O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori


IV. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muddatli bitimlar bo‘yicha operatsiyalar hisobi


Download 98.51 Kb.
bet8/8
Sana27.12.2022
Hajmi98.51 Kb.
#1069214
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Банк ишши2

IV. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muddatli bitimlar bo‘yicha operatsiyalar hisobi
49. Hisobga olish maqsadida, qimmatli qog‘ozlar bilan muddatli bitimlar deganda bitimni tuzish sanasidan farq qiluvchi hisob-kitoblarni amalga oshirishning aniq sanasi ko‘rsatilgan holda shartnomalar bilan rasmiylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari (RYePO bitimlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va h. k.) tushuniladi. Bunda, muddatli bitim tuzishda hisob-kitobni amalga oshirish sanasi bitimni tuzish sanasi bilan mos kelmaydi. Muddatli bitimlar Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq bitim tuzish sanasidan boshlab, hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatiga qadar ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Hisob-kitoblar boshlangan kuni bir vaqtning o‘zida belgilangan tartibda balans hisobvaraqlarida aks ettirish bilan birga bitimlarni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olish to‘xtatiladi.
50. RYePO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bitimi deganda ma’lum muddatdan so‘ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tuzilgan bitim tushuniladi. RYePO bitimlari quyidagi tamoyillarning biri bajarilgan holda moliyalashtirish operatsiyalari sifatida hisobga olinadi:
1) avval sotilgan qimmatli qog‘ozlarning o‘zi qayta sotib olinsa;
2) agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog‘ozlar barcha jihatlariga ko‘ra sotilgan qimmatli qog‘ozlarga o‘xshasa.
Qimmatli qog‘ozlar quyidagi shartlar bajarilsa «barcha jihatlariga ko‘ra o‘xshash» deb qaraladi:
a) qimmatli qog‘ozlar o‘z zimmasiga majburiyatlar olgan bir shaxsga ega bo‘lishi lozim;
b) qimmatli qog‘oz egalari bir xil tavakkalchilik va huquqlar bilan ta’minlanishlari uchun ushbu qog‘ozlar shakl va ko‘rinishi jihatidan bir xil bo‘lishi kerak;
v) qimmatli qog‘ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bo‘lishi kerak;
g) qimmatli qog‘ozlar bir xil to‘lash muddatiga ega bo‘lishi kerak;
d) qimmatli qog‘ozlar bir xil nominal qiymatga ega bo‘lishi kerak.
Aks holda RYePO bitimlari qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
51. RYePO bitimlari hisobi moliyalashtirish operatsiyalari hisobining bir qismi hisoblanadi.
RYePO bitimlarining yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bo‘lganligi sababli, ushbu operatsiyalarning iqtisodiy mohiyati sotib olingan (sotilgan) qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan moliyalashtirishdir.
RYePO bitimlari qimmatli qog‘ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan (lombard krediti) shu bilan farq qiladiki, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qarzdor (qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi)dan kreditor (qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi)ga o‘tadi. Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi qarzdor, sotib oluvchi esa pul mablag‘lari kreditori rolini bajaradi. RYePO kelishuvida ko‘rsatilgan muddat tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qayta kreditordan qarzdorga o‘tadi.
52. RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar 22300 — «RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;




Kt

22300



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha:




Dt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar RYePO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan RYePO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.

53. Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bahosi o‘rtasidagi farq o‘z mohiyatiga ko‘ra olingan pul mablag‘lari uchun to‘lov hisoblanadi. Ko‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvarag‘iga olib boriladi:




Dt

54300



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan RYePO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar»;




Kt

22300



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

54. Agar RYePO kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha RYePO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda RYePO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt RYePO bitimining ob’ekti bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan foizlarning tegishli hisobvarag‘i.
55. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida, kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar».

56. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv har bir tomon o‘z majburiyatlarini bajarmasa, odatda jarima choralari ko‘zda tutiladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi portfeliga o‘tkazilgan taqdirda sotuvchi bank quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

22300



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga;




Kt

10700



«Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari»,







10800



«Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







15900



«So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







11300



«Sotib olingan veksellar» — qimmatli qog‘ozni balans qiymatiga.

Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar».

57. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini bajaradi:




Dt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar RYePO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan RYePO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.

58. Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq o‘z mohiyatiga ko‘ra berilgan pul mablag‘lari uchun to‘lov hisoblanadi. Ko‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli daromadlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi:




Dt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar»;




Kt

45000



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan RYePO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar».

Banklar RYePO bitimi bo‘yicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashgan holda, qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olishi bankda shubha uyg‘otsa, foizlarni o‘stirmaslik tamoyillaridan foydalanishlari lozim.
Bunda foizli daromad bank balansidan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi bilan hisobdan chiqarilishi kerak:




Dt

45000



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan RYePO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar»;




Kt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar».

Hisobdan chiqarilgandan so‘ng kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq amortizatsiyasi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi:




Dt

95411



«Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar»;




Kt

96333



«Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i».

Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida yuritiladigan hisob RYePO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilganidan so‘ng to‘xtatiladi:




Dt

96333



«Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

95411



«Olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar».

59. Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymati balans qiymati (ya’ni 11800 — «RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» hisobvarag‘ida hisobga olingan summa) bilan tenglashtiriladi. Bozor qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi tashkil etiladi. Bunda balans qiymati va bozor qiymati o‘rtasidagi farq 56824 — «RYePO bitimlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash» hisobvarag‘ining debetida hisobga olinadi:




Dt

56824



«RYePO bitimlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash»;




Kt

11899



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)».

Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa zaxira nolga tenglashtiriladi:




Dt

11899



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)»;




Kt

56824



«RYePO bitimlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash».

RYePO bitimiga doir ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi har bir RYePO kelishuvi bo‘yicha alohida belgilanadi. Agar avval tashkil etilgan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi miqdori yangi hisoblangan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasidan oshib ketsa, zaxira oshib ketish summasiga kamaytiriladi. Agar avval tashkil etilgan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi miqdori yangi hisoblangan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasidan kam bo‘lsa, zaxira hisoblangan hajmgacha qo‘shimcha ravishda ko‘paytiriladi.
60. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;




Kt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga.

Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar».

61. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvda har bir tomon o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda odatda jarima choralari ko‘zda tutiladi.
Agar bank foizlarni o‘stirmaslik tamoyillariga amal qilgan bo‘lsa, kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 — «RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» hisobvarag‘ida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish summasiga teng bo‘lishi lozim.
Bunda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi bank portfeliga o‘tkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
1) qimmatli qog‘ozlar bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish summasidan oshib ketsa:
a) ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi miqdorini to‘g‘rilashga doir buxgalteriya o‘tkazmasi (zarur bo‘lsa) ushbu Yo‘riqnomaning 61-bandiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) qimmatli qog‘ozlarni bank portfeliga o‘tkazish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

10700



«Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari» yoki 10800 — «Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar» yoki 11300 — «Sotib olingan veksellar» yoki 15900 — «So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»;




Kt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish summasiga.

2) qimmatli qog‘ozning bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qiymatidan kam bo‘lganda:
a) zaxira miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi (lozim bo‘lganda) ushbu Yo‘riqnomaning 61-bandida ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmasiga muvofiq amalga oshiriladi;
b) qimmatli qog‘ozlarni bank portfeliga o‘tkazish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

10700



«Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari» yoki 10800 — «Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar» yoki 11300 — «Sotib olingan veksellar» yoki 15900 — «So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar» — qimmatli qog‘ozni bozor qiymatiga;




Dt

11899



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlardan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi» — shakllantirilgan zaxira summasiga;




Kt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish summasiga.

Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar».

62. Bank foizlarni o‘stirmaslik tamoyillarini qo‘llamagan bo‘lsa, kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800 — «RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar» hisobvarag‘ida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar qayta sotuvi summasiga teng bo‘lishi lozim.
Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan holda bank foizli daromadlarni balansdan chiqarishi, ya’ni foizlarni o‘stirmaslik tamoyillarini qo‘llashi shart:




Dt

45000



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan RYePO bitimlari bo‘yicha foizli daromadlar»;




Kt

11800



«RYePO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar».

Qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi bank portfeliga o‘tkazish uchun ushbu Yo‘riqnomaning 63-bandida ko‘rsatilgan buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi.
63. RYePO bitimlarini qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalari sifatida hisobga olishi mumkin:
a) qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi bo‘lgan bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qog‘ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar RYePO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan RYePO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.

b) Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvaraq»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar».

64. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchisi bo‘lgan bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank sotishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar RYePO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab, bank tomonidan RYePO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.

65. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tegishli buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qog‘ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o‘zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar».


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 4-son, 27-modda; 2015 y., 31-son, 423-modda)
Марказ ҳақида
Сайт янгиликлари
Сайтда реклама
RSS



© Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қошидаги “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси


Download 98.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling