O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori


III. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar hisobi


Download 98.51 Kb.
bet5/8
Sana27.12.2022
Hajmi98.51 Kb.
#1069214
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Банк ишши2

III. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq boshqa operatsiyalar hisobi
§ 1. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq inkasso operatsiyalari hisobi
30. Mijozdan yoki bank-korrespondentdan mahalliy (ichki) yoki xorijiy (ichki) veksellar inkassoga qabul qilinganda bank tomonidan vekselning nominal qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

90965



«Inkassoga qabul qilingan mahalliy (ichki) veksellar» yoki







90972



«Inkassoga qabul qilingan xorijiy (ichki) veksellar»;




Kt

96323



«Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr — hisobvaraq».

31. Vekselni to‘lash muddati kelganda bank vekselni to‘lovchiga taqdim etadi. Veksel bo‘yicha to‘lov to‘liq yoki qisman amalga oshirilganda yoki to‘lovsiz qaytarilganda (to‘lashdan bosh tortish yoki hisobvarag‘ida mablag‘ etishmaslik hollarida) quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96323



«Inkassoga qabul qilingan (ichki) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90965



«Inkassoga qabul qilingan mahalliy (ichki) veksellar» yoki







90972



«Inkassoga qabul qilingan xorijiy (ichki) veksellar».

Veksel bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda vekselning to‘lanmagan summasi 90963 — «Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari» hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:




Dt

90963



«Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari»;




Kt

96321



«Muddatida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq».

32. Veksel bo‘yicha ushbu bankda o‘z hisobvarag‘iga ega bo‘lmagan to‘lovchilar yoki vakil — banklardan to‘lovni olish uchun veksellar inkassoga jo‘natilganda, ularning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

90979



«Inkassoga jo‘natilgan mahalliy (tashqi) veksellar» yoki







90986



«Inkassoga jo‘natilgan xorijiy veksellar»;




Kt

96330



«Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq».

33. Veksel to‘lovchisi tomonidan veksel bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96330



«Inkassoga jo‘natilgan (tashqi) veksellar bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

90979



«Inkassoga jo‘natilgan mahalliy (tashqi) veksellar» yoki







90986



«Inkassoga jo‘natilgan xorijiy veksellar».

34. Banklar qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq inkasso operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar ko‘rishi mumkin. Bu holda, daromadlar 45257 — «Mijozlarga inkasso operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar» hisobvarag‘ida va xarajatlar 55158 — «Inkasso operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha va vositachilik xarajatlari» hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
§ 2. Qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari hisobi
35. Banklar mijozlar bilan tuzilgan vositachilik yoki topshiriq shartnomalari asosida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalarni bajarishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun mijozlar tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari, hamda vositachilik va topshiriq shartnomalari bo‘yicha mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini sotishdan olingan pul mablag‘larining hisobi 22608 — «Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari» balans hisobvarag‘ining «Qimmatli qog‘ozlar bilan brokerlik operatsiyalari bo‘yicha mijozlar mablag‘lari» alohida hisobvarag‘ida yuritiladi.
36. Sotish uchun yoki mijoz topshirig‘iga asosan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 93616 — «Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari» va 93623 — «Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari» ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida nominal qiymat bo‘yicha hisobga olinadi:




Dt

93616



«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari» yoki







93623



«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari»;




Kt

96379



«Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq».

37. Mijozlarning topshirig‘i ko‘ra sotish uchun olingan qimmatli qog‘ozlar sotilmaganda, ularni mijozlarga qaytarilganda, shuningdek, mijozlarga ularning topshirig‘i bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarni topshirishda qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96379



«Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq»;




Kt

93616



«Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari» yoki







93623



«Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari».

38. Banklar tomonidan vositachilik operatsiyalarini bajarishdan olingan daromadlar 45209 — «Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan investitsiyaviy vositachilik operatsiyalari bo‘yicha daromadlar» hisobvarag‘ining kreditida hisobga olinadi.

Download 98.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling