Ozbekiston respublikasi maktabgacha va maktab talimi vazirligi
II BOB. ABDULLA AVLONIY DRAMALARIDA DAVR RUHI VA QAHRAMON TALQINI
Download 414.85 Kb.
|
shahlo bmi oxirgi variant (2)
II BOB. ABDULLA AVLONIY DRAMALARIDA DAVR RUHI VA QAHRAMON TALQINI .
2.1. “Advokatlik osonmi” dramasida davr ruhi va qahramon talqini Avloniyning 10-yillarda yozgan «Pinak» (1915), «Advokatlik osonmi?!» (1916) dramatik asarlarida sheriyatdagi goya va fikrlar davom etdi. Jaholat va zulmatga botgan Turkistonning chirkin manzaralari kulgili lavhalarda sahnada namoyish qilindi. Chunonchi, «Pinak»da gayrat va shijoatlari bilan dunyoni larzaga solgan, kunchiqardan kunbotishgacha yurt soragan buyuk bobolarning zalolatga botgan avlodlari koknori va qimorbozlar hayoti orqali fosh etiladi. «Advokatlik osonmi?!»ning mazmuni quyidagicha: Davronbek Rossiyada yetti yil oqiydi va Turkistonga advokat bolib qaytadi. Lekin shu otgan vaqt ichida uning turmushida biror ozgarish bolmabdi. Xalq hali ham ilm-u marifatdan yiroq. Fuqarolik qoidalari, davlat qonunlari, huquqiy tartiblardan bexabardirlar. Shu sababli ular baxtsizdirlar. Davronbek shunday oylaydi va qolidan kelgancha ularga yordam bermoqchi boladi. Masalan, Xudoyberdi chol tirikchilikning og'irligidan otasidan qolgan ikki tanob yerning yarmini bir boyga sotishga majbur. Lekin pulining yarmini olib, yerdan foydalanib turganda, bilimsizligi, oldi-sotdining tartib-qoidalaridan bexabarligi oqibatida «chuv tushadi». Ma'lum muddatda qaytaraman, deb tilxat berib olgan pulni «beparvolik qilib» qaytarmaydi. Undan foydalangan boy tezlik bilan yerni oziga xatlab olish chorasini koradi. Baxtsiz Mehrinisa xola on besh yildan beri qimorboz eri qolida «otga yoqilib, toshga chaqiladi». Xullas, hamma yoq g'urbat. Adibning «Biz va Siz» asari, nomlanishidan korinayotganidek, turmushga ikki xil yondoshishni ifoda etadi. Unda jaholat mavzusi bilan yonma-yon muhabbat ham beriladi. 18Uning markazida Yevropada on yil oʻqib, «yangi hayot», «yangi turmush» haqidagi joshqin orzular bilan qaytgan Kamolning taqdiri turadi. U «churub, biljirab ketgon» «eski turmush»ni «tuzatmoq»chi. Uning butun fikri-zikri shu bilan band. U oqimishli Maryamni sevadi. Uning sevgisi ham, aytish mumkinki, g'oyaviy-ma'naviy yaqinlik asosiga qurilgan. Biroq «eski turmush» kuchlari ustun keladi. Kamol va Maryam halok boladilar. Ammo ularning olimi optimistik mazmun uchun xizmat qiladi. Avloniy juda muhim bir masalani, insonning baxti va turmushini asar markaziga qoyadi va jiddiy ijtimoiy ziddiyatni keskin vaziyatlarda ochib berishga urinadi. Bir pardalik kulgi deb nomlangan Abdulla Avloniyning “Advokatlik osonmi” dramasi Turkiston turmushidan olinib yozilgan. Birinchi bolib, dramadagi qahramonlar talqiniga toxtalamiz. Asarning asosiy qahramoni musulmon advokat 24 yoshli Davronbek ismli yigit. Yetti yil Yevropada tahsil olgan, zamonaviy fikrlaydigan inson. Osha davrdagi xalqning hayotiga, ilm va maorifning yoqligiga, insonlarning sodda va bilimsizligiga achinadigan hurfikrli yigit. Asardagi Abdujabbor esa Davronbekning xizmatchisi. Davronbekning halol ishlashini hech tushuna olmaydigan bilimsiz va sodda xalqning tipik vakili. Asar Davronbekning Yevropadan oqishdan qaytgach xalqining ahvolini korib, achinish tasviri bilan boshlanadi. U xalqini dunyodan xabardor, deb oylagandi, ammo oqishdan qaytganda adashganini tushunadi. U “eski hammom, eski tos” jumlasining ozida osha davrdagi Turkiston hayoti toshdek qotganini aytgan. Taraqqiyot va madaniyatdan nishon ham yoq, deyishi xalqning ahvoli ogirligini korsatgan. Ushbu drama osha davrdagi millat fojiasini korsatadigan asardir. Buni asardagi voqealar rivoji orqali tahlil qilamiz. Davronbek - advokat, zamonaviy tilda aytganda yurist, huquqshunos. Har kuni oz ishi yuzasidan xalq odamlarini qabul qiladi. Har kuni uning oldiga sodda, ilmsiz, manaviyatsiz xalqning bir vakili oz iltimosi bilan keladi. Asardagi Xudoyberdi chol Davronbekning oldiga iltimos bilan kelgan kishi. Qarzini vaqtida qaytarolmagani uchun yeri tortib olinmoqchi bolgan shaxs. Davronbek unga murojaatiga hayron qolganini, umimg ishini hal qilolmasligini tushuntiradi. Ammo Xudoyberdi chol tushunishni xohlamay, umga pora taklif qilib, ariza yozib berishini iltimos qiladi. Davronbek togridan-togri yoq deyishga botinolmay, keyinroq keling, deya cholni uzatmoqchi boladi. Chol uning maqsadini tushunib “tekinga yozib ber deyapmanmi, jahling chiqsa advokatlik qilma, advokatlik osonmi”, deya Davronbekka zarda qilib chiqib ketadi. Vaholangki, Davronbek pora olib ariza yozib berish uchun Yevropada 7 yil oqigan shaxs emas edi. U bu turdagi murojaatlardan, pul taklif qilib ariza yozib berishini iltimos qiluvchilarning ishlariga hayron qolardi. Nahotki insonlar ozlarining oddiy haq-huquqlarini, qonun oldidagi burchlarini bilmaydi deya fikrlardi Davronbek. Ish boshlaganiga 7-8 oy bolgan bolsa har kun shu turdagi iltimoslar, yolvorishlar, pul taklif qilishlarni va gap tushunmaydigan insonlarni korardi. Advokat bolganiga pushaymon bolib, bazida ishidan voz kechgisi kelardi. Xalqning ahvoliga kuyib-yonardi. Bu gaplarga isbot tarzida asarda Davronbekning oldiga Xushvaqt ismli tojik insonning kelganini aytishimiz mumkin. Oti yoqolganidan shikoyat qilib, Davronbekning oldiga yordam sorab keladi. Oti “balnitsa”da ekanligini va rus tilini biladigan odam olib borib, otini qaytarib olib berishini iltimos qiladi. Tilmochlik qilishini yolvoradi. Ariza yozib bersa yoki tilmochlik qilib bersa mukofotlashini aytadi. Mana koryapsizmi osha davrdagi xalq ongi va ahvolini?! Advokatning oldiga tilmochlik qilishini iltimos qilib keladi. Ozining jamiyatdagi oddiy haq-huquqlardan kelib chiqib nima ish qilish kerakligini bilmaydi. Osha davr insonlari oddiy hayotiy vaziyatda ham birovning yordamisiz ish qila olmasligini, bilimsiz va manaviyatsizligini har qadamda korsatadilar deasak adashmaymiz. Osha davrdagi davr ruhini Davronbekning oldiga kelgan har bir inson nutqida tushuna olsak boladi. Davronbek huquqdan mahrum, olamdan xabarsiz musulmonlarning huquqlarini himoya qilishni maqsad qilgan edi. Ammo xalq orasida ilm va marifat tomir yoymasa, madaniyat taraqqiy qilmasa, xalqni kozini ochish yerdan turib yulduzga qol uzatmoq ekanligini tushunadi. Davronbekning oldiga Rapoil ismli iltimoschi kelgan sahnasi ham mavjud. Undan bir inson qarz olganini va vaqti kelsa ham qarzining katta qismini qaytarmaganini aytib shikoyat qiladi. Rapoil Davronbekdan ariza yozib berishini va arizada qarz olgan shaxsdan oshiqchasi bilan undirib berishi haqida yozishini aytadi. Davronbek bunday xiyonat aralashadigan ishlarni qilmasligini takidlaydi. Rapoil ozini oqlamoqchi bolib musulmon boylarni qiladigan ishlarini tana tarzida aytadi. Bundan anglash mumkinki, osha davrda boy insonlar koplab mutahamliklarni qilgani birovning haqiga xiyonat qilgani musulmon musulmonni aldab ogir ahvolga qoyganini korishimiz mumkin. Davronbek esa davr nohaqliklariga konika olmaydi , pora olib kasbiga ogir qiynalgan bechora xalqiga xiyonat qilmaydi. Faqatgina insonlarning bu darajada qabiq va yomon ishlariga bitta millat bolib, bitta zamin, yurtda yashayotgan insonlarning bir-biriga qilayotgan ishlariga achinadi. Asarda osha davrdagi jaholatni, ayollarni huquqsizligini korsatadigan sahna ham bor. Mehriniso isimli ayol Davronbekka murojat qilib keladi. On besh yildan beri eridan jabr zulm korayotganini bundan qutqarishni iltimos qiladi. Davronbek yordam berishdan bosh tortmaydi chunki xotin qizlar korayotgan jabr- zulumga koz yuma olmaydi. Osha davrda xotin-qizlarimiz roziligimiz majburlab turmushga berish holatlari bolganini Mehriniso hayotidan korishimiz mumkin. Qizlarni majburlab Mehrinosining eri singari vahshiy erkaklar qoliga topshiradigan ota-onalar manaviyatsiz insonlardir. Afsuski, hozirgi zamondan ham bunday insonlar jamiyatimizda uchrab turadi. Xotin- qizlarga bolgan bu munosabat osha davrda ham, jaholardir. Mana bizning yurtimizning manaviyat bizlik, jabr-julm botqogiga botganini asardagi har bir qahramon nutqida, ozini tutishida koramish Egamberdi ismli insonning Davronbekga murojaatida judayam sodda, sharoitidan kelib chiqib ish qilmaydigan oilaviy ahvolini ogir ahvolga quygan insonning ishini koramiz. Ozining moliyaviy sharoitidan kelib chiqib ish qilmagan atrofdagi manaviy qoloq insonlarning gapiga kirib dabdali toy qilib ogir ahvolga tushib qolgan insonni nima deb atay olamiz. Axir inson ozidam kelib chiqib ish qilishi kerakka. Atrofdagi insonlarning gapiga kirib togri ish qilmaslik axmoqlikdir.Egamberdi ismli bu aravakash inson ham sharoitida qarashi kerak edi. Dabdaba bilan toy qilib ertasiga qarzga botib, butun oilaning ahvoliga ogir ahvolga tushishiga manan qashshoqlik desak adashmaymiz. Azaldan xalqimizda “Korpangga qarab oyoq uzat” degan maqol bejiz aytilmagan. Bitta bidat toy uchun bor-yogidan ayrilgan bir aravakash timsolida boshqa insonlarni ham tasavvur qila olamiz. Xalqimizning Egamberdi aravakash singari insonlar bidat va imsofgarchilik uchun kafangado bolganlardir. Bularning hammasi jaholat va nodonlik. Xalqimiz mol-mulkini isrofgarchilik yolida sarf qilgan. Farzandlarini oqitish, ilm-marifatga homiylik qilish, kelajak avlodni manaviyatli qilish haqida oylashmagan. Osha davrda butun dunyoda ilm va urfon taraqqiy qilgan zamonda xalqimiz vaqtini oyin-kulgi, bidatlarga sarflab, inqiroz olamiga qarab ketgandir. Davronbekning oldiga kelgan yana bir Haydarali ismli imsondan ham biz osha davr insonlar manaviyatsizligi fojiasini korishimiz mumkin. Xat yozishni bilmaydigan Haydarali ozining yoqolgan moli uchun, hatto, guvohlarning nomi va turadigan joyini ham yozib bilmasligini aytgani juda achinarlidir. Mana bizning ahvolimiz, mana bizning qoloqligimiz sababi. Davronbek bir tarafdan bularning nodonligiga va olamdan xabarsizligiga achinsa, ikkinchi tomondan, ketayotgan vaqtlarida “advokatlik osonmi?” deb masxara qilib ketishlari jigarini ezadi. Johil va nodon, oz haq va huquqini anglamaganxalqqa xizmat qilishdan ogir ish yoqdir. Drama songgida Abdujabborning qilgan ishi esa ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Xojayinining adolatli ishlashini tushunmagan bu manaviyatsiz xizmatchi xojayinining kiyimini kiyib, Davronbrk ketgandan song murojaatchilarni uning nomidan qabul qilib, ariza yozib berib, pul dardida ish qiladi. “Lolining eshagini sugor, pulini ol” deya yolgondan odamlarni aldab, ish qilishga kirishadi. Xojayinining bagrini xun qilib, nimaga qiynalishiga tushunmaydi. Bizning xalqqa falsafa kerakmas, ish korsatib pulini olish kerak, deya ozidan soxta advokat yasab oladi. Drama oxirida esa Abdujabborning advokat emasligini bilgan murojaatchilar uni rosa kaltaklaydilar va u qilganiga yarashasini oladi. “Advokatlik osonmi?” dramasi xalqimizning chirkin qora davrini korsatgan. Manaviyatsizlik va jaholatga yuz tutgan xalqimiz hayotidan bir parcha edi, xolos. Xulosa qilib aytganda: “ Advokatlik osonmi?” asari birinchi ozbek komediyasi sifatida adabiyotshunos olimlar , teatr tanqidchilari tomonidan organilgan. Asar Avloniyning dramaturgiya yaratish sohasidagi birinchi tajribasi bolishiga qaramasdan ham janr ham badiiylik jihatidan ozbek jadid dramachiligida munosib orin tutadi. Komediyaning tili ravon, hamma uchun tushunarli va oqishli. Avloniyning ushbu komediyani yaratishdan asosiy maqsadi xalqini kuldirib, unga huzur bagishlashdangina iborat bolmay, balki unga kulgu orqali ozligini namoyon etish, millatni marifatga chorlash edi. Takidlash lozimki, muallif muvaffaqqiyat bilan bunga erishgan. Download 414.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling