O’zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti


Tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash


Download 1.4 Mb.
bet21/34
Sana03.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1322434
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
Amaliyot

Tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash
SHarli va sterjenli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdoligi bir kancha omillarga bog‘lik: rudaning yanchiluvchanligi, dastlabki va oxirgi mahsulotning o‘lchami; tegirmonning turi va o‘lchami, koplamaning shakli; tegirmonning yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi; yanchuvchi vositaning granulometrik tarkibi, shakli, zichligi va qattiqligi, tegirmon barabanining aylanishlari soni; bo‘tananing zichligi, tegirmon ichida aylanuvchi yukning kattaligi; klassifikatsiyalovchi moslamaning ishlash samaradorligi va x.k.
Rudaning yanchiluvchanligi va boshqa sharoitlari keng o‘zgarib turishi mumkinligi tufayli, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi katalog va ma’lumotnomalardan emas, balki hisoblashlar orqali aniqlanadi.
Ko‘pincha tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligini hisoblash uchun ikkita usul: solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi va yanchish samaradorligi bo‘yicha hisoblash ishlatiladi.
Solishtirma ishlab chiqarish unumdorligini dastlabki ruda bo‘yicha yoki ko‘pincha yangidan hosil bo‘layotgan hisoblanuvchi sinf (-0,074mm) ni tegirmon barabanining xajm birligiga nisbatidan aniqlanadi, keyin esa tegirmonning umumiy ishlab chiqarish unumdorligi hisoblanadi. YAnchish samaradorligi tonnalardagi tayyor mahsulot yoki tonnalarda yangidan hosil bo‘layotgan hisoblanuvchi sinfning 1kVt.soat sarflangan energiyaga nisbatidan aniqlanadi, keyin tegirmonning iste’mol qiladigan quvvatini xisobga olib umumiy ishlab chiqarish unumdorligi hisoblanadi. Loyixalanayotgan tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi va yanchish samaradorligini aniqlashda amalda ishlab turgan, tegirmonlari optimalga yaqin sharoitda ishlovchi rudaning hususiyatlari va yanchish jarayoni etarli darajada barqaror boyitish fabrikasida olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.


Tegirmonni solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi bo‘yicha hisoblash
Loyixalanayotgan tegirmonning yangidan hosil bo‘layotgan xisoblanuvchi sinf bo‘yicha solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi.



bu erda:
q- loyixalanayotgan tegirmonning yangidan hosil bo‘layotgan hisoblanuvchi sinf bo‘yicha solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, t/m3soat.
q1 -boyitish fabrikasida ishlayotgan tegirmonning shu sinf bo‘yicha solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi, t/m3soat.
Kya- loyixalanayotgan va qayta ishlanayotgan rudaning yanchiluvchanligidagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient;
Ky- loyixalanayotgan va qayta ishlayotgan rudaning oxirgi va dastlabki mahsulotlarining yirikligidagi farqni hisoblovga oluvchi koeffitsient.
KD- loyixalanayotgan va ishlayotgan tegirmon barabanlari diametridagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient;
KT-loyixalanayotgan va ishlayotgan tegirmonlarning turidagi farqni hisobga oluvchi koeffitsient.
Loyihalanayotgan va ishlayotgan tegirmonlarning boshqa ish sharoitlari uchun farqlarini (tegirmon barabanining aylanishlari soni, tegirmon ichida aylanuvchi yuk, klassifikatorning ishlash samaradorligi va boshqalar) odatda hisobga olinmaydi, chunki loyixalanayotgan tegirmon ishlab turgan tegirmonning optimal ish tartibiga sozlangan deb taxmin qilinadi. Agar ishlayotgan tegirmon optimal sharoitda ishlamasa, keltirilgan hisoblash usuli loyixalanayotgan tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligida bir muncha zaxira (rezerv) hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu holda aniq hisoblash uchun qo‘shimcha tuzatishlar kiritish talab qilinadi.
Kya koeffitsientining qiymati tekshirilayotgan rudani yanchishda hosil bo‘layotgan hisoblanuvchi sinf bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligini shu tegirmonni etalon ruda deb qabul qilingan rudani yanchishda shu sinf bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligiga nisbati sifatida tajriba yo‘li bilan (laboratoriya sharoitida ham mumkin) aniqlanadi. Ikkala holda ham rudaning yirikligi, yanchilgan mahsulotdagi hisoblanuvchi sinfning miqdori va yanchish tartibi bir xil bo‘lishi kerak .
Ky- koeffitsientning qiymati quyidagi formuladan aniqlanadi:



bu erda:
m1 - amalda ishlab turgan boyitish fabrikasida qayta ishlanayotgan ruda uchun hisoblanuvchi sinf bo‘yicha tegirmonning nisbiy ishlab chiqarish unumdorligi.
m2- xuddi shuning o‘zi loyixalanayotgan ruda uchun.
O‘rtacha qattiqlikdagi rudalar uchun hisoblovchi sinf (-0,074mm) ning dastlabki va oxirgi mahsulotlardagi taxminiy qiymatlari 9-jadvalda ko‘rsatilgan.
2.9-jadval

Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm.

-

-

40-0

20-0

10-0

5-0

3-0

-dastlabki maxsu lotdagi -0,074 mm li sinfning miqdori %

-

-

3

6

10

20

23

Oxirgi mahsulot yirikligi, mm.

1-0

0,4-0

0,3-0

0,2-0

0,15-0

0,1-0

0,074-0

oxirgi mahsulotdagi -0,074 mm li sinfning miqdori %.

30

40

48

60

72

85

95

m1 va m2 larning qiymati 10-jadvaldan aniqlanadi.


2.10-jadval

Dastlabki mahsulotning yirikligi, mm.

-0,074 mm li sinfning oxirgi mahsulotdagi miqdori; %

30

40

48

60

72

85

95

m ning qiymati

40-0
20-0
10-0
5-0
3-0

0,68
0,81
0,95
1,11
1,17

0,77
0,89
1,02
1,15
1,19

0,81
0,92
1,03
1,13
1,16

0,83
0,92
1,00
1,05
1,06

0,81
0,88
0,93
0,95
0,95

0,80
0.86
0.90
0.91
0,91

0,78
0,82
0,85
0,85
0,85

KD koeffitsientining qiymati quyidagi formuladan hisoblanadi.





bu erda:
D va D1 tegishli ravishda loyixalanayotgan va ishlayotgan (etalon ) tegirmon barabanining diametri.


KT koeffitsientning qiymati markaziy bo‘shatiluvchi tegirmondan panjara orqali bo‘shatiluvchi tegirmonga o‘tishda 1,10-1,15, teskarisida 0,9-0,85 deb qabul qilinadi.


Dastlabki ruda bo‘yicha tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi.

bu erda:
V- tegirmon barabanining xajmi, m3



Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling