O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Quyulmaning suyuqligini hisobga oluvchi k
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidrotsiklonlarni hisoblash
Quyulmaning suyuqligini hisobga oluvchi kc koeffitsienti
Mayin shlamlarning miqdori ko‘p mahsulotni klassifikatsiyalashda bo‘tananing qovushqoqligi ortadi, natijada zarrachalarning chiqish tezligi sekinlashadi. SHuning uchun formula bo‘yicha xisoblangan ishlab chiqarish unumdorligi birlamchi shlamlarning miqdori yuqori bo‘lgan rudalar uchun 20-25% ga, shlamlarning miqdori kam bo‘lgan rudalar uchun 10-20% ga kamaytirilishi kerak. Gidrotsiklonlarni hisoblash Gidrotsiklonlarni tanlash klassifikatsiyaning shlamli sxemasini aniqlashdan boshlanishi kerak. Klassifikatsiya yoki yanchishning yopik sikli bilan boglanmagan shlamsizlantirish operatsiyalarini hisoblashda odatda dastlabki bo‘tananing suyuqligi va granulometrik tarkibi, shuningdek quyulmaning yirikligi (faqat ma’lum sinf bo‘yicha) beriladi. Hisoblashlar uchun quyidagi holatlarni qabul qilish tavsiya etiladi: 1) dastlabki mahsulot va quyulmaning granulometrik tarkibini Rozin va Rammlerning soddalashtirilgan tenglamasi bilan ta’riflanadi: 1-β-d=l-kd-bu erda β-d mahsulotdagi d dan mayda sinfning miqdori; k–tenglamaning parametri. 2) 0,15 dn dan mayda sinf (uni β1 deb belgilaymiz) mahsulotlar uchun suvdek taqsimlanadi, bu erda dn-quyulmaning naminal yirikligi, ya’ni ustida 5% mahsulot qoluvchi elakning o‘lchami. bu erda: Qq va Qg-quyulma va dastlabki mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi. 3) qumning suyuqligi Rq =0,67-0,33 (65-75% qat), qattiq zarrachalarning bundan ortiq miqdori yirik quyulma va katta zichlikdagi rudalarga to‘g‘ri keladi. 4) yuqoridagi holatlar asosida quyulmaning va qumning (operatsiyadan) chiqishini hisoblaymiz. bu erda: βg1 va βk1 dastlabki mahsulot va quyulmadagi mayda sinf (-0,15 dn)ning miqdori . Gidrotsiklonni tegirmon bilan yopik siklda ishlagandagi shlam sxemasini hisoblash uchun tegirmon ichida aylanuvchi yukni berish kerak. 1) SHunday qilib quyulmaning chiqishi dastlabki ko‘rsatgichlar qatorida namoyon bo‘ladi: bu erda:S- tegirmon ichida aylanuvchi yuk kattaligi; Qqum: Qg =C 2) quyulmaning yirikligi berilgan 3) quyulmadagi qattiq zarrachalarning miqdorini quyidagi empirik formuladan aniqlash mumkin. bu erda: βqkat va βqum kat –gidrotsiklon quyulmasi va qumdagi qattiq zarrachalarning miqdori; βk-74 -quyulmadagi -74 mkm sinfning miqdori ; γ5-quyulmaning chiqishi . Gidrotsiklonning dastlabki ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi empirik formuladan aniqlanadi. bu erda: V- ishlab chiqarish unumdorligi, m3/ soat; kα – yoki gidrotsiklon konuslik burchagiga tuzatish. α kα 100 1.15 200 1.0 kD- gidrotsiklon diametriga tuzatish bu erda: D-gidrotsiklon diametri.
dn-bo‘tana bilan ta’minlanuvchi teshikning diametri, sm, R0 -bo‘tananing gidrotsiklonga kirishdagi bosimi, MPa Diametri 50 sm dan katta bo‘lganda gidrotsiklonning balandligini ham hisobga olish kerak: bu erda: R0- gidrotsiklonga kirishdagi bosim MPa; Ng-gidrotsiklon balandligi .m; ρp – dastlabki bo‘tananing zichligi,g/sm3 Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling