O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti
Tegirmonlarni yanchish samaradorligi bo‘yicha hisoblash
Download 1.4 Mb.
|
Amaliyot
Tegirmonlarni yanchish samaradorligi bo‘yicha hisoblash
Loyixalanayotgan tegirmon uchun yanchish samaradorligi quyidagi formuladan hisoblanadi.: bu erda: e-loyixalanayotgan tegirmonning yangidan hosil bo‘ladigan hisoblanuvchi sinf bo‘yicha yanchish samaradorligi, t/kVt. soat ; e1- amalda ishlayotgan tegirmonning yangidan hosil bo‘ladigan hisoblanuvchi sinf bo‘yicha yanchish samaradorligi, t/kVt.soat. Kya va Ky –yanchiluvchanlik va yiriklik koeffitsientlari tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini hisoblashdagidek aniqlanadi. YAnchish samaradorligini hisoblash formulasiga tegirmonning turi va o‘lchamini hisobga oluvchi koeffitsientlar kirmaydi, chunki ular yanchish samaradorligining kattaligiga sezilarsiz ta’sir ko‘rsatadi. Tegirmonning dastlabki ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi (t/soat) quyidagi formuladan aniqlanadi. bu erda: N – tegirmonning iste’mol qiladigan quvvati, kVt; Nu- o‘rnatish quvvati, kVt; -iste’mol qiladigan kuvvatning o‘rnatish quvvatiga nisbati,( =0,85-0,90) va larning qiymati avvalgidek. Misol. Panjara orqali bo`shatishli D2 x L2 = 4000 x 5000 mm o`lchamli sharli tegirmon unumdorligini aniqlash; elektrodvigatel’ quvvati N2 = 1600 kVt. Dastlabki ruda yirikligi 40 mm. Dastlabki rudada -0,074 mm sinf miqdori α = 5% va yanchilgan mahsulotda β = 48 %. Amaldagi fabrikada D1 x L1 = 3600x4000 mm o`lchamli sharli tegirmonda -20 mm yiriklikdagi ruda yanchiladi. Tegirmon dvigateli quvvati N1 = 1000 kVt va hisoblash sinfi bo`yicha tegirmonning solishtirma unumdorligi q1 =1,4 t/(m·s). Dastlabki rudada -0,074 mm sinf miqdori α = 8% va yanchilgan mahsulotda β = 40 %. Loyihalanayotgan fabrikada qayta ishlanadigan ruda yanchilishi koeffitsienti ki, amaldagi fabrikada yanchiladigan rudaga nisbati bo`yicha 1,12 ga teng. 2-Misol Soatlik unumdorligi 145 t bo’lgan bir bosqichli yanchish uchun tegirmonlar sonini va o’lchamlarini aniqlang. Dastlabki rudaning maksimal o’lchami 10 mm bo’lib 74 mkn yoki undan kichkina zarrachalar 12 % ni tashkil etadi va ushbu sinfning miqdori tayyor maxsulotda 67 % ni tashkil etadi. Etalon sifatida amalda ishlab turgan markazdan bo’shatiluvchi tegirmon (DxL=2100 x 3000 mm) tanlgan. Har bir tegirmon 160 kvt/soat quvvat istemol qiladi va maksimal o’lchami 20 mm (-74 mkn lik sinfning miqdori 6%) bo’lgan ruda bo’yicha unumdorlik 15 t/soat shuningdek tayyor maxsulotda -74 mkn lik sinf miqdori 62 %. Rudaning yanchiluvchanlik koeffisenti aniqlangan tajribalarga ko’ra 0.92 ga teng. Loyihalanayotgan fabrika uchun maqbul turdagi tegirmon panjarali bo’shatuvchi tegirmon xisoblanib mavjud variantlar: 2700x2100; 2700 x 2700; 3200 x 3100 mm. Аdabiyotlar Umаrоvа I.K., Solijonova G.Q. Fоydаli qаzilmаlаrni bоyitish vа qаytа ishlаsh. Darslik. ─ Т.: Cho’lpon, 2009. Авдохин В.М. Основы обогащения полезных ископаемых. Учебник - М.: МГГУ, 2006 Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling