta nonga ham zor bolib kun kechiradi. Tolib Tursunboyga oglini oqitishi kerakligini doim aytadi, oqisa yaxshi inson bolishiga ishonadi. Togri, Tursunboy oglini oqitayotgan edi, ammo xuddi ozidek koknoriga orgatib, uni ham shu yomon illatga qaram qilib qoyayotgan edi. Bularning hammasi achinarli, albatta. Otalar bolasiga ornak bolishi kerak, Tursunboy bolsa, aksincha, oglini qora oguning botqogiga itarayotgan otadir. Togri, Tursunboy oglini oqityapti, ammo, u bola oqigan bola turib, koknoriga, yani qora oguga qaram bolsa, kelajakda undan jamiyatga qanday naf yetadi. Insonlarning manaviy qashshoqligi shu holatlarda, Tursunboy va Tolib obrazlari orqali korsatib berilgan. “Kob ichmaydi, oz-moz ichadi. Bir uyda turub, man ichganda oglim qarab turgani yaxshimi?”22 (Tursun nutqi) Dramada kimdir qimorboz, yana kimdir giyohvand, yana kimdir yolgonchi. Xullas, jamiyat ravnaqiga bolga uradigan illatlar bilan band insonlar tasviri berilgan. Dramada insonlar ziyoli, ilm-marifatli bolish orniga qingir-qiyshiq yollar, zararli odatlarni tanlagan sodda va omi xalq tasviridir. Mana bizning qoloqlik botqogiga botganimiz sabablaridan biri. Shu illatlarning ozi, aslida, bizni, xalqimizni jar yoqasiga olib borgan. Abdulla Avloniy bu sahna asari bilan nima demoqchi? Biz buyuk ajdodlar avlodimiz, biz ilm-u marifat bilan band bolish orniga, xalqni yomon ishlar va illatlar bilan band bolganligini korsatmoqchi. Vaholanki, osha davrda Yevropada sanoat, industriya rivojlangan, ilm va sanat, madaniyat rivojlangan davr edi. Bizning yurtda esa eskilik xurofotlari avj olgan, insonlar esa giyohvandlik, qimorbozlik kabilar bilan umrini behudaga sarflayotgan edi. Abdulla Avloniy xalqni uygoqlikka chorlagan. Bu kabi asarlari orqali zararli illatlar insonlar boshiga kop yomonliklar olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan. “ Boya ozingiz manga nasihat qildingizki, qimorni oynamasang bolmaydimi (deb). mana, ozingiz nimaga koknori ichasiz? Bu qimordan ham yomon(ku)? Qimordan bir kun yutquzgon kishi bir kun yutadi. Ammo bu koknoringizga pul dod deb ketadi. Ozi - zahar. Bora-bora ichgan odamni badanini zaharlab, boynini qiltirugdek qilub, pas(t) nazar qilub, odamni odamgarchilikdan chiqorub qoyadir”23. (Tolib) “Koylagi yoq tizzasi yirtiqga kular, degandek, sani odamgarchilikni bilganinga olaymi?! Shunchalik aqling bilan qimor oynaganingga hayronman…”24 (Tursun) Giyohvandlik illati hozirda ham butun dunyoda dolzarb mavzudir. Shu sababli ham Avloniy asarlari bugungi kun uchun ham taalluqli va foydalidir. Bu kabi dramalarni sahnada korsatib berish, yoshlar manaviyatining osishiga xizmat qiladi. Ularda yomon illatlarga nafrat hissini uygotadi. KOKNORI VA QIMORBOZ («Yig'lama yorim»2 kuyiga) Barcha qildi taraqqiy, bizlar uxlashmayluk, Eski odat — bidatni mahkam ushlashmayluk. Ichma koknori, ichma, tashla past ishlarni, Oynama qimor, qimor, boz tashla mushlashlarni. Sabab nedur, bizlarda ilma ragbat yoqdur, Sarxushlik kayfi birlan qornimiz xob toqdur. Ilm-u hunar organsun bizni(ng) ham avlodlar, Bolgusidir ilm ila har bir ish bunyodlar. Ozgalar kirdi yolga, bizlar gofîllarmiz, Avlodimiz bilimsiz, barcha johillarmiz. Buzuq ishdan dinimiz bizlarni man etgan, Bizning ishlar barchasi teskariga ketgan. Kozni oching, yoronlar, bizlar ham inson-ku? Mana, bizning millatning ahvolidur - ushbu? Bormu bizdek dunyoda notavon hech millat, Qilmushi koni zarar, turmushi hab illat? Millat holin korganda kozlarimdur giryon, Muncha pastlab ketdi deb boladurman Hijron. Ichma koknori, ichma, tashla past ishlarni, Oynama qimor, qimor, boz tashla mushlashlarni.25 Shu orinda Quroni Karimning bazi suralaridan joy olgan yomon illatlar haqidagi oyatlarni keltirishni orinli deb bildim. “Ey insonlar! Yerdagi narsalardan pokiza halol holatda yenglar! Va shaytonning izlariga ergashmanglar! Albatta, u sizlarga ochiq dushmandir”26. “…Oz qollaringiz bilan ozlaringizni halokatga tashlamangiz!”27 “ Ozingizni ozingiz oldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir”28. Umuman, ikkinchi bob yuzasidan quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin: Jadid dramaturglari tomonidan qollangan “kulgu”, “fojia” kabi istilohlar yuqorida ornatilgan pyesalar mohiyatini ozida tola aks ettiradi. Professional komediya, tragediyalar talablariga ham malum darajada javob bera oladi. Shundan kelib chiqib , jadid dramaturgiyasi, xususan Avloniyning dramatic asarlarini “milliy drama”, “milliy tragediya”, “milliy komediya” kabi istilohlar bilan atash togri boladi, deb oylaymiz; Avloniyning “Advokatlik osonmi?” va “Pinak” nomli asarlari janr nuqtai nazaridan milliy komediyalardir; “Advokatlik osonmi?” asarida muallif Turkiston xalqining qoloq, johil va marifatsiz vakillariga yetti yil Ovropa tahsilini olib kelgan ziyoli yigit Davronbek nazari bilan qaraydi. Shu yol bilan nafaqat ozi, balki butun jaded ziyolilarining millat orasidagi bunday tanazzuliga nisbatan munosabati va bergan bahosini korsatadi. Download 414.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling