O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori
§ 3. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq anderrayting operatsiyalari hisobi
Download 98.51 Kb.
|
Банк ишши2
§ 3. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq anderrayting operatsiyalari hisobi
39. Banklar anderrayting operatsiyalarini, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga sotish bo‘yicha (emissiyaning dastlabki joylashtirilishi) operatsiyalarini bajarishi hamda emitent topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. 40. Qimmatli qog‘ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
41. Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 — «Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari» balans hisobvarag‘ining «Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq emitentlar mablag‘lari» alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. 42. Qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda, shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlarni emitentga qaytarishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
43. Bank qimmatli qog‘ozlarni emitent topshirig‘iga asosan emitent mablag‘lari hisobiga so‘ndiradi. Emitentdan olingan mablag‘lar 22608 — «Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari» hisobvarag‘ining «Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emitentlarning mablag‘lari» alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.
Bir vaqtning o‘zida so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali kirim qilinadi:
44. Emitent topshirig‘iga ko‘ra so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalarini emitentga o‘tkazishda yoki bekor qilishda 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
45. Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 — «Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar» hisobvarag‘ining «Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank operatsiyalaridan olingan daromadlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Download 98.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling